So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 274
(252-310)
Modomiki eng ziyoda intizomdan uzoq va tasodifning qo’shilishiga ma`ruz bo’lgan fardlarning siymolaridagi shaxslanishda hayrat beradigan hakimona bir intizom bo’lsa, ustida g’oyat san`atkor bir hakimning qalami ishlagani ko’rsatilsa, albatta intizomlari zohir bo’lgan boshqa sahifalar o’z-o’ziga tushunilar, naqqoshini ko’rsatar. Ham modomiki katta samovot va arz yaratilishlarining ilk holida san`at va hikmat asari ko’rinmoqda. Albatta koinot saroyining binosida poydevor bo’lib ko’klarni va zaminni hikmat ila qo’ygan bir Sone`ning boshqa qismlarida san`at asari, hikmat naqshi juda ham zohirdir. Xullas, shu oyat yashirinni izhor, zohiriyni yashirib g’oyat go’zal bir ijoz qilgan. Haqiqatdan: فَسُبْحَانَ اللهِ حِينَ تُمْسُونَ dan tut to
وَلَهُ الْمَثَلُ اْلاَعْلٰى فِى السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ
ga qadar olti marta وَمِنْ اٰيَاتِهِ، وَمِنْ اٰيَاتِهِ ila boshlangan burhonlar silsilasi javohirlar silsilasidir, bir nur silsilasidir, bir i`joz silsilasidir, bir ijoz silsilasidir. Qalb istaydiki, shu xazinalarda yashirin bo’lgan olmoslarni ko’rsatayin. Faqat nima qilay, maqom ko’tarmaydi. Boshqa vaqtga qoldirib, u eshikni hozir ochmayman.
Ham masalan: فَاَرْسِلُونِ - يُوسُفُ اَيُّهَاالصِّدِّيقُ فَاَرْسِلُونِ kalomi ila يُوسُفُ kalimasi o’rtalarida shular bor:
اِلٰى يُوسُفَ َلاسْتَعْبَرَ مِنْهُ الرُّؤْيَا فَاَرْسَلُوهُ فَذَهَبَ اِلَى السِّجْنِ وَقَالَ يُوسُفُ
Demak besh jumlani bir jumlada to’plab ijoz etgani holda vuzuhni buzmagan, tushunishni qiyinlashtirmagan.
Ham masalan: اَلَّذِى جَعَلَ لَكُمْ مِنَ الشَّجَرِ اْلاَخْضَرِ نَارًا Osiy inson, "Chirigan suyaklarni kim tiriltiradi" deya qarshi chiqar kabi inkoriga qarshi Qur`on der: "Kim boshida yaratgan bo’lsa, u tiriltiradi. U yaratgan zot esa har bir narsani har bir kayfiyatda bilar. Ham sizga yashil daraxtdan otash chiqargan bir zot chirigan suyakka hayot bera olar". Mana shu kalom tiriltirmoq da`vosiga ko’pgina jihatlar ila boqar, isbot etar. Avvalo, insonga qarshi etgan ehsonlar silsilasini shu kalomi ila boshlar, harakatlantirar, esga keltirar. Boshqa oyatlarda izoh etgani uchun qisqa kesar, aqlga havola etar. Ya`ni, sizga daraxtdan mevani va otashni va o’tdan rizqlarni va urug’larni va tuproqdan urug’larni va nabototni bergani kabi, zaminni sizga xush –har bir ozuqangiz ichida qo’yilgan- bir beshik va olamni go’zal va butun lozim narsalaringiz ichida bo’lgan bir saroy qilgan bir zotdan qochib o’z-o’zingizga qolib, adamga ketib saqlanilmas. Vazifasiz bo’lib qabrga kirib uyg’ontirilmaslik ila rohat yotolmaysiz. So’ngra u da`voning bir daliliga ishora etar: اَلشَّجَرِ اْلاَخْضَرِ نَارًا kalimasi ila ramzan der: "Ey hashrni inkor etgan odam! Daraxtlarga boq! Qishda o’lgan suyaklar kabi hadsiz daraxtlarni bahorda tiriltirgan, yashillantirgan, hatto har bir daraxtda yaproq va gul va meva jihati ila uch hashrning namunalarini ko’rsatgan bir zotga qarshi inkor ila, aqldan uzoq ko’rmoq ila qudratiga qarshi chiqilmas". So’ngra bir dalilga yana ishora etar, aytar: "Sizga daraxt kabi nursiz, dag’al, qorong’u bir moddadan otash kabi latif, yengil, nuroniy bir moddani chiqargan bir zotdan, o’tin kabi suyaklarga otash kabi bir hayot va nur kabi bir idrok berishni qanday aqldan uzoq ko’rmoqdasiz?" So’ngra bir dalilni yana ko’rsatib deydiki: "Badaviylar uchun gugurt o’rniga otash chiqargan mashhur daraxtning yashil ekan ikki shoxi bir-biriga surilgan vaqt otashni yaratgan va namligi ila yashil va harorati ila quruq kabi ikki zid tabiatni jam etib, uni bunga asos etmoq ila har bir narsa, hatto asosiy unsurlar va asos yaratilishlar uning amriga boqar, uning quvvati ila harakat etar, hech birisi o’ziga-o’zi bo’lib tabiati ila harakat etmaganini ko’rsatgan bir zotdan, tuproqdan qilingan va so’ngra tuproqqa qaytgan insonni tuproqdan boshqadan chiqarishi aqldan uzoq ko’rilmas. Isyon ila unga qarshi chiqilmas. So’ngra Hazrati Muso Alayhissalomning mashhur daraxtini eslamoq ila shu Hz.Muhammad Alayhissalotu Vassalam da`vosi Muso Alayhissalomning ham da`vosidir. Payg’ambarlarning ittifoqiga yashirin bir imo etib, shu kalimaning ijoziga bir latofat yana qo’shar.
Аудио мавжуд эмас