So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 307
(252-310)
Risola-i Nur oyatlarning oxirlarida aksariyat ila
إِنَّ اللهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
اِنَّ اللهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ
وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ
وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ
kabi tavhidiy va oxiratni ifoda etgan xulosalarda va xotimalarda naqadar yuksak bir balog’at va maziyatlar va jazolatlar va nuktalar bo’lganidan Yigirma Beshinchi So’zning Ikkinchi Shu`lasining Ikkinchi Nurida u xulosa va xotimalarning juda ko’p nuktalaridan va maziyatlaridan o’ntasini bayon etib, u xulosalarda bir mo’`jiza-i kubro bo’lganini qaysarlarga ham isbot etgan.
Darhaqiqat, Qur`on u shariat tafsilotlari va ijtimoiy qonunlarning bayoni ichida birdan muxotobning nazarini yuksak va kulliy nuqtalarga ko’tarib, sodda uslubni bir yuksak uslubga va shariat darsidan tavhid darsiga aylantirib Qur`onni ham bir shariat va ahkom va hikmat kitobi, ham bir aqida va iymon va zikr va fikr va duo va da`vat kitobi bo’lganini ko’rsatib har maqomda ko’p Qur`on irshodining maqsadlarini dars berishi ila Makkada nozil bo’lgan oyatlarning balog’atlari tarzidan farqli va porloq mo’`jizona bir jazolat izhor etadi. Ba`zan ikki kalimasida masalan رَبُّ الْعَالَمِينَ va رَبُّكَ da, رَبُّكَ ta`biri ila ahadiyatni va رَبُّ الْعَالَمِينَ ila vohidiyatni bildiradi. Ahadiyat ichida vohidiyatni ifoda etadi. Hatto bir jumlada; bir zarrani bir ko’z qorachig’ida ko’rgani va joylashtirgani kabi, Quyoshni ayni oyat ila, ayni tarzda ko’kning ko’z qorachig’ida joylashtiradi va samoga bir ko’z etadi. Masalan:
خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضَ oyatidan so’ng, يُولِجُ الَّيْلَ فِى النَّهَارِ وَيُولِجُ النَّهَارَ فِى الَّيْلِ
oyati davomidan وَهُوَ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ der. «Zamin va ko’klar yaratilishining hashamatida qalbning ham istagini bilar, idora etar.» der, tarzida bir bayonot jihati ila u sodda va ummiylik martabasini va avomning fahmini nazarga olgan u oddiy va juz`iy so’zlashish u tarz ila yuksak va jozibador va umumiy va irshodkor bir suhbatga aylanadi.

Ahamiyatli Bir Savol: «Ba`zan ahamiyatli bir haqiqat sathiy nazar ila ko’rinmaganidan va ba`zi maqomlarda juz`iy va oddiy bir hodisadan yuksak bir tavhid natijasini yoki kulliy bir dasturni bayon etmoqda munosabati bilinmaganidan, bir kamchilik deb vahima etilar. Masalan: «Xazrati Yunus Alayhissalom ukasini bir hiyla bilan olishi» ichida وَفَوْقَ كُلِّ ذِى عِلْمٍ عَلِيمٌ deya g’oyat yuksak bir dasturning zikri balog’at jihatidan munosabati ko’rinmaydi. Buning siri va hikmati nedir?»
Javob: Har biri bittadan kichik Qur`on bo’lgan aksar uzun sura va o’rtachalarida va ko’p sahifa va maqomlarda yolg’iz ikki-uch maqsad emas, balki Qur`on mohiyati, ham bir zikr va iymon va fikr kitobi, ham bir shariat va hikmat va irshod kitobi kabi ko’p kitoblarni va boshqa-boshqa darslarni ichiga olib Alloh rububiyatining hamma narsaga ihotasini va hashamatli tajalliylarini ifoda etmoq jihati ila koinot buyuk kitobining bir navi qiroati bo’lgan Qur`on, albatta har maqomda, hatto ba`zan bir sahifada ko’p maqsadlarni ta`qib etib ma`rifatullohdan va tavhidning martabalaridan va iymon haqiqatlaridan dars bergani e`tibori ila, boshqa maqomda, masalan zohiran zaif bir munosabat ila boshqa bir dars ochar va zaif munosabatga juda quvvatli munosabatlar qo’sharlar. U maqomga g’oyat uyg’un bo’lar, balog’at martabasi yuksalar.
Ikkinchi bir savol: «Qur`onda sarihan va zimnan va ishoratan oxirat va tavhid va basharning mukofot va jazolarini minglab marta isbot etib nazarga berishning va har surada, har sahifada, har maqomda dars berishning hikmati nedir?»
Аудио мавжуд эмас