So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 305
(252-310)
Ha, g’aflat va zalolat nazarida qo’rqinchli va dahshatli bir adamiston va alamli va mavh bo’lgan bir mazoriston bo’lgan butun o’tgan zamon va o’lgan davrlar va asrlar jonli bittadan ibrat sahifasi va boshidan oxirigacha ruhli, hayotdor bir ajib olam va mavjud va biz bilan munosabatdor bir Rabboniy mamlakat suratida kino pardalari kabi goh bizni u zamonlarga, goh u zamonlarni yonimizga keltirib har asrga va har tabaqaga ko’rsatib yuksak bir i`joz ila darsini bergan Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayon ayni i`joz ila zalolat nazarida jonsiz, parishon, o’lik, hadsiz bir vahshatgoh bo’lgan va firoq va zavolda yumalagan bu koinotni bir Samadoniy kitob, bir Rahmoniy shahar, bir Rabboniy san`at namoyishgohi sifatida u jonsizlarni jonlantirib, har birini vazifador suratida bir-biri ila so’zlashtirib va bir-birining yordamiga yugurtirib navi basharga va jin va malakka haqiqiy va nurli va zavqli hikmat darslarini bergan bu Qur`oni Azimushshon, albatta har harfida o’n va yuz va ba`zan ming va minglab savob bo’lishi va butun jin va ins to’plansa, uning mislini keltirolmasligi va butun bani odam ila va koinot ila aynan o’rnida gaplashishi va har zamon millionlab hofizlarning qalblarida zavq ila yozilishi va ko’p takror ila va kasratli takrorlari ila zeriktirmasligi va ko’p o’xshash yerlari va jumlalari ila barobar bolalarning nozik va sodda boshlarida mukammal joylashishi va kasallarning va oz so’zdan ta`sirlangan va o’lim to’shagida bo’lganlarning quloqlarida zam-zam suvi kabi xush kelishi kabi muqaddas imtiyozlarni qozonar va ikki jahonning saodatlarini o’z shogirdlariga qozontirar. Va tarjimonining ummiylik martabasiga to’liq uyg’un kelmoq siri ila hech bir sun`iy harakat va hech bir soxtakorlik va hech bir ko’rsatmachilikka maydon bermasdan fitriy salosatini va to’g’ridan-to’g’ri samodan kelishini va eng ko’p bo’lgan avom tabaqasining sodda fahmlarini tanazzuloti kalomiya ila erkalash hikmati ila eng ziyoda samo va arz kabi eng zohiriy va yaqqol sahifalarini ochib u oddiyot ostidagi g’aroyib qudrati mo’`jizalarini va ma`nodor hikmat satrlarini dars berish bilan lutfu irshodda go’zal bir i`joz ko’rsatar.
Takrorni taqozo etgan duo va da`vat, zikr va tavhid kitobi ham bo’lganini bildirmoq siri ila go’zal, shirin takrori ila birgina jumlada va birgina qissada boshqa-boshqa ko’p ma`nolarni boshqa-boshqa muxotob tabaqalariga tushuntirmoqda va juz`iy va oddiy bir hodisada eng juz`iy va ahamiyatsiz narsalar ham nazari marhamatida va tadbir va irodasi doirasida bo’lishini bildirmoq siri ila Islomiyat ta`sisida va Shariat tadvinida sahobalarning juz`iy hodisalarini ham nazari ahamiyatga olishida; ham kulliy dasturlarning bo’lishi, ham umumiy bo’lgan Islomiyatning va shariatning ta`sisida u juz`iy hodisalar chekirdaklar hukmida juda ahamiyatli mevalarni berganliklari jihatida ham bir navi i`jozini ko’rsatar.
Darhaqiqat, ehtiyojning takrorlanishi ila, takrorning zarurati e`tibori ila yigirma yil mobaynida juda ko’p takrorlangan savollarga javob o’laroq boshqa-boshqa ko’p tabaqalarga dars bergan va katta koinotni parcha-parcha etib qiyomatda shaklini almashtirib, dunyoni ko’tarib uning o’rniga azamatli oxiratni quradigan va zarradan yulduzlarga qadar butun juz`iyat va kulliyatning birgina zotning qo’lida va tasarrufida bo’lganini isbot qiladigan va koinotni va zaminni va samovotni va unsurlarni g’azablantirgan va hiddatga keltirgan navi basharning zulmlariga koinot yaratilishining natijasi hisobiga Allohning g’azabini va Uning hiddatini ko’rsatadigan hadsiz va nihoyatsiz va dahshatli va keng bir inqilobning ta`sisida minglab natija quvvatida ba`zi jumlalari va hadsiz dalillarning natijasi bo’lgan bir qism oyatlarni takror etmoq bir kamchilik emas, balki g’oyat quvvatli bir i`joz va g’oyat yuksak bir balog’at va holatning taqozosiga g’oyat uyg’un bir jazolatdir, bir fasohatdir.
Masalan: birgina oyat bo’lib bir yuz o’n to’rt marta takrorlangan «Bismillahir rohmanir rohiym» jumlasi Risola-i Nurning O’n To’rtinchi Yog’dusida bayon etilgani kabi; arshni farshga bog’lagan va koinotni ishiqlantirgan va har daqiqa harkas unga muhtoj bo’lgan shunday bir haqiqatdirki, million marta takrorlansa yana ehtiyoj bordir. Nafaqat non kabi har kun, balki havo va ziyo kabi har daqiqa unga ehtiyoj va ishtiyoq bordir. Ham masalan: Surayi طٰسۤمۤ da sakkiz marta takrorlangan shu اِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ oyati u surada hikoya etilgan payg’ambarlarning najotlarini va qavmlarining azoblarini koinot yaratilishining natijasi hisobiga va rububiyati ommaning nomiga u minglab haqiqat quvvatida bo’lgan oyatni takrorlab, Allohning izzati u zolim qavmlarning azobini va Ilohiy rahimiyat ham anbiyolarning najotlarini taqozo etganini dars bermoq uchun minglab marta takror bo’lsa yana ehtiyoj va ishtiyoq bor va ijozli va i`jozli bir yuksak balog’atdir.
Аудио мавжуд эмас