So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 278
(252-310)
Uchinchi Shavq: Ilohiy haqiqatlarga va yaratilish ila bog’liq haqiqatlarga va oxiratga oid ishlarga doir g’aybiy xabarlaridir. Ha, Qur`onning Ilohiy haqiqatlarga doir bayonlari va koinot tilsimini fath etib va olam yaratilishining muammosini ochgan yaratilishga oid bayonlari g’aybiy xabarlarning eng muhimidir. Chunki u g’aybiy haqiqatlarni hadsiz zalolat yo’llari ichida istiqomat ila ularni borib topmoq bashar aqlining ishi emasdir va bo’lolmas. Basharning eng dohiy olimlari u masalalarning eng kichigiga aqllari ila yetisholmaganlari ma`lumdir. Ham Qur`on ko’rsatgan u Ilohiy haqiqatlar va u yaratilish ila bog’liq haqiqatlarni bayondan so’ng va qalb sevinchligi va nafsni poklashdan so’ng va ruhning taraqqiyotidan va aqlning takammulidan so’ng basharning aqllari "Sadaqta" deb u haqiqatlarni qabul etar. Qur`onga "Barakalloh" der. Bu qismning qisman O’n Birinchi So’zda izoh va isboti o’tgandir. Takrorga hojat qolmagandir. Ammo uxroviy va barzohiy ahvol esa garchi bashar aqli bir o’zi yetisholmaydi, ko’rolmaydi. Faqat Qur`onning ko’rsatgan yo’llari ila ularni ko’rmoq darajasida isbot etadi. O’ninchi So’zda Qur`onning shu g’aybiy xabarlari qay daraja to’g’ri va haq bo’lgani izoh va isbot etilgandir. Unga murojat et.
Ikkinchi Jilva: Qur`onning yoshligidir. Har asrda yangidan nozil bo’lar kabi yangiligini, yoshligini muhofaza etadi. Ha, Qur`on azaliy bir xutba bo’lib umum asrlardagi umum bashariyat tabaqalariga birdan xitob etgani uchun shunday doimiy bir yoshligi bo’lishi lozimdir. Hamda shunday ko’rilgan va ko’rinmoqda. Hatto tushuncha jihatidan farqli va iste`dod jihatidan bir-biriga zid bo’lgan asrlardan har asrga ko’ra go’yo u asrga maxsus kabi boqar, boqtirar va dars berar. Basharning asar va qonunlari bashar kabi qariydi, almashinadi, o’zgartiriladi. Faqat Qur`onning hukmlari va qonunlari shu qadar sobit va sog’lomdirki, asrlar o’tishi bilan yanada ziyoda quvvatini ko’rsatmoqda. Ha, eng ziyoda o’ziga ishongan va Qur`onning so’zlariga qarshi qulog’ini yopgan shu hozirgi asr va shu asrning ahli kitob insonlari Qur`onning يَاۤ اَهْلَ الْكِتَابِ - يَاۤ اَهْلَ الْكِتَابِ murshidona xitobiga shu qadar muhtojdirki, go’yo u xitob to’g’ridan-to’g’riga shu asrga qaratilgandir va يَاۤ اَهْلَ الْكِتَابِ lafzi “Ya ahlal maktab” ma`nosini ham ichiga olar. Butun shiddati ila, butun yangiligi ila, butun yoshligi ila
يَاۤ اَهْلَ الْكِتَابِ تَعَالَوْا اِلٰى كَلِمَةٍ سَوَاۤءٍ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ hayqirishini olamning har tarafiga tarqatmoqda.
Masalan: Shaxslar, jamoatlar muorazasidan ojiz qolganlari Qur`onga qarshi butun navi basharning va balki jinlarning ham fikrlarining natijasi bo’lgan zamonaviy madaniyat Qur`onga qarshi muoraza vaziyatini olganlar. Qur`on i`joziga qarshi sehrlari ila muoraza etmoqda. Hozir shu mudhish yangi muorazachiga qarshi Qur`on i`jozini قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ اْلاِنْسُ وَالْجِنُّ oyatining da`vosini isbot etmoq uchun madaniyatning muoraza surati ila joriy etgan asoslarini va dasturlarini Qur`on asoslari ila solishtiramiz.
Birinchi darajada: Birinchi So’zdan to Yigirma Beshinchi So’zga qadar bo’lgan muvozanalar va mezonlar va u So’zlarning haqiqatlari va boshlari bo’lgan oyatlar ikki karra iki to’rt bo’lar darajasida madaniyatga qarshi Qur`onning i`jozini va g’alabasini isbot etar.
Ikkinchi darajada: O’n Ikkinchi So’zda isbot etilgani kabi, bir qism dasturlarini xulosa etmoqdir. Xullas, zamonaviy madaniyat falsafasi ila bashariyat ijtimoiy hayotida tayanch nuqtasini "quvvat" qabul etar. Nishonni "manfaat" bilar. Hayot dasturini "kurash" tanir. Jamoatlarning robitasini "irqchilik va manfiy milliyat" bilar. G’oyasi nafsning havaslarini qondirmoq va bashariyat hojatlarini ko’paytirmoq uchun ba`zi "lavhiyot"dir. Holbuki: Quvvatning sha`ni tajovuzdir. Manfaatning sha`ni har orzuga yetarli kelmaganidan ustida urushishdir. Kurash dasturining sha`ni to’qnashmoqdir. Irqchilikning sha`ni boshqasini yutmoq ila ozuqlanmoq bo’lganidan tajovuzdir. Xullas, shu madaniyatning shu dasturlaridandirki, butun mahosini ila barobar basharning yuzdan faqat yigirmasiga bir navi yuzaki saodat berib saksonini rohatsizlikka, faqirlikka otgandir.
Аудио мавжуд эмас