So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 297
(252-310)
UCHINCHI ZIYO: Ikkinchi Ziyoda bashariyat hikmatining Qur`on hikmatiga qarshi sukutiga va Qur`on hikmatining i`joziga ishora etdik. Hozir shu ziyoda Qur`onning shogirdlari bo’lgan asfiyo va avliyo; va olimlarning munavvar qismi bo’lgan ishrokiyun faylasuflarining hikmatlari ila Qur`onning hikmatiga qarshi darajasini ko’rsatib, shu jihatda Qur`onning i`joziga muxtasar bir ishora etamiz:
Xullas, Qur`oni Hakimning yuksakligiga eng sodiq bir dalil va haqqoniyatiga eng zohir bir burhon va i`joziga eng quvvatli bir alomat shudirki: Qur`on butun tavhid qismlarining butun martabalarini butun lozim narsalari ila muhofaza eta bayon etib muvozanatini buzmagan, muhofaza etgan. Ham butun Ilohiy oliy haqiqatlarning muvozanatini muhofaza etgan. Ham butun asmoyi husnaning taqozo etganlari ahkomlarni jam etgan, u ahkomlarning uyg’unligini muhofaza etgan. Ham rububiyat va uluhiyatning shuunlarini mukammal muvozanat ila jam etgandir. Xullas, shu muhofaza va muvozanat va jam bir xususiyatdir. Qat`iyan basharning asarida mavjud emas va insoniyat buyuklarining fikrlarining xulosasida topilmaydi. Na malakutga o’tgan avliyolarning asarlarida, na ishlarning botinlariga o’tgan ishrokiyunning kitoblarida, na g’ayb olamiga nufuz etgan ruhoniylarning ilmlarida hech topilmaydi. Go’yo bir ishni taqsimlash hukmida har bir qismi haqiqatning eng buyuk daraxtidan yolg’iz bir-ikki shoxiga yopishadi. Yolg’iz uning mevasi ila, yaprog’i ila ovora bo’ladi. Boshqasidan yo xabari yo’q, yoxud qaramaydi. Ha, mutlaq haqiqat chegaralangan nazarlar ila ihota etilmas. Qur`on kabi kulliy bir nazar lozimki, ihota etsin. Qur`ondan boshqa garchi Qur`ondan ham dars oladilar, faqat kulliy haqiqatning juz`iy zehni ila yolg’iz bir-ikki tarafini tamoman ko’radi, u bilan mashg’ul bo’ladi, unda qamaladi. Yo ifrot yoki tafrit ila haqiqatlarning muvozanasini buzib uyg’unligini mavh etadi. Shu haqiqat Yigirma To’rtinchi So’zning Ikkinchi Shoxida ajib bir tamsil ila izoh etilgandir. Hozir ham boshqa bir tamsil ila shu masalaga ishora etamiz. Masalan:
Bir dengizda hisobsiz javharlarning qismlari ila to’la bir xazinaning bo’lganini faraz qilaylik. G’avvos sho’ng’uvchilar u xazinaning javharlarini qidirmoq uchun sho’ng’iydilar. Ko’zlari yopiq bo’lganidan qo’l yordami ila qidirarlar. Bir qismining qo’liga uzun bir olmos o’tar. U g’avvos hukm etarki, butun xazina uzun xoda kabi olmosdan iboratdir. Do’stlaridan boshqa javharni eshitgan vaqti xayol etarki, u javharlar topgan olmosining tobelaridir, halqalari va naqshlaridir. Bir qismining esa aylana bir yoqut qo’liga o’tar, boshqasi to’rtburchak bir qahrabo topar va hokazo... Har biri qo’li ila ko’rgan javharni u xazinaning asli va eng katta qismi e`tiqod etib, eshitganlarini u xazinaning ortiqchasi va qoldiqlari deb o’ylar. U vaqt haqiqatning muvozanati buzilar. Uyg’unlik ham ketar. Ko’p haqiqatning rangi almashinar. Haqiqatning haqiqiy rangini ko’rmoq uchun ta`villarga va takalluflarga majbur bo’lar. Hatto ba`zan inkor va rad etishga qadar ketarlar. Ishrokiyun faylasuflarining kitoblariga va Sunnatning mezoni ila tortmasdan kashfiyot va ko’rganlariga e`timod etgan tariqatchilarning kitoblarini chuqur o’rgangan bu hukmimizni shubhasiz tasdiq etar. Demak, Qur`on haqiqatlarining jinsidan va Qur`onning darsidan olganlari holda, -chunki Qur`on emaslar- bunday noqis kelmoqda. Haqiqatlar dengizi bo’lgan Qur`onning oyatlari ham u dengiz ichidagi xazinaning bir g’avvosidir. Lekin ularning ko’zlari ochiq, xazinani ihota etar. Xazinada nima bor, nima yo’q ko’rar. U xazinani shunday bir uyg’unlik va intizom va insijom ila vasflantirar, bayon etarki, haqiqiy jamol go’zalligini ko’rsatar. Masalan: Oyati
وَاْلاَرْضُ جَمِيعًا قَبْضَتُهُ يَوْمَ الْقِيٰمَةِ وَالسَّمٰوَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ
يَوْمَ نَطْوِى السَّمَاۤءَ كَطَىِّ السِّجِلِّ لِلْكُتُبِ
ifoda etganlari rububiyat azamatini ko’rgani kabi,
اِنَّ اللهَ لاَ يَخْفٰى عَلَيْهِ شَىْءٌ فِى اْلاَرْضِ وَلاَ فِى السَّمَاۤءِ - هُوَ الَّذِى يُصَوِّرُكُمْ فِى اْلاَرْحَامِ كَيْفَ يَشَاۤءُ
مَا مِنْ دَاۤبَّةٍ اِلاَّ هُوَ اٰخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا
وَكَأَيِّنْ مِنْ دَاۤبَّةٍ لاَ تَحْمِلُ رِزْقَهَا اَللهُ يَرْزُقُهَا وَاِيَّاكُمْ
ifoda etganlari rahmat shumulini ko’rmoqda, ko’rsatmoqda.
Аудио мавжуд эмас