So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 303
(252-310)
Xullas, olti nuqtada va olti jihatda va olti maqomda ishora etilgan Qur`onning mazkur maziyatlari va xususiyatlari uchundirki; hashamatli nuroniy hokimiyati va azamatli muqaddas saltanati asrlarning yuzlarini ishiqlantirib, zamin yuzini ham bir ming uch yuz yil nurlantirib mukammal ehtirom ila davom etishi, ham u xususiyatlari uchundirki Qur`onning har bir harfi hech bo’lmasa o’n savob va o’n hasana bo’lishi va o’n boqiy meva berishi, hatto bir qism oyatlarning va suralarning har bir harfi yuz va ming va yanada ziyoda meva berishi va muborak vaqtlarda har harfning nuri va savobi va qiymati o’ndan yuzlarga chiqishi kabi muqaddas imtiyozlarni qozongan, deya dunyo sayyohi angladi va qalbiga dedi: Xullas, bunday har jihat ila mo’`jizali bu Qur`on; suralarining ijmo`i ila va oyatlarining ittifoqi ila va sir va nurlarining mos tushishlari ila va mevalar va asarlarining uyg’unligi ila bitta Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga va sifat va ismlariga dalillar ila isbot suratida shunday shahodat etganki, butun iymon ahlining hadsiz shahodatlari uning shahodatidan sizib chiqqanlar.

Xullas, bu yo’lchining Qur`ondan olgan tavhid va iymon darsiga qisqa bir ishora sifatida Birinchi Maqomning O’n Yettinchi Martabasida bunday:

لاَۤ إِلٰهَ إِلاَّ اللهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الْوَاحِدُ اْلاَحَدُ الَّذِى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِهِ فِى وَحْدَتِهِ: اَلْقُرْاٰنُ الْمُعْجِزُ الْبَيَانِ، اَلْمَقْبُولُ الْمَرْغُوبُ ِلأَجْنَاسِ الْمَلَكِ وَاْلاِنْسِ وَالْجَاۤنِّ، اَلْمَقْرُوءُ كُلُّ اٰيَاتِهِ فِى كُلِّ دَقِيقَةٍ بِكَمَالِ اْلاِحْتِرَامِ، بِأَلْسِنَةِ مِئَاۤتِ الْمَلاَيِينَ مِنْ نَوْعِ اْلاِنْسَانِ، اَلدَّاۤئِمُ سَلْطَنَتُهُ الْقُدْسِيَّةُ عَلٰۤى اَقْطَارِ اْلاَرْضِ وَاْلاَكْوَانِ، وَعَلٰى وُجُوهِ اْلاَعْصَارِ وَالأَزْمَانِ، وَالْجَارِى حَاكِمِيَّتُهُ اَلْمَعْنَوِيَّةُ النُّورَانِيَّةُ عَلٰى نِصْفِ اْلاَرْضِ وَخُمْسِ الْبَشَرِ فِى اَرْبَعَةَ عَشَرَ عَصْرًا بِكَمَالِ اْلاِحْتِشَامِ... وَكَذَا شَهِدَ وَبَرْهَنَ بِاِجْمَاعِ سُوَرِهِ الْقُدْسِيَّةِ السَّمَاوِيَّةِ، وَبِاِتِّفَاقِ اٰيَاتِهِ النُّورَانِيَّةِ اْلإِلهِيَّةِ، وَبِتَوَافُقِ أَسْرَارِهِ وَأَنْوَارِهِ وَبِتَطَابُقِ حَقَائِقِهِ وَثَمَرَاتِهِ وَاٰثَارِهِ بِالْمُشَاهَدَةِ وَالْعَيَانِ
deyilgandir.
Аудио мавжуд эмас