So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 296
(252-310)
Zamin yuzi e`tibori ila bunday bo’lgani kabi, botinidagi inqiloblar va zilzilalar ila va ularning natijasida tog’larning chiqishlari va oy tutilishlari sodir bo’lishi soatlarni sanagan bir mil kabi dunyoning shu jihati og’ir o’tuvchi bo’lganini ko’rsatar. Dunyo xonasining shipi bo’lgan samo makoni esa yulduzlarning harakati ila, dumli yulduzlarning zuhuri ila, Quyosh va Oyning tutilishi sodir bo’lishi ila, yulduzlarning sukut etishlari kabi o’zgarishlar ko’rsatadiki, samovot ham sobit emas, qarilikka, xarobiyatga ketmoqda. Uning o’zgarishi haftalik soatda kunlarni sanagan bir mil kabi garchi og’ir va kech bo’lar. Faqat har holda o’tkinchi va zavol va xarobiyatga qarshi ketganini ko’rsatar. Xullas, dunyo dunyo jihati ila shu yetti rukn ustida bino etilgandir. Shu ruknlar doimo uni tebratar. Faqat shu tebrangan va harakat etgan dunyo Sone`iga boqqan payti u harakat va o’zgarishlar qudrat qalamining Samadoniy maktublarni yozishi uchun u qalamning ishlashidir. U hollarning almashinishi esa Alloh ismlari shuunlari jilvalarini boshqa-boshqa vasflantirishlar ila ko’rsatgan yangilangan oynalaridir. Xullas, dunyo dunyo e`tibori ila ham fanoga ketar, ham o’lishga yugurar, ham zilzila ichidadir. Haqiqatda oqar suv kabi rihlat etgani holda, g’aflat ila suratan qotgan, tabiat fikri ila nursizlik va xiralik paydo etib oxiratga parda bo’lgandir. Xullas, xato yo’ldagi falsafa falsafa tadqiqotlari ila va fizika ilmi ila va safih madaniyatning jozibador nafsoniy g’ayri mashru` o’yinlari ila, sarxushona havaslari ila u dunyoning ham qattiqligini ziyoda etib g’aflatni qalinlashtirgan, ham dog’lar ila kirlanishini orttirib Sone`ni va oxiratni unuttirar. Ammo Qur`on bo’lsa shu haqiqatdagi dunyoni dunyo jihati ila
اَلْقَارِعَةُ مَا الْقَارِعَةُ
اِذَا وَقَعَتِ الْوَاقِعَةُ
وَالطُّورِ - وَكِتَابٍ مَسْطُو
oyatlari ila paxta kabi uloqtirar, otar.
اَوَ لَمْ يَنْظُرُوا فِى مَلَكُوتِ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضِ
اَفَلَمْ يَنْظُرُوۤا اِلَى السَّمَاۤءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا
اَوَلَمْ يَرَ الَّذِينَ كَفَرُوۤا اَنَّ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضَ كَانَتَا رَتْقًا
kabi bayonlari ila u dunyoga shaffofiyat berar va kirlanishini ketkazar.
اَللهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضِ
وَمَا الْحَيوةُ الدُّنْيَاۤ اِلاَّ لَعِبٌ وَلَهْوٌ
kabi nur-afshon nurlari ila jonsiz dunyoni eritar.
اِذَا السَّمَاۤءُ انْفَطَرَتْ va
اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ va
اِذَا السَّمَاۤءُ انْشَقَّتْ
وَنُفِخَ فِى الصُّورِ فَصَعِقَ مَنْ فِى السَّمٰوَاتِ وَمَنْ فِى اْلاَرْضِ
اِلاَّ مَنْ شَاۤءَ اللهُ
mavt-olud ta`birlari ila dunyoning mavhum abadiyatini parcha-parcha etar.
يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِى اْلاَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنْزِلُ مِنَ السَّمَاۤءِ وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا وَهُوَ مَعَكُمْ اَيْنَمَا كُنْتُمْ وَاللهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
وَقُلِ الْحَمْدُ ِللهِ سَيُرِيكُمْ اٰيَاتِهِ فَتَعْرِفُونَهَا وَمَا رَبُّكَ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ
Ko’k gumburlashi kabi hayqirishlari ila tabiat fikrini vujudga keltirgan g’aflatni tarqatar. Xullas, Qur`onning boshdan oxirigacha koinotga qaragan oyatlari shu asosga ko’ra ketar. Dunyo haqiqatini bo’lgani kabi ochar, ko’rsatar. Chirkin dunyoni naqadar chirkin bo’lganini ko’rsatmoq ila basharning yuzini undan o’girtirar, Sone`ga boqqan go’zal dunyoning go’zal yuzini ko’rsatar. Basharning ko’zini unga tikdirar. Haqiqiy hikmatni dars berar. Koinot kitobining ma`nolarini ta`lim berar. Harflari va naqshlariga oz boqar. Sarxush falsafa kabi chirkinga oshiq bo’lib, ma`noni unuttirib, harflarning naqshlari ila insonlarning vaqtini bekorchi ishlarga sarf ettirmas.
Аудио мавжуд эмас