So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 282
(252-310)
IKKINCHI SHU`LA: Ikiknchi Shu`laning "Uch Nur"i bor.
Birinchi Nur: Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonning hay`ati majmuasida xolis bir salosat, oliy bir salomat, metin bir tasonud, mahkam bir tanosub, jumlalari va shakllari mobaynida kuchli bir taovun, va oyatlar va maqsadlari mobaynida yuksak bir tajovub bo’lganini Bayon Ilmi va Ma`no Fani va Bayon Fanining Zamaxshariy, Sakkokiy, Abdulqoxiri Jurjoniy kabi minglab dohiy imomlarning shahodati ila sobit bo’lgani holda, u tajovub va taovun va tasonudni va salosat va salomatni sindiradigan, buzadigan sakkiz-to’qqiz muhim sabablar bor ekan, u sabablar buzishga emas, balki salosatiga, salomatiga, tasonudiga quvvat bergandir. Yolg’iz, u sabablar bir daraja hukmini ijro etib, boshlarini nizom va salosat pardasidan chiqarganlar. Faqat qandayki bir maromli, tekis bir daraxtning gavdasidan bir qism chiqintilar, uchchalar chiqar. Lekin daraxtning uyg’unligini buzmoq uchun chiqmaydilar. Balki, u daraxtning ziynatli takammuliga va jamoliga mador bo’lgan mevani bermoq uchun chiqadilar. Aynan shuning kabi, shu sabablar ham Qur`on nazmining salosatiga qiymatdor ma`nolarni ifoda uchun uchli boshlarini chiqaradilar. Xullas, u Qur`oni Mubin yigirma yilda hojatlarning mavqe`lari e`tibori ila bo’lak-bo’lak bo’lib, tarqoq parcha-parcha nozil bo’lgani holda, shunday bir to’liq bir uyg’unligi bordirki, go’yo bir martada nozil bo’lgan kabi bir munosabat ko’rsatadi.
Ham u Qur`on yigirma yilda ham muxtalif, bir-biridan farqli nozil bo’lish sabablariga ko’ra kelgani holda, tasonudning kamolini shunday ko’rsatadiki, go’yo bir sababi vohid ila nozil bo’lgandir. Ham u Qur`on bir-biridan farqli va takrorli savollarning javobi bo’lib kelgani holda, nihoyat uyg’unlik va ittihodni ko’rsatadi. Go’yo bir savoli vohidning javobidir. Ham Qur`on bir-biriga zid bo’lgan ko’pgina hodisalarning hukmlarini bayon uchun kelgani holda, shunday bir mukammal intizomni ko’rsatadiki, go’yo bir hodisa-i vohidning bayonidir. Ham Qur`on bir-biriga muxolif, turli-tuman holatda hadsiz muxotoblarning faxmlariga munosib uslublarda tanazzuloti kalomiya ila nozil bo’lgani holda, shunday bir go’zal o’xshashlik va go’zal bir salosat ko’rsatadiki, go’yo holat birdir, bir tushunish darajasidir, suv kabi oqadigan bir salosat ko’rsatadi. Ham u Qur`on bir-biridan uzoq bo’lgan ko’pgina muxotoblarning sinflariga yuzlangan mutakallim bo’lgani holda, shunday bayonining bir yengilligi, nizomining bir jazolati, anglatishdagi bir tushunarlilik borki, go’yo muxotobi bir sinfdir. Hatto har bir sinf o’ylarki, shaxsan muxotob yolg’iz o’zidir. Ham Qur`on bir-biridan farqli daraja-daraja oldinlagan irshodiy ba`zi g’oyalarga yetishtirmoq va hidoyat etmoq uchun nozil bo’lgani holda, shunday bir mukammal istiqomat, shunday bir muvozanat diqqati, shunday bir intizom go’zalligi bordirki, go’yo maqsad birdir. Xullas, bu sabablar qorishiqlikning sababi ekan, Qur`on bayonining i`jozida, salosat va uyg’unligida ishlattirilgandirlar. Ha, qalbi xastaliksiz, aqli mustaqim, vijdoni marazsiz, zavqi salim har odam Qur`onning bayonida go’zal bir salosat, ra`no bir tanosub, xush bir ohang, tengsiz bir fasohat ko’rar. Ham ko’rishida salim bir ko’zi bo’lgan ko’radiki, Qur`onda shunday bir ko’z bordirki, u ko’z butun koinotni zohir va botini ila yaqqol, ko’z o’ngida bir sahifa kabi ko’rar, istagani kabi aylantirar, istagani bir tarzda u sahifaning ma`nolarini aytar. Shu Birinchi Nurning haqiqatini misollar ila ochiqlasak, bir nechta jildli kitob lozim. Unday bo’lsa, boshqa arabcha risolamda va "Ishorat-ul I`joz"da va shu yigirma besh adad So’zlarda shu haqiqatning isbotiga doir bo’lgan izohlar ila qanoat qilib misol sifatida Qur`onning tamomini birdan ko’rsataman.
Ikkinchi Nuri: Qur`oni Hakimning oyatlarining xotimalarida ko’rsatgan xulosalar va asmoyi husna jihatidagi tengsiz uslubida bo’lgan mo’`jizalik maziyatiga doirdir.
ESLATMA: Shu Ikkinchi Nurda ko’p oyatlar keladi. U oyatlar yolg’iz Ikkinchi Nurning misollari emas, balki o’tgan masalalar va shualarning misollari ham bo’ladilar. Bularni haqqi ila izoh etmoq juda uzun bo’lar. Hozircha soddalashtirishga va qisqartirishga majburman. Shuning uchun g’oyat muxtasar bir tarzda shu i`joz buyuk sirining misollaridan bo’lgan oyatlarga bittadan ishora etib tafsilotini boshqa vaqtga qoldirdik.
Аудио мавжуд эмас