So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 304
(252-310)
O’n Birinchi Shua Bo’lgan Meva Risolasining O’ninchi Masalasi:
Amirtog’ Chechagi

Qur`onda bo’lgan takrorlarga kelgan e`tirozlarga qarshi g’oyat quvvatli bir javobdir.

Aziz siddiq qardoshlarim!
Garchi bu masala parishon vaziyatimdan chalkash va latofatsiz bo’lgan. Faqat u chalkash ibora ostida juda qiymatli bir navi i`jozni qat`iy bildim. Afsuslar bo’lsinki ifodaga qodir bo’lolmadim. Har qancha iborasi so’niq bo’lsa ham, Qur`onga oid bo’lishi jihati ila ham tafakkur ibodati, ham muqaddas, yuksak, porloq bir javharning sadafidir. Yirtiq libosiga emas, qo’lidagi olmosga boqilsin. Agar munosib bo’lsa, «O’ninchi Masala» qilinglar, bo’lmasa sizning tabrik maktublaringizga muqobil bir maktub qabul etinglar. Ham bu g’oyat xasta va parishon va ozuqasiz, bir-ikki kun Ramazonda, majburiyat ila g’oyat lo’nda va qisqa va bir jumlada juda ko’p haqiqatlarni va turli-tuman hujjatlarni ichiga to’plab yozdim. Aybga buyurmaysiz.(Izoh)
Aziz siddiq qardoshlarim!
Ramazoni Sharifda Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonni o’qirkan Risola-i Nurga ishoralari Birinchi Shuada bayon qilingan o’ttiz uch oyatdan qaysisi kelsa ko’rdimki, u oyatning sahifasi va yaprog’i va qissasi ham Risola-i Nurga va shogirdlariga qissadan hissa olmoq nuqtasida bir daraja boqmoqda. Xususan Nur Surasidan nur oyati o’n barmoq ila Risola-i Nurga boqqani kabi, orqasidagi zulmat oyati ham qarshi chiqqanlariga aynan qaramoqda va ziyoda hissa bermoqda. Xuddi u maqom juz`iyatdan chiqib kulliyat kasb etar va bu asrda u kulliyatning aynan bir fardi Risola-i Nur va shogirdlaridir deya his etdim. Darhaqiqat, Qur`onning xitobi, avvalo Mutakallimi Azaliyning rububiyati ommasining keng maqomidan, ham navi bashar, balki koinot nomiga tinglovchi bo’lgan zotning keng maqomidan, ham umum navi bashar va bani odamning butun asrlarda irshodlarining g’oyat keng maqomidan, ham dunyo va oxiratning, arz va samovotning va azal va abadning va Koinot Yaratuvchisining rububiyatiga va butun maxluqotning tadbiriga doir Ilohiy qonunlarning g’oyat yuksak ihotali bayonlarining maqomidan olgan kenglik va yuksaklik va ihota jihati ila u xitob shunday bir yuksak i`jozni va shumulni ko’rsatarki, Qur`on darsining tinglovchilaridan eng kasratli toifa bo’lgan avom tabaqasining sodda fahmlarini erkalagan zohiriy va sodda martabasi eng yuksak tabaqani ham to’liq hissador etar. Go’yo qissadan yolg’iz bir hissa va bir tarixiy hikoyadan bir ibrat emas, balki bir kulliy dasturning fardlari bo’lib har asrga va har tabaqaga xitob etib yangi nozil bo’layotganday va xususan ko’p takror ila اَلظَّالِمِينَ.. اَلظَّالِمِينَ.. deb tahdidlari va zulmlarining jazosi bo’lgan samoviy va arziy musibatlarni shiddat ila bayoni bu asrning mislsiz zulmlariga Od va Samud qavmlari va Fir`avnning boshlariga kelgan azoblar ila boqtirmoqda va mazlum iymon ahliga Ibrohim va Muso Alayhissalom kabi payg’ambarlarning natijalari ila tasalli bermoqda.
-----------------------------------------------
(Izoh) Dengizli qamoqxonasining mevasiga O’ninchi Masala bo’lib Amirtog’ning va bu Ramazoni Sharifning nurli bir kichik chechagidir. Qur`ondagi takrorlarning bir hikmatini bayon ila zalolat ahlining sassiq va zaharli vahimalarini yo’qotar.
Аудио мавжуд эмас