So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 276
(252-310)
Masalan: فَتَمَنَّوُا الْمَوْتَ "Agar to’g’ri bo’lsangiz, o’limni istang. Hech istamaysiz". Xullas, majlisi nabaviyda kichik bir jamoatning juz`iy bir hodisa unvoni ila inson millatlari ichida yashash hirsi va o’limdan qo’rqish ila eng mashhur bo’lgan Yahudiy millatining to qiyomatga qadar hol lisonlari o’limni istamasliklarini va hayot hirsini tashlamasliklarini ifoda etar. Masalan: وَضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ الذِّلَّةُ وَالْمَسْكَنَةُ Shu unvon ila u millatning kelajakdagi taqdirini umumiy bir suratda ifoda etar. Xullas, shu millatning axloqlarida va taqdirlarida joylashgan bo’lgan shunday mudhish dastur uchundirki, Qur`on ularga qarshi juda shiddatli muomala qilmoqda. Dahshatli adablantirish ta`zirini bermoqda. Xullas, shu misollardan Muso Alayhissalom qissasi va Bani Isroilning boshqa juzlarini va boshqa qissalarini bu qissaga qiyos et. Hozir shu To’rtinchi Ishiqdagi i`jozni ijoz shu`lasi kabi Qur`onning oddiy kalimalarining va juz`iy qismlarining orqalarida juda ko’p i`joz yog’dulari bordir. Orifga ishora etar.
Beshinchi Ishiq: Qur`onning maqsadlari va masalalari, ma`nolari va uslublari va latifalar va go’zalliklar jihati ila g’aroyib jome`iyatidir. Ha, Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonning suralariga va oyatlariga va xususan suralarning fotihalariga, oyatlarning mabda` va maqta`lariga diqqat etilsa ko’rinadiki: Balog’atlarning butun navlarini, kalom fazilatlarining butun qismlarini, yuksak uslublarning butun sinflarini, axloq go’zalliklarining butun fardlarini, koinot ilmlarining butun xulosalarini, Ilohiy maorifning butun mundarijalarini, shaxsiy va ijtimoiy bashariyat hayotining butun foydali dasturlarini va koinot yuksak hikmatining butun nuroniy qonunlarini jam etmoq ila barobar hech bir chalkashlik asari ko’rinmaydi. Darhaqiqat, shu qadar farqli jinslarni bir yerda to’plab bir munoqasha, bir chalkash chiqmasligi qahhor bir i`joz nizomining ishi bo’la olar. Darhaqiqat, butun bu jome`iyat ichida shu intizom ila barobar o’tgan yigirma to’rt adad So’zlarda izoh va isbot etilgani kabi; jahli murakkabning manbai bo’lgan oddiyot pardalarini keskin bayonoti ila yirtmoq, odat pardalari ostida yashirin bo’lgan g’aroyibotlarni chiqarib ko’rsatmoq va zalolatning manbai bo’lgan tabiat tog’utini burhonning olmos qilichi ila parchalamoq va g’aflat uyqusining qalin tabaqalarini chaqmoq misol na`ralari ila tarqatmoq va bashariyat falsafasini va inson hikmatini ojiz qoldirgan koinotning mushkul tilsimini va olam yaratilishining ajib muammosini fath va kashf etmoq, albatta haqiqatbin va g’aybni bilgan va hidoyat-baxsh va haq-namo bo’lgan Qur`on kabi bir mo’`jizakorning g’aroyib ishlaridir. Ha, Qur`onning oyatlariga insof ila diqqat etilsa ko’rinadiki: Boshqa kitoblar kabi bir-ikki maqsadni ta`qib etgan tadrijiy bir fikrning silsilasiga o’xshamaydi. Balki, daf`iy va oniy bir holati bor va qo’yib yuboriladigan bir vaziyatlari bor va barobar kelgan har bir toifasi mustaqil bo’lib uzoq bir yerdan va g’oyat jiddiy va ahamiyatli bir muxobaraning bir-bir, qisqa-qisqa bir suratda kelganining nishoni bor. Ha, koinotning Xoliqidan boshqa kim borki, bu daraja koinot va Koinot yaratuvchisi ila jiddiy aloqador bir muxobarani qila olsin? Hadsiz daraja haddidan chiqib Xoliqi Zuljalolni o’z ixtiyori ila gapirtirsin, koinotni to’g’ri bo’lib gapirtirsin. Ha, Qur`onda koinot Sone`ining juda jiddiy va haqiqiy va yuksak va haq bo’lib gapirishi va gapirtirishi ko’rinmoqda. Taqlidi imo etadigan hech bir nishon yo’qdir. U gapirar va gapirtirar. Farzi mahol bo’lib Musaylima kabi hadsiz daraja haddidan chiqib taqlidkorona u izzat va azamat sohibi bo’lgan Xoliqi Zuljalolini o’z fikri ila gapirtirib va koinotni u bilan gapirtirsa, albatta minglab taqlid nishonlari va minglab soxtakorlik alomatlari topilajakdir. Chunki eng past bir holida eng yuksak holatga kirganlarning har holati taqlidchiligini ko’rsatar. Xullas, shu haqiqatni qasam ila e`lon etgan
وَالنَّجْمِ اِذَا هَوٰى - مَا ضَلَّ صَاحِبُكُمْ وَمَا غَوٰى - وَمَا يَنْطِقُ عَنِ الْهَوٰى - اِنْ هُوَ اِلاَّ وَحْىٌ يُوحٰى
ga boq, diqqat et...
Аудио мавжуд эмас