So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 302
(252-310)
Ham inson navining beshdan biri, balki eng katta qismi ko’z o’ngida unga munjazibona va dindorona bog’lanishi va haqparastona va mushtoqona quloq solishi va ko’p alomatlarning va voqealarning va kashfiyotlarning shahodati ila, jin va malak va ruhoniylarning ham tilovati vaqtida parvona kabi haqparastona atrofida to’planishi Qur`onning koinotcha maqbuliyatiga va eng yuksak bir maqomda bo’lganiga bir imzodir.
Ham navi basharning umum tabaqalari, eng ahmoq va omidan tut to eng aqlli va olimga qadar har birisi Qur`onning darsidan to’liq hissa olishlari va eng chuqur haqiqatlarni tushunishlari va yuzlab fan va Islom ilmlarining va xususan shariati kubroning buyuk mujtahidlari va usuli din va Kalom ilmining ham muhaqqiqlari kabi har toifa o’z ilmlariga oid butun hojatlarini va javoblarini Qur`ondan chiqarishlari Qur`on manbai haq va ma`dani haqiqat bo’lganiga bir imzodir.
Ham adabiyot jihatidan eng oldinda bo’lgan Arab adiblari, -Islomiyatga kirmaganlar- hozirga qadar muorazaga juda ko’p muhtoj bo’lganlari holda Qur`onning i`jozidan yetti buyuk jihati bor ekan, yolg’iz bitta jihati bo’lgan balog’atining, (bitta suraning) mislini keltirishdan chekinishlari va hozirga qadar kelgan va muoraza ila shuhrat qozonmoq istagan mashhur balig’larning va dohiy olimlarning uning hech bir i`joz jihatiga qarshi chiqolmaslari va i`joziga sukut etishlari Qur`on mo’`jiza va bashar toqatidan ustun bo’lganiga bir imzodir.
Ha, bir kalom "Kimdan kelgan va kimga kelgan va nima uchun?" deyilishi bilan qiymati va yuksakligi va balog’ati ko’rinishi nuqtasidan Qur`onning misli bo’lolmas va unga yetishib bo’lmas. Chunki Qur`on butun olamlarning Rabbi va Xoliqining xitobi va gapirishi va hech bir jihatda taqlidni va soxtakorlikni his ettiradigan bir alomat bo’lmagan bir muqolamasi va butun insonlarning, balki butun maxluqotning nomiga elchi va navi basharning eng mashhur va nomdor muxotobi bo’lgan va u muxotobning quvvat va iymonining kengligi katta Islomiyatni sizib chiqib sohibini Qobi Qavsayn maqomiga chiqarib muxotobi Samadoniyaga mazhariyat ila nozil bo’lgan va ikki dunyo saodatiga doir va koinot yaratilishining natijalariga va undagi Rabboniy maqsadlarga oid masalalarni va u muxotobning butun Islom haqiqatlarini toshigan eng yuksak va eng keng bo’lgan iymonini bayon va izoh etgan va katta koinotning bir xarita, bir soat, bir xona kabi har tarafini ko’rsatib aylantirib ularni qilgan san`atkorni holati ila ifoda va ta`lim bergan Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonning albatta mislini keltirmoq mumkin emasdir va i`jozi darajasiga yetishilmas.
Ham, Qur`onni tafsir etgan va bir qismi o’ttiz-qirq, hatto yetmish jild bo’lib bittadan tafsir yozgan yuksak zakovatli mudaqqiq minglab mutafannin olimlarning hujjatlari va dalillari ila bayon etganlari Qur`ondagi hadsiz maziyatlarni va nuktalarni va xususiyatlarni va sirlarni va oliy ma`nolarni va g’aybiy ishlarning har navidan kasratli g’aybiy xabarlarni izhor va isbot etishlari va xususan Risola-i Nurning bir yuz o’ttiz kitobining har biri Qur`onning bir maziyatini, bir nuktasini qat`iy burhonlar ila isbot etishi va xususan Qur`on Mo’`jizalari Risolasi; poyezd va tayyora kabi madaniyatning g’aroyiblaridan ko’p narsalarni Qur`ondan chiqargan Yigirmanchi So’zning Ikkinsi Maqomi va Risola-i Nurga va elektrga ishora etgan oyatlarning ishorasini bildirgan Qur`on Ishoralari nomidagi Birinchi Shua va Qur`on harflari naqadar muntazam, sirli va ma`noli bo’lganini ko’rsatgan Rumuzoti Samoniya nomidagi sakkiz kichik risolalar va Fath Surasining oxirgi oyatlari besh vajh ila g’aybiy xabar jihatida mo’`jizaligini isbot etgan kichik bir risola kabi Risola-i Nurning har bir juzi Qur`onning bir haqiqatini, bir nurini izhor etishi; Qur`onning misli bo’lmaganiga va mo’`jiza va g’aroyib bo’lganiga va bu shahodat olamida g’ayb olamining lisoni va bir Allam-ul G’uyubning kalomi bo’lganiga bir imzodir.
Аудио мавжуд эмас