So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 294
(252-310)
UCHINCHI SHU`LA: Uch ziyosi bor.
BIRINCHI ZIYO: Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonning buyuk bir i`joz jihati O’n Uchinchi So’zda bayon etilgandir. Qardoshlari bo’lgan boshqa i`joz jihatlari qatoriga kirmoq uchun bu maqomga olingandir. Xullas, Qur`onning har bir oyati bittadan porloq yulduz kabi i`joz va hidoyat nurini nashr ila kufr va g’aflat zulmatini tarqatganini ko’rmoq va zavq etmoq istasang, o’zingni Qur`onning nozil bo’lishidan avval bo’lgan u johiliyat asrida va u badaviylik sahrosida faraz etki, hamma narsa johillik va g’aflat zulmati ostida o’lik va jonsiz tabiat pardasida o’ralgan bir onda birdan Qur`onning yuksak lisonidan
سَبَّحَ ِللهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ
يُسَبِّحُ ِللهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَمَا فِى اْلاَرْضِ الْمَلِكِ الْقُدُّوسِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ
kabi oyatlarni eshit, boq: U o’lgan yoki yotgan olam mavjudoti سَبَّحَ، يُسَبِّحُ sadosi ila eshitganlarning zehnida qanday tirilmoqdalar, xushyor bo’lmoqdalar, qiyom etib zikr etmoqdalar. Ham u qorong’u ko’k yuzida bittadan jonsiz otash parchasi bo’lgan yulduzlar va yerdagi parishon maxluqot تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَاْلاَرْضُ hayqirishi ila eshitganlarning nazarida qanday ko’k yuzi bir og’iz, butun yulduzlar bittadan hikmat-namo kalima, bittadan haqiqat-ado nur va yer bir bosh va quruqlik va dengiz bittadan lison va butun hayvonot va nabotot bittadan tasbeh-fashon kalima suratida go’zalligini ko’rsatar. Bo’lmasa bu zamondan to u zamonga boqmoq ila mazkur zavqning nozikliklarini ko’rolmaysan. Ha, u zamondan beri nurini nashr etgan va zamon o’tishi bilan hammaga ma`lum ilmlar hukmiga o’tgan va boshqa Islomning nurli haqiqatlari ila porlagan va Qur`onning quyoshi ila kunduz rangini olgan bir vaziyat ila va yoxud sathiy va oddiy bir ulfat pardasi ila boqsang, albatta har bir oyatning naqadar shirin bir i`joz ohangi ichida qanchalab zulmatni tarqatganini haqqi ila ko’rolmaysan va bir qancha i`joz navlari ichida bu navi i`jozini zavq etolmaysan.
Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonning eng yuksak i`joz darajasiga boqmoq istasang, shu tamsil durbini ila boq. Shundayki:
G’oyat buyuk va g’arib va g’oyatda yoyilgan ajib bir daraxt faraz qilaylikki, u daraxt keng bir g’ayb pardasi ostida bir masturiyat tabaqasi ichida saqlangandir. Ma`lumdirki, bir daraxtning insonning a`zolari kabi uning shoxlari, mevalari, yaproqlari, gullari kabi butun a`zolari orasida bir munosabat, bir uyg’unlik, bir muvozanat lozimdir. Har bir qismi u daraxtning mohiyatiga ko’ra bir shakl olar, bir surat berilar. Xullas, hech ko’rilmagan va hali ham ko’rilmayotir, u daraxtga doir biri chiqsa, parda ustida uning har bir a`zosiga muqobil bir rasm chizsa, bir hudud chizsa. Shoxdan mevaga, mevadan yaproqqa bir uyg’unlik ila bir surat chizsa va bir-biridan nihoyat uzoq mabda` va muntahosining o’rtasida a`zolarining ayni shakl va suratini ko’rsatadigan muvofiq rasmlar ila to’ldirsa, albatta shubha qolmaski, u rassom butun u g’aybiy daraxtni g’aybni biladigan nazari ila ko’rar, ihota etar, so’ngra tasvir etar.
Aynan shuning kabi, Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayon ham mumkinotning haqiqatiga doirki, u haqiqat dunyoning ibtidosidan tut to oxiratning eng nihoyatiga qadar uzangan va arshdan farshga, zarradan shamsga qadar yoyilgan yaratilish daraxtining haqiqatiga doir- Qur`on bayonlari shu qadar uyg’unlikni muhofaza etgan va har bir a`zoga va mevaga loyiq bir surat berganki, butun muhaqqiqlar tahqiqlarining oxirida Qur`onning tasviriga "Mashaalloh, Barakalloh" deb, "Koinot tilsimini va yaratilish muammosini kashf va fath etgan yolg’iz sensan ey Qur`oni Karim!" deganlar.
وَ ِللهِ الْمَثَلُ اْلاَعْلٰى tamsilda kamchilik yo’q. Allohning ism va sifatlari va Rabboniy shuun va fe`llari bir nur tubo daraxti hukmida tamsil etilmoq ila u nuroniy daraxtning azamat doirasi azaldan abadga uzanib ketadi. Kibriyo hududi cheksiz nihoyatsiz fazoda yoyilib ihota etadi.
Аудио мавжуд эмас