So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 300
(252-310)
BIRINCHI ILOVA
[Maqom E`tibori Ila Yigirma Beshinchi So’zga Qo’shilgan Ilovalardan Yettinchi Shuaning Birinchi Maqomining O’n Yettinchi Martabasidir.]
Bu dunyoda hayotning g’oyasi va hayotning hayoti iymon bo’lganini bilgan bu charchamas va to’q bo’lmas yo’lchi o’z-o’ziga dediki: "Qidirganimiz zotning so’zi va kalomi deyilgan bu dunyoda eng mashhur va eng porloq va eng hakim va unga taslim bo’lmagan harkasga, har asrda qarshi chiqqan Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayon nomli kitobga murojaat etib, u nima demoqda, bilaylik. Faqat eng avval, bu kitob bizning xoliqimizning kitobi bo’lganini isbot etmoq lozimdir, deya qidirishni boshladi.
Bu sayyoh bu zamonda bo’lgani munosabati ila eng avval ma`naviy Qur`on i`jozining yog’dulari bo’lgan Risola-i Nurga boqdi va uning bir yuz o’ttiz risolalari Furqon oyatlarining nuktalari va ishiqlari va asosli tafsirlari bo’lganini ko’rdi. Va Risola-i Nur bu qadar muannid va mulhid bir asrda har tarafga Qur`on haqiqatlarini mujohidona nashr etgani holda, qarshisiga hech kim chiqolmaganidan isbot etarki, uning ustozi va manbai va marjii va quyoshi bo’lgan Qur`on samoviydir, bashar kalomi emasdir. Hatto Risola-i Nurning yuzlab hujjatlaridan bitta Qur`on hujjati bo’lgan Yigirma Beshinchi So’z ila O’n To’qqizinchi Maktubning oxiri Qur`onning qirq jihat ila mo’`jiza bo’lganini shunday isbot etganki, kim ko’rgan bo’lsa, tanqid va e`tiroz etmoq emas, balki isbotlariga hayron qolgan, taqdirlab ko’p sano etgan. Qur`onning i`joz jihatini va haq Kalomulloh bo’lganini isbot etmoq jihatini Risolat-un Nurga havola etib yolg’iz bir qisqa ishora ila buyukligini ko’rsatgan bir nechta nuqtaga diqqat etdi.
Birinchi Nuqta: Qandayki Qur`on butun mo’`jizalari ila va haqqoniyatiga dalil bo’lgan butun haqiqatlari ila Muhammad Alayhissalotu Vassalamning bir mo’`jizasidir. Xuddi shuning kabi Muhammad Alayhissalotu Vassalam ham butun mo’`jizalari ila va payg’ambarligining dalillari ila va ilmiy kamoloti ila Qur`onning bir mo’`jizasidir va Qur`on kalomulloh bo’lganiga bir qat`iy hujjatidir.
Ikkinchi Nuqta: Qur`on bu dunyoda shunday nuroniy va saodatli va haqiqatli bir suratda ijtimoiy hayotni o’zgartirishi ila barobar insonlarning ham nafslarida, ham qalblarida, ham ruhlarida, ham aqllarida, ham shaxsiy hayotlarida, ham ijtimoiy hayotlarida, ham siyosiy hayotlarida shunday bir inqilob qilgan va davom ettirgan va idora etganki, o’n to’rt asr muddatida har daqiqada olti ming olti yuz oltmish olti oyatlari mukammal ehtirom ila hech bo’lmasa yuz milliondan ziyoda insonlarning tillari ila o’qilmoqda va insonlarni tarbiya va nafslarini oqlab va qalblarini tozalamoqda. Ruhlarga inkishof va taraqqiy va aqllarga istiqomat va nur va hayotga hayot va saodat bermoqda. Albatta bunday bir kitobning misli yo’qdir, g’aroyibdir, favquloddadir, mo’`jizadir.
Uchinchi Nuqta: Qur`on u asrdan to hozirga qadar shunday bir balog’at ko’rsatganki, Ka`baning devorida oltin ila yozilgan eng mashhur adiblarning "Muallaqoti Sab`a" nomi ila mashhur qasidalarini shu darajaga tushirdiki, Labidning qizi otasining qasidasini Ka`badan tushirarkan degan: "Oyatga qarshi buning qiymati qolmadi".
Ham badaviy bir adib: فَاصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ oyati o’qilar ekan eshitgan payti sajdaga borgan. Unga deganlar: "Sen musulmon bo’ldingmi?" U degan: "Yo’q, men bu oyatning balog’atiga sajda etdim".
Ham balog’at ilmining dohiylaridan Abdulqoxiri Jurjoniy va Sakkokiy va Zamaxshariy kabi minglab dohiy imomlar va mutafannin adiblar ijmo` va ittifoq ila qaror berganlarki: "Qur`onning balog’ati bashar toqatidan ustundir, yetishilmas".
Ham u zamondan beri doimo muoraza maydoniga da`vat etib, mag’rur va anoniyatli adiblarning va balig’larning tomirlariga tegizib, g’ururlarini sindiradigan bir tarzda der: "Yo bitta suraning mislini keltiringlar va yoxud dunyoda va oxiratda halokat va zillatni qabul etinglar." deya e`lon etgani holda u asrning muannid balig’lari bitta suraning mislini keltirmoq ila qisqa bir yo’l bo’lgan muorazani tashlab, uzun bo’lgan, jon va mollarini tahlikaga otgan urush yo’lini ixtiyor etishlari isbot etarki, u qisqa yo’lda ketmoq mumkin emasdir.
Аудио мавжуд эмас