So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 290
(252-310)
To’qqizinchi Balog’at Nuktasi: Qur`oni Hakim goh bo’lar juz`iy ba`zi maqsadlarni zikr etar. So’ngra u juz`iy narsalar vositasi ila kulliy maqomlarga zehnlarni chorlamoq uchun u juz`iy maqsadni kulliy bir qoida hukmida bo’lgan asmoyi husna ila bildirib yerlashtirar, tahqiq etib isbot etar. Masalan:
قَدْ سَمِعَ اللهُ قَوْلَ الَّتِى تُجَادِلُكَ فِى زَوْجِهَا وَتَشْتَكِىۤ اِلَى اللهِ وَاللهُ يَسْمَعُ تَحَاوُرَكُمَاۤ اِنَّ اللهَ سَمِيعٌ بَصِيرٌ
Xullas, Qur`on der: "Janobi Haq Sami`-i Mutlaqdir, hamma narsani eshitar. Hatto eng juz`iy bir mojaro bo’lgan va juftidan shikoyat etgan bir xotinning senga qarshi mujodalasini Haqq ismi ila eshitar. Ham rahmatning eng latif jilvasiga mazhar va shafqatning eng fidokor bir haqiqatiga ma`dan bo’lgan bir xotinning haqli bo’lib juftidan da`vosini va Janobi Haqqa shikoyatini katta ishlar suratida Rahiym ismi ila ahamiyat ila eshitar va Haqq ismi ila jiddiy ravishda boqar". Xullas, shu juz`iy maqsadni kulliylashtirmoq uchun maxluqotning eng juz`iy bir hodisasini eshitgan, ko’rgan koinotning imkon doirasidan xorij bir zot, albatta hamma narsani eshitadigan, hamma narsani ko’radigan bir zot bo’lishi lozim kelar. Va koinotga Rab bo’lgan koinot ichida mazlum kichik maxluqlarning dardlarini ko’rmoq, faryodlarini eshitmoq kerakdir. Dardlarini ko’rmagan, faryodlarini eshitmagan "Rab" bo’lolmas. Unday bo’lsa اِنَّ اللهَ سَمِيعٌ بَصِيرٌ jumlasi ila ikki buyuk haqiqatni tasbit etar.
Ham masalan:
سُبْحَانَ الَّذِىۤ اَسْرٰى بِعَبْدِهِ لَيْلاً مِنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ اِلَى الْمَسْجِدِ اْلاَقْصَا الَّذِى بَارَكْنَا حَوْلَهُ لِنُرِيَهُ مِنْ اٰياَتِنَاۤ اِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ
Xullas, Qur`on Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning me`rojining boshlanishi bo’lgan Masjidi Haromdan Masjidi Aqsoga bo’lgan sayaronini zikr etgandan so’ng اِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ der. اِنَّهُ dagi olmosh yo Janobi Haqqadir va yoxud Payg’ambargadir. Payg’ambarga ko’ra bo’lsa, shunday bo’ladiki: "Bu juz`iy sayohatda umumiy bir sayr, kulliy bir yuksalish borki, to Sidrat-ul Muntahoga, to Qobi Qavsaynga qadar ismlarning kulliy martabalarida ko’ziga, qulog’iga tazohur etgan Rabboniy oyatlarni va Ilohiy san`at ajoyibotlarini eshitgan, ko’rgandir" der. U kichik, juz`iy sayohatni kulliy va mahshari ajoyib bir sayohatning kaliti hukmida ko’rsatadi. Agar olmosh Janobi Haqqa oid bo’lsa, shunday bo’ladiki: "Bir qulini bir sayohatda huzuriga da`vat etib bir vazifa ila vazifalantirmoq uchun Masjidi Haromdam anbiyolar to’plangan joy bo’lgan Masjidi Aqsoga yuborib, anbiyolar ila ko’rishtirib, butun anbiyolarning usuli dinlariga mutlaq voris bo’lganini ko’rsatgandan so’ng, to Qobi Qavsaynga qadar mulku malakutida kezdirdi". Xullas, garchi u zot bir abddir, juz`iy bir me`rojda sayohat etar. Faqat bu abdda butun koinotga taalluq etgan bir omonat barobardir. Ham shu koinotning rangini almashtiradigan bir nur barobardir. Ham abadiy saodatning eshigini ochadigan bir kalit barobar bo’lgani uchun Janobi Haq o’z zotini butun ashyoni eshitadigan va ko’radigan sifati ila vasflantirar. Toki u omonat, u nur, u kalitning jahon-shumul hikmatlarini ko’rsatsin.
Ham masalan:
اَلْحَمْدُ ِللهِ فَاطِرِ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضِ جَاعِلِ الْمَلٰۤئِكَةِ رُسُلاً اُولِىۤ اَجْنِحَةٍ مَثْنىَ وَثُلٰثَ وَرُبَاعَ يَزيِدُ فِى الْخَلْقِ مَا يَشَاۤءُ اِنَّ اللهَ عَلٰى كُلِّ شَئٍْ قَدِيرٌ
Xullas, shu surada "Samovot va arzning Fotiri Zuljaloli samovot va arzni shunday bir tarzda bezab kamolot asarlarini ko’rsatmoq ila hadsiz tomoshabinlaridan Fotiriga hadsiz madhu sanolar ettirmoqda va shunday ham hadsiz ne`matlar ila bezatilganki, samo va zamin butun ne`matlarning va ne`matdidalarning lisonlari ila u Fotiri Rahmonini nihoyatsiz maqtarlar va hamd etarlar." degandan so’ng, Yerning shaharlari va mamlakatlari ichida Fotirning bergan jihozlar va qanotlari ila sayru sayohat etgan insonlar ila hayvonlar va qushlar kabi samoviy saroylar bo’lgan yulduzlar va yuksak mamlakatlari bo’lgan burjlarda kezmoq va uchmoq uchun u mamlakatning yashovchilari bo’lgan malaklariga qanot bergan Zoti Zuljalol, albatta hamma narsaga qodir bo’lmog’i lozim kelar.
Аудио мавжуд эмас