So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 287
(252-310)
Xullas, shu oyatlar avvalo Janobi Haqning insonga qarshi shu katta koinotni qanday bir saroy hukmida xalq etib samodan zaminga obi hayotni yuborib, insonlarga rizqni yetishtirmoq uchun zaminni va samoni ikki xizmatkor etgani kabi, zaminning boshqa taraflarida bo’lgan har bir navi mevalaridan har bir odamga foydalanish imkoni bermoq, ham insonlarga sa`ylarining samaralarini almashtirib har navi tirikchilik vositasini ta`min etmoq uchun kemani insonga musahhar etgandir. Ya`ni dengizga, shamolga, daraxtga shunday bir vaziyat berganki, shamol bir qamchi, kema bir ot, dengiz uning oyog’i ostida bir cho’l kabi turar. Insonlarni kema vositasi ila butun zaminga munosabatdor etmoq ila barobar irmoqlarni, katta daryolarni insonning fitriy bittadan toshish vositalari hukmida itoat ettirmoq; ham Quyosh ila Oyni sayr ettirib mavsumlarni va mavsumlarda almashgan Mun`imi Haqiqiyning rang-rang ne`matlarini insonlarga taqdim etmoq uchun ikki musahhar xizmatkor va u buyuk jovonni aylantirmoq uchun ikki rulchi hukmida xalq etgan. Ham kecha va kunduzni insonga musahhar, ya`ni istirohat uchun uyquga kechani yopinchiq, kunduzni tirikchiliklariga tijoratgoh hukmida itoat ettirgandir. Xullas, bu Allohning ne`matlarini sanab o’tgandan so’ng, insonga berilgan ne`matlarning naqadar keng bir doirasi bo’lganini ko’rsatib, u doirada qay daraja hadsiz ne`matlar to’la bo’lganini shu
وَاٰتيٰكُمْ مِنْ كُلِّ مَاسَاَلْتُمُوهُ وَاِنْ تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللهِ لاَ تُحْصُوهَا
xulosa ila ko’rsatar. Ya`ni: Iste`dod va fitriy ehtiyoj lisoni ila inson nima istagan bo’lsa, hammasi berilgan. Insonga bo’lgan Allohning ne`matlari sanash ila bitmas, tugamas. Ha, insonning modomiki bir ne`mat dasturxoni samovot va yer bo’lsa va u dasturxondagi ne`matlardan bir qismi Shams, Qamar, kecha, kunduz kabi narsalar bo’lsa, albatta insonga yuzlangan bo’lgan ne`matlar haddu hisobga kelmas.
Yettinchi Balog’at Siri: Goh bo’ladiki oyat zohiriy sababni ijodning qobiliyatidan ajratmoq va uzoq ko’rsatmoq uchun musabbabning g’oyalarini, samaralarini ko’rsatar. To tushunilsinki, sabab yolg’iz zohiriy bir pardadir. Chunki g’oyat hakimona g’oyalarni va muhim samaralarni iroda etmoq g’oyat Aliym, Hakim birining ishi bo’lmoq lozimdir. Sababi esa idroksiz, jonsizdir. Ham samara va g’oyalarini zikr etmoq ila oyat ko’rsatadiki, sabablar garchi zohiriy nazarda va vujudda musabbabot ila bog’langan va bitishgan ko’rinar. Faqat haqiqatda oralarida uzoq bir masofa bor. Sababdan musabbabning ijodiga qadar shu daraja uzoqlik borki, eng katta bir sababning qo’li eng oddiy bir musabbabning ijodiga yetisholmas. Xullas, sabab va musabbab orasidagi uzun masofada Allohning ismlari bittadan yulduz kabi zuhur etar. Matlalari u ma`naviy masofadir. Qandayki zohir nazarda tog’larning ufq doirasida samoning etaklari bitishgan va ulashgan ko’rinar. Holbuki tog’ning ufq doirasidan samoning etagiga qadar umum yulduzlarning matlalari va boshqa narsalarning maskanlari bo’lgan bir buyuk masofa bo’lgani kabi, sabablar ila musabbabot mobaynida shunday ma`naviy bir masofa borki, iymonning durbini ila, Qur`onning nuri ila ko’rinar. Masalan:
فَلْيَنْظُرِ اْلاِنْسَانُ اِلٰى طَعَامِهِ - اَنَّا صَبَبْنَا الْمَاۤءَ صَبًّا - ثُمَّ شَقَقْنَا اْلاَرْضَ شَقًّا - فَاَنْبَتْنَا فِيهَا حَبًّا - وَعِنَبًا وَقَضْبًا - وَزَيْتُونًا وَنَخْلاً - وَحَدَاۤئِقَ غُلْبًا - وَفَاكِهَةً وَاَبّاً - مَتَاعًا لَكُمْ وَ ِلاَنْعَامِكُمْ
Xullas, shu oyati karima Allohning qudrat mo’`jizalarini bir hikmat tartibi ila zikr etib sabalarni musabbabotga bog’lab eng oxirda مَتَاعًا لَكُمْ lafzi ila bir g’oyani ko’rsatadiki, u g’oya butun u bir-biriga bog’liq sabablar va musabbabot ichida u g’oyani ko’rgan va ta`qib etgan yashirin bir mutasarrif bo’lganini va sabalar uning pardasi bo’lganini isbot etar. Ha, مَتَاعًا لَكُمْ وَ ِلاَنْعَامِكُمْ ta`biri ila butun sabablarni ijod qobiliyatidan ajratar. Ma`nan der: "Sizga va hayvonlaringizga rizqni yetishtirmoq uchun suv samodan kelmoqda. U suvda sizga va hayvonlaringizga achinib shafqat etib rizq yetishtirmoq qobiliyati bo’lmaganidan; suv kelmaydi, yuboriladi demakdir. Ham, tuproq nabototi ila ochilib, rizqingiz u yerdan kelmoqda. Hissiz, idroksiz tuproq sizning rizqingizni o’ylab shafqat etmoq qobiliyatidan juda uzoq bo’lganidan, tuproq o’z-o’ziga ochilmaydi, birisi u eshikni ochmoqda, ne`matlarni qo’llaringizga bermoqda.
Аудио мавжуд эмас