So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 298
(252-310)
Ham
خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضَ وَجَعَلَ الظُّلُمَاتِ وَالنُّورَ
ifoda etgan yaratuvchilikning kengligini ko’rib ko’rsatgani kabi, خَلَقَكُمْ وَمَا تَعْمَلُونَ ifoda etgan tasarruf shumulini va rububiyat ihotasini
ko’rib ko’rsatar. يُحْيِى اْلاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهاَ ifoda etgan buyuk haqiqat ila
وَاَوْحٰى رَبُّكَ اِلَى النَّحْلِ ifoda etgan karimona haqiqatlarni
وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ وَالنُّجُومَ مُسَخَّرَاتٍ بِاَمْرِهِ
ifoda etgan amirona hakimona azim haqiqatni ko’rar, ko’rsatar.
اَوَلَمْ يَرَوْا اِلَى الطَّيْرِ فَوْقَهُمْ صَاۤفَّاتٍ وَيَقْبِضْنَ مَايُمْسِكُهُنَّ اِلاَّ الرَّحْمَنُ اِنَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ بَصِيرٌ
ifoda etganlari mudabbirona rahimona haqiqatni
وَسِعَ كُرْسِيُّهُ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضَ وَلاَ يَؤُدُهُ حِفْظُهُمَا
ifoda etgan buyuk haqiqat ila وَهُوَ مَعَكُمْ اَيْنَ مَا كُنْتُمْ ifoda etgan raqibona haqiqatni
هُوَ اْلاَوَّلُ وَاْلاٰخِرُ وَالظَّاهِرُ وَالْباَطِنُ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ
ifoda etgan muhit haqiqat kabi
وَلَقَدْ خَلَقْنَا اْلاِنْسَانَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِ نَفْسُهُ وَنَحْنُ اَقْرَبُ اِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ
ifoda etgan juda yaqinligini
تَعْرُجُ الْمَلٰۤئِكَةُ وَالرُّوحُ اِلَيْهِ فِى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْسِينَ اَلْفَ سَنَةٍ
ishora etgan yuksak haqiqatni
اِنَّ اللهَ يَأْمُرُ بِالْعَدْلِ وَاْلاِحْسَانِ وَاِيتَاۤئِ ذِى الْقُرْبٰى وَيَنْهٰى عَنِ الْفَحْشَاۤءِ وَالْمُنْكَرِ وَالْبَغْىِ
ifoda etgan jome` haqiqat kabi butun uxroviy va dunyoviy, ilmiy va amaliy iymonning olti shartining har birisini tafsilan va Islomning besh shartining har birisini qasddan va jiddiy bo’lib va ikki dunyo saodatini ta`min etgan butun dasturlarni ko’rar, ko’rsatar. Muvozanatini muhofaza etib, uyg’unligini davom ettirib, u haqiqatlarning hay`ati majmuasining uyg’unligidan hosil bo’lgan husn va jamolning manba`laridan Qur`onning bir ma`naviy i`jozi nash`at etar.
Xullas, shu buyuk sirdandirki, Kalom ilmi olimlari Qur`onning shogirdlari bo’lganliklari holda, bir qismi o’nlab jild bo’lib iymon shartlariga doir minglab asar yozganliklari holda, Mo’`tazila kabi aqlni naqldan afzal ko’rganlari uchun Qur`onning o’n oyati qadar ochiqlik ila ifoda va qat`iy isbot va jiddiy qanoat etolmaganlar. Xuddi ular uzoq tog’larning ostida yer osti suv yo’llar qilib, quvurlar ila to olamning nihoyatiga qadar sabablar silsilasi ila ketib u yerda silsilani kesar. So’ngra obi hayot hukmida bo’lgan ma`rifati Ilohiyani va Vojib-ul Vujud vujudini isbot etarlar. Oyati karima esa har birisi bittadan Asoyi Muso kabi har yerda suvni chiqara olar, har narsadan bir dereza ochar, Sone`i Zuljalolni tanittirar. Qur`onning dengizidan sizilgan Arabiy "Qatra" risolasida va boshqa So’zlarda shu haqiqat fe`lan isbot etilgan va ko’rsatganmiz. Xullas, ham shu sirdandirki: Savollarning mohiyati ichiga kirib va tiqilib, Sunnati Saniyaga ittibo etmasdan, ko’rganlariga e`timod etib, yarim yo’lda qaytgan va bir jamoatning raisligiga o’tib bir firqa tashkil etgan zalolatdagi firqalarning butun imomlari haqiqatlarning uyg’unligini, muvozanatini muhofaza etolmaganidandirki, bunday bid`atga, zalolatga tushib bir bashariyat jamoasini xato yo’lga chorlaganlar. Xullas bularning butun ojizliklari Qur`on oyatlarining i`jozini ko’rsatar.
Аудио мавжуд эмас