So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 285
(252-310)
So’ngra "Sening Rabbing Aliym va Hakimdir" der. "Uning rububiyati va hikmati taqozo etarki, seni va ota bobolaringni Aliym, Hakim ismiga mazhar etsin". Xullas, u izohli ne`matlarni shu xotima ila xulosa etar.
Ham masalan:
قُلِ اللّٰهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ تُؤْتِى الْمُلْكَ مَنْ تَشَاۤءُ
Xullas, shu oyat Janobi Haqning navi basharning ijtimoiy hayotidagi tasarruflarini shunday ko’rsatadiki; izzat va zillat, faqirlik va boylik to’g’ridan-to’g’riga Janobi Haqning istakiga va irodasiga bog’liqdir. Demak kasrat tabaqalarining eng tarqoq tasarruflariga qadar Allohning istak va taqdiri iladir. Tasodif qo’shilolmas. Shu hukmni bergandan so’ng insoniyat hayotida eng muhim ish uning rizqidir. Shu oyat basharning rizqini to’g’ridan-to’g’riga Razzoqi Haqiqiyning Rahmat xazinasidan yuborganini bir-ikki muqaddima ila isbot etar. Shundayki: Der: "Rizqingiz yerning hayotiga bog’liqdir. Yerning tirilishi esa bahorga boqar. Bahor esa Shams va Qamarni itoat ettirgan, kecha va kunduzni aylantirgan zotning qo’lidadir. Unday bo’lsa bir olmani bir odamga haqiqiy rizq qilib butun yer yuzini butun mevalar ila to’ldirgan Zot bera olar. Va u unga haqiqiy Razzoq bo’lar". So’ngra esa:
وَتَرْزُقُ مَنْ تَشَاۤءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ
der. Bu jumlada u tafsilotli fe`llarni ijmol va isbot etar. Ya`ni "Sizga hisobsiz rizq bergan udirki, bu fe`llarni qilar".
To’rtinchi Balog’at Nuktasi: Qur`on goh bo’lar, Allohning maxluqotini bir tartib ila zikr etar; so’ngra u maxluqot ichida bir nizom, bir mezon bo’lganini va uning samaralari bo’lganini ko’rsatmoq ila go’yo bir shaffofiyat, bir porloqlik bermoqdaki; so’ngra u oyna-misol tartibidan jilvasi bo’lgan Allohning ismlarini ko’rsatar. Go’yo u mazkur maxluqot so’zlardir. Shu ismlar uning ma`nolari, yoxud u mevalarning urug’lari, yoxud xulosalaridir. Masalan:
وَلَقَدْخَلَقْنَا اْلاِنْسَانَ مِنْ سُلاَلَةٍ مِنْ طِينٍ - ثُمَّ جَعَلْناَهُ نُطْفَةً فِى قَرَارٍ مَكِينٍ - ثُمَّ خَلَقْنَا النُّطْفَةَ عَلَقَةً فَخَلَقْنَا الْعَلَقَةَ مُضْغَةً فَخَلَقْنَا الْمُضْغَةَ عِظَامًا فَكَسَوْنَا الْعِظَامَ لَحْمًا ثُمَّ اَنْشَأْناَهُ خَلْقًا اٰخَرَ فَتَبَارَكَ اللهُ اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ
Xullas, Qur`on inson yaratilishining u ajib, g’arib, badi`, muntazam, mavzun hollarini shunday oyna-misol bir tarzda zikr etib tartib etmoqdaki;
فَتَبَارَكَ اللهُ اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ
ichida o’z-o’ziga ko’rinmoqda va o’zini ayttirmoqda. Hatto vahiyning bir kotibi shu oyatni yozarkan, hali shu kalima kelmasdan avval shu kalimani aytgandir. "Ajabo, menga ham vahiy keldimi" o’ylovida qolgan. Holbuki avvalgi kalomning mukammal nizom va shaffofiyatidir va insijomidirki, u kalom kelmasdan o’zini ko’rsatgandir.
Ham masalan:
اِنَّ رَبَّكُمُ اللهُ الَّذِى خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضَ فِى سِتَّةِ اَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوٰى عَلَى الْعَرْشِ يُغْشِى الَّيْلَ النَّهَارَ يَطْلُبُهُ حَثِيثًا وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ وَالنُّجُومَ مُسَخَّرَاتٍ بِاَمْرِهِ اَلاَ لَهُ الْخَلْقُ وَاْلاَمْرُ، تَبَارَكَ اللهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ
Xullas, Qur`on shu oyatda Alloh qudratining azamati va rububiyat saltanatini shunday bir tarzda ko’rsatmoqdaki: Quyosh, Oy, yulduzlar amrbardor askarlari kabi amriga muxayyo; kecha va kunduzni oq va qora ikki xat kabi yoki ikki tasma kabi bir-biri orqasida aylantirib rububiyat oyatlarini koinot sahifalarida yozgan va rububiyat arshida turgan bir Qodiyri Zuljalolni ko’rsatganidan, har ruh eshitsa بَارَكَ اللّهُ مَاشَاءَ اللّهُ فَتَبَارَكَ اللّهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ deyishni istar. Demak
تَبَارَكَ اللهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ avvalgining xulosasi, urug’i, mevasi va obi hayoti hukmiga o’tar.
Аудио мавжуд эмас