So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 293
(252-310)
Ham ko’rmayotirsizmi, u yerda qancha go’zal, rang-barang har bir jinsdan juft ko’katlarni, nabototni xalq etdik. Yerning har tarafini u go’zallar ila go’zallashtirdik. Ham ko’rmayotirsizmi, qay kayfiyatda samo tarafidan barakali bir suvni yubormoqdamiz. U suv ila bog’ va bo’stonlarni, ekinlarni, yuksak laziz mevali xurmo kabi daraxtlarni xalq etib bandalarimga rizqni u bilan yubormoqdaman, yetishtirmoqdaman. Ham ko’rmayotirsizmi, u suv ila o’lgan mamlakatni ihyo etmoqdaman. Minglab dunyoviy hashrlarni ijod etmoqdaman. Qandayki bu nabototni qudratim ila bu o’lgan mamlakatdan chiqarayotgan bo’lsam, sizning hashrdagi chiqishingiz ham shundaydir. Qiyomatda yer o’lib, siz sog’ bo’lib chiqasiz". Xullas, shu oyatning isboti hashrda ko’rsatgan bayon jazolatidirki, mingdan biriga zo’rg’a ishora eta olganimiz qayerda, insonlarning bir da`vo uchun aytganlari so’zlar qayerda?
Shu risolaning boshidan hozirga qadar tahqiq nomiga betarafona muhokama suratida Qur`onning i`jozini qaysar bir dushmanga qabul ettirmoq uchun Qur`onning ko’p huquqini yashirin qoldirdik. U quyoshni mumlar qatoriga keltirib muvozana etar edik. Hozir tahqiq vazifasini ado etib, porloq bir suratda i`jozini isbot etdi. Hozir esa tahqiq nomiga emas, haqiqat nomiga bir-ikki so’z ila Qur`onning muvozanaga kelmas haqiqiy maqomiga ishora etamiz:
Ha, boshqa kalomlarning Qur`onning oyatlariga nisbati shishalardagi ko’ringan yulduzlarning kichkina akslari ila yulduzlarning ayniga nisbati kabidir. Ha, har biri bittadan sobit haqiqatni tasvir etgan, ko’rsatgan Qur`onning so’zlari qayerda? Basharning fikri va tuyg’ularining oynachalarida so’zlari ila rasmini chizgan ma`nolari qayerda? Ha, hidoyat nurlarini ilhom etgan va Shams va Qamarning Xoliqi Zuljalolining kalomi bo’lgan Qur`onning maloika-misol jonli so’zlari qayerda? Basharning havaslarini uyg’otmoq uchun sehrboz nafslari ila, uydirma nozikliklari ila tishlaydigan so’zlari qayerda? Ha, tishlaydigan hasharot va qurtlarning muborak maloika va nuroniy ruhoniylarga nisbati nima bo’lsa, basharning so’zlari Qur`onning so’zlariga nisbati udir. Shu haqiqatlarni Yigirma Beshinchi So’z ila barobar o’tgan Yigirma To’rt adad So’zlar isbot etgandir. Shu da`vomiz mujarrad emas, burhoni o’tgan natijadir. Ha, har biri hidoyat javharlarining bittadan sadafi va iymon haqiqatlarining bittadan manbai va Islom asoslarining bittadan ma`dani va to’g’ridan-to’g’riga Arsh-ur Rahmondan kelgan va koinotning tashqarisidan va xorijidan insonga boqib tushgan va ilm va qudrat va irodani ichiga olgan va azaliy xitob bo’lgan Qur`onning lafzlari qayerda? Insonning havoyi, havoparastona, ma`nosiz, havasparvarona lafzlari qayerda? Ha, Qur`on bir tubo daraxti hukmiga o’tib shu islom olamini butun ma`naviyati ila, shiorlari va kamoloti ila, dastur va ahkomi ila yaproqlar suratida nashr etib asfiyo va avliyosini bittadan gul hukmida u daraxtning obi hayoti ila toza, go’zal ko’rsatib butun kamolot va kavniy va Ilohiy haqiqatlarni samara berib mevalaridagi ko’p urug’lari amaliy bittadan dastur, bittadan dastur hukmiga o’tib yana mevador daraxt hukmida bir-biriga bog’langan haqiqatlarni ko’rsatgan Qur`on qayerda? Basharning ma`lumimiz bo’lgan kalomi qayerda? Ey nas-saro, minas surayyo.
Bir ming uch yuz ellik yildir Qur`oni Hakim butun haqiqatlarini koinot bozorida ochib namoyon etgani holda harkas, har millat, har mamlakat uning javharlaridan, haqiqatlaridan olgandir va olmoqdalar. Holbuki na u ulfat, na u to’kinlik, na u zamonning o’tishi, na u katta o’zgarishlar uning qiymatdor haqiqatlariga, uning go’zal uslublariga xalal berolmagan, keksaytirmagan, quritmagan, qiymatdan tushirmagan, husnini so’ndirmagandir. Shu holat bir o’zi bir mo’`jizadir.
Hozir biri chiqsa, Qur`onning keltirgan haqiqatlardan bir qismiga o’z havasicha bolalarcha bir intizom bersa, Qur`onning ba`zi oyatlariga muoraza uchun nisbat etsa, "Qur`onga yaqin bir kalom so’yladim" desa, shunday ahmoqona bir so’z bo’larki, masalan toshlari muxtalif javharlardan bir muhtasham saroyni qilgan va u toshlarning vaziyatida umum saroyning oliy naqshlariga boqqan mezonli naqshlar ila bezagan bir ustaning san`ati ila u oliy naqshdan fahmi kalta, u saroyning butun javhar va ziynatlaridan bebahra bir oddiy odam, oddiy xonalarning bir ustasi u saroyga kirib u qiymatdor toshlardagi yuksak naqshlarni buzib bolalarcha havasiga ko’ra oddiy bir xonaning vaziyatiga ko’ra bir intizom, bir surat bersa va bolalarning nazariga xush ko’rinadigan ba`zi munchoqlarni toqsa, so’ngra "Qaranglar! U saroyning ustasidan yanada ziyoda mahorat va sarvatim bor va qiymatdor ziynatlarim bor" desa, devonacha bir xazayon etgan bir soxtakorning san`atining nisbati kabidir.
Аудио мавжуд эмас