So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 295
(252-310)
Ijroot hududi
فَالِقُ الْحَبِّ وَالنَّوٰى - يَحوُلُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ
hududidan tut to
وَالسَّمٰوَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ - خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضَ فِى سِتَّةِ اَيَّامٍ
hududiga qadar yoyilgan u nuroniy haqiqatni butun shox va shodalari ila, g’oya va mevalari ila shu qadar uyg’unlik ila bir-biriga uyg’un, bir-biriga loyiq, bir-birini sindirmaydigan, bir-birining hukmini buzmaydigan, bir-biridan qo’rqmaydigan bir suratda u ism va sifat va shuun va fe`llar haqiqatlarini bayon etarki, butun kashf ahli va haqiqat ahli va malakut doirasida javalon etgan butun irfon va hikmat sohiblari u Qur`on bayonlariga qarshi "Subhanalloh" deb, "Naqadar to’g’ri, naqadar muvofiq, naqadar go’zal, naqadar loyiq" deb tasdiq etadilar.
Masalan: Butun imkon doirasi va vujub doirasiga boqqan, ham u ikki buyuk daraxtning bitta shoxi hukmida bo’lgan iymonning olti rukni va u ruknlarning shox va shodalarining eng nozik meva va gullari orasida shu qadar bir uyg’unlik ko’zlab tasvir etar va shu daraja bir muvozanat suratida ta`rif etar va shu daraja bir munosabat tarzida izhor etarki, bashar aqli idrokidan ojiz va husniga qarshi hayron qolar. Va u iymon shoxining shodasi hukmida bo’lgan Islomiyatning besh rukni oralarida va u ruknlarning to eng nozik tafsilotlari, eng kichik odobi va eng uzoq g’oyalari va eng chuqur hikmatlari va eng juz`iy samaralariga borishga qadar oralarida uyg’unlikning go’zalligi va mukammal munosabat va to’liq bir muvozanat muhofaza etganiga dalil esa, u jome` Qur`onning oyat va vajhlaridan va ishora va ramzlaridan chiqqan buyuk Islomi shariatining mukammal intizom va muvozanati va uyg’unligining go’zalligi va sog’lomligi chiritilmas odil bir shohid, shubha keltirmas qat`iy bir burhondir. Demak bo’ladiki, Qur`on bayonlari basharning juz`iy ilmiga, boxusus bir ummiyning ilmiga tayangan bo’lolmas. Balki bepoyon ilmga tayanar va butun ashyoni birdan ko’ra oladigan, azal va abad orasida butun haqiqatlarni bir onda mushohada etadigan bir zotning kalomidir. Amanna...
IKKINCHI ZIYO: Qur`on hikmatining qarshisiga muoraza maydoniga chiqqan bashariyat falsafasining Qur`on hikmatiga qarshi qay daraja sukut etganini O’n Ikkinchi So’zda izoh va tamsil ila tasvir va boshqa So’zlarda isbot etganimizdan, ularga havola etib hozircha boshqa bir jihatda kichik bir muvozanat etamiz. Shundayki:
Falsafa va hikmati insoniya dunyoga sobit boqar. Mavjudotning mohiyatlardan, xosiyatlaridan batafsil bahs etar. Sone`iga qarshi vazifalaridan bahs etsa ham, ijmolan bahs etar. Odatda koinot kitobining yolg’iz naqsh va harflaridan bahs etar, ma`nosiga ahamiyat bermas. Qur`on esa dunyoga o’tkinchi, oquvchi, aldatuvchi, sayyor, qarorsiz, inqilobchi sifatida boqar. Mavjudotning mohiyatlaridan, zohiriy va moddiy xosiyatlaridan qisqacha bahs etar. Faqat Sone` tarafidan vazifalantirilgan ubudiyatkorona vazifalaridan va Sone`ning ismlariga qay jihat ila va qanday dalolat etganlari va Ilohiy taqviniy amrlarga qarshi itoatlarini batafsil zikr etar. Xullas, bashariyat falsafasi ila Qur`on hikmatining shu tafsil va ijmol xususidagi farqlariga qaraymizki, mahzi haq va ayni haqiqat qaysisidir ko’ramiz. Xullas, qandayki qo’limizdagi soat suratan sobit ko’rinar. Faqat ichidagi charxlarning harakati ila doimiy ichida bir zilzila va olat va charxlarining istiroblari bordir. Aynan shuning kabi Alloh qudratining eng katta soati bo’lgan shu dunyo zohiriy sobitligi ila barobar doimiy zilzila va almashinuvda, fano va zavolda yumalaydi. Ha, dunyoga zamon kirgani uchun, kecha va kunduz u eng katta soatning soniyalarini sanagan ikki boshli bir mil hukmidadir. Yil u soatning daqiqalarini sanagan bir mil vaziyatidadir. Asr esa u soatning soatlarini sanagan bir ignadir. Xullas, zamon dunyoni zavol to’lqinlari ustiga otar. Butun moziy va istiqbolni yo’qlikka berib, yolg’iz hozirgi zamonni vujudda qoldirar. Hozir zamonning dunyoga bergan shu shakli ila barobar makon e`tibori ila ham yana dunyo zilzilali, sobit bo’lmagan bir soat hukmidadir. Chunki osmon makoni tez o’zgarganidan, bir holdan bir holga darhol o’tganidan ba`zi kunda bir necha marta bulutlar ila to’lib bo’shalmoq ila soniya sanagan milning o’zgarish surati hukmida bir o’zgarish beradi. Hozir dunyo xonasining asosi bo’lgan makoni arz esa yuzi mavt va hayotcha, nabot va hayvoncha juda tez o’zgarganidan daqiqalarni sanagan bir mil hukmida dunyoning shu jihati o’tkinchi bo’lganini ko’rsatar.
Аудио мавжуд эмас