So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 280
(252-310)
Erkak padaridan ikki parcha olsa, bir parchasini uylangan xotinining idorasiga berar; qiz ukasiga teng kelar. Xullas, Qur`on adolati bunday taqozo etar, bunday hukm etgandir.(Izoh1)
To’rtinchi Asos: Sanam-parastlikni shiddat ila Qur`on man etgani kabi, sanam-parastlikning bir navi taqlidi bo’lgan surat-parastlikni ham man etar. Madaniyat esa suratlarni o’z mahosinidan sanab Qur`onga muoraza etmoq istagan. Holbuki soyali-soyasiz suratlar yo tosh holiga kelgan bir zulmdir yoki jasad holiga kirgan bir riyodir yoki jismlashgan bir ehtirosdirki, basharni zulmga va riyoga va havoga havasni qamchilab tashviq etar. Ham Qur`on marhamatan xotinlarning hurmatini muhofaza uchun hayo pardasini taqishini amr etar. Toki razil havaslarning oyog’i ostida u shafqat ma`danlari zillat chekmasinlar. Havaslar vositalari, ahamiyatsiz bir mol hukmiga o’tmasinlar.(Izoh2) Madaniyat esa xotinlarni inlaridan chiqarib, pardalarini yirtib, basharni ham boshdan chiqargandir. Holbuki oila hayoti xotin-erkak mobaynida qarshilikli hurmat va muhabbat ila davom etar. Holbuki ochiq-sochiqlik samimiy hurmat va muhabbatni mavh etib oilaviy hayotni zaharlagandir. Xususan surat-parastlik axloqni yomon holda silkitgani va ruhning sukutiga sababiyat bergani shu bilan tushuniladi: Qandayki marhuma va rahmatga muhtoj bir go’zal xotin janozasiga shahvat va nafsoniy nazar ila boqmoq naqadar axloqni xarob etar. Xuddi shuning kabi: O’lgan xotinlarning suratlariga va yoxud sog’ xotinlarning kichik janozalari hukmida bo’lgan suratlariga havasparvarona boqmoq chuqurdan-chuqur insonning yuksak tuyg’ularini silkitar, buzar.
Xullas, shu uch misol kabi minglab Qur`on masalalarining har birisi bashariyat saodatini dunyoda ta`minga xizmat etmoq ila barobar abadiy hayotiga ham xizmat etar. Boshqa masalalarni mazkur masalalarga qiyos eta olasan.
Qandayki zamonaviy madaniyat Qur`onning bashariyatning ijtimoiy hayotiga oid bo’lgan dasturlariga qarshi mag’lub bo’lib Qur`onning ma`naviy i`joziga qarshi haqiqat nuqtasida qashshoq qilar. Xuddi shuning kabi, madaniyatning ruhi bo’lgan Ovrupa falsafasi va bashariyat hikmatini Qur`on hikmati ila yigirma besh adad So’zlarda mezonlar ila ikki hikmatning muvozanasida falsafa hikmati ojiza va Qur`on hikmatining mo’`jiza bo’lgani qat`iyat ila isbot etilgandir. Qandayki O’n Birinchi va O’n Ikkinchi So’zlarda falsafa hikmatining ojizligi va qashshoqligi va Qur`on hikmatining i`jozi va boyligi isbot etilgandir, murojaat eta olasan.
Ham qanday zamonaviy madaniyat hikmati Qur`onning ilmiy va amaliy i`joziga qarshi mag’lub bo’lmoqda. Xuddi shuning kabi madaniyatning adabiyot va balog’ati ham Qur`onning odob va balog’atiga qarshi nisbati: Yetim bir bolaning zulmatli bir huzun ila umidsiz yig’lashi, ham past bir vaziyatda sarxush bir aroqxo’rning vavoylo-i g’inosining (ashula demakdir) nisbati ila yuksak bir oshiqning vaqtinchalik bir ayriliqdan mushtoqona, umidkorona bir huzun ila g’inosi (ashulasi); ham zafar yoki urushga va yuksak fidokorliklarga chorlamoq uchun tashviqqorona vatan qasidalariga nisbati kabidir. Chunki odob va balog’at ta`siri uslub e`tibori ila yo huzun berar, yo sevinch berar. Huzun esa ikki qismdir: Yo do’stliksizlikdan kelar, ya`ni ahbobsizlikdan, sohibsizlikdan kelgan qorong’u bir huzundirki; zalolat-olud, tabiatparast, g’aflatpesha bo’lgan madaniyat adabiyotining bergan huzundir. Ikkinchi huzun do’stlardan ayrilishdan kelar, ya`ni ahbob bor, firog’ida mushtoqona bir huzun berar.
-----------------------------------------------
(Izoh1) Mahkamaga qarshi va mahkamani sustirgan Shikoyat Arizasining mudofaasidan bir parchadir. Bu maqomga izoh bo’lgan.
Men ham adliyaning mahkamasiga deymanki: Bir ming uch yuz ellik yilda va har asrda uch yuz ellik million insonlarning ijtimoiy hayotida eng muqaddas va haqiqatli Ilohiy bir dasturni uch yuz ellik ming tafsirning tasdiqlariga va ittifoqlariga tayangan holda va bir ming uch yuz ellik yil mobaynida o’tgan ajdodlarimizning e`tiqodlariga iqtidoan tafsir etgan bir odamni mahkum etgan haqsiz bir qarorni, albatta ro’yi zaminda adolat bo’lsa, u qarorni rad va bu hukmni bekor etajakdir".
(Izoh2) Xotinlar tasatturi haqida O’ttiz Birinchi Maktubning Yigirma To’rtinchi Yog’dusi g’oyat qat`iy bir suratda isbot etgandirki: Tasattur xotinlar uchun fitriydir. Tasatturni olib tashlash fitratga ziddir.
Аудио мавжуд эмас