So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 301
(252-310)
Ham Qur`onning do’stlari Qur`onga o’xshamoq va taqlid etmoq shavqi ila va dushmanlari ham Qur`onga muqobala va tanqid etmoq maqsadi ila u vaqtdan beri yozganlari va yozilgan va fikrlarning qo’shilishi ila taraqqiy etgan millionlab Arabiy kitoblar o’rtada yurmoqda. Hech birisining unga yetisholmaganini, hatto eng oddiy odam ham tinglasa, albatta deyajak: "Bu Qur`on bularga o’xshamas va ularning martabasida emas". Yo ularning ostida yoki umumining ustida bo’ladi. Umumining ostida bo’lganini dunyoda hech bir kishi, hech bir kofir, hatto hech bir ahmoq deyolmas. Demak balog’at martabasi umumidan ustundir. Hatto bir odam سَبَّحَ ِللهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضِ oyatini o’qidi. Dedi: "Bu oyatning g’aroyib deb qabul etilgan balog’atini ko’rolmayotirman". Unga deyildi: "Sen ham bu sayyoh kabi u zamonga ket, u yerda tingla". U ham o’zini Qur`ondan avval u yerda tasavvur etarkan ko’rdiki: Olamdagi borliqlar parishon, qorong’u jonsiz va idroksiz va vazifasiz bo’lib xoli, hadsiz, hududsiz bir fazoda; qarorsiz, foniy bir dunyoda o’tirmoqdalar. Birdan Qur`onning lisonidan bu oyatni tinglarkan ko’rdi: Bu oyat koinot ustida, dunyoning yuzida shunday bir parda ochdi va ishiqlantirdiki, bu azaliy nutq va bu sarmadiy farmon asrlar qatorlarida tizilgan idroklilarga dars berib ko’rsatmoqdaki, bu koinot katta bir masjid hukmida, boshda samovot va yer bo’lib umum maxluqotni hayotdorona zikr va tasbehda va vazifa boshida jo’shib toshish ila mas`udona va mamnunona bir vaziyatda saqlamoqda, deya mushohada etdi va bu oyat balog’atining darajasini zavq etib boshqa oyatlarni bunga qiyos ila Qur`onning balog’at ohangi yerning yarmini va navi basharning beshdan birini istilo etib hashamati saltanatni mukammal ehtirom ila o’n to’rt asr to’xtamasdan davom etganining minglab hikmatlaridan bir hikmatini angladi.
To’rtinchi Nuqta: Qur`on shunday haqiqatli bir halovat ko’rsatganki, eng shirin bir narsadan ham zeriktirgan ko’p takror Qur`onni tilovat etganlar uchun zeriktirmoq emas, balki qalbi chirimagan va zavqi buzilmagan odamlarga tilovatining takrori halovatini ziyodalashtirgani eski zamondan beri harkascha shubhasiz qabul qilingan bo’lib, zarbul masal hukmiga o’tgan. Ham shunday bir yangilik va yoshlik va navqironlik va g’ariblik ko’rsatganki, o’n to’rt asr yashagani va harkasning qo’liga osoncha kirgani holda, hozir nozil bo’lgan kabi yangiligini muhofaza etmoqda. Har asr o’ziga xitob etayotganday bir yoshlikda ko’rgan. Har ilm toifasi undan har vaqt foydalanmoq uchun kasrat ila va to’kinlik ila yonlarida saqlaganlari va ifoda uslubiga tobe va iqtido etganlari holda, u uslubidagi va bayon tarzidagi g’aribligini aynan muhofaza etmoqda.
Beshinchisi: Qur`onning bir qanoti moziyda, bir qanoti istiqbolda, ildizi va bir qanoti eski Payg’ambarlarning ittifoqli haqiqatlari bo’lgani va bu ularni tasdiq va dastaklagani va ular ham mos tushishning lisoni holi ila buni tasdiq etganlari kabi, shuningdek: Avliyo va asfiyo kabi undan hayot olgan mevalari va hayotdor takammullari ila muborak shajaralarining hayotdor, fayzdor va haqiqat-mador bo’lganiga dalolat etgan va ikkinchi qanotining himoyasi ostida yetishgan va yashagan valiylikning butun haq tariqatlari va Islomiyatning butun haqiqatli ilmlari Qur`onning ayni haq va haqiqatlarning markazi va jome`iyatda mislsiz bir g’aroyib bo’lganiga shahodat etar.
Oltinchisi: Qur`onning olti jihati nuroniydir, sidq va haqqoniyatini ko’rsatar. Ha, ostida hujjat va burhon tirgaklari, ustida i`joz muhri yog’dulari, oldida va hadafida ikki dunyo saodati hadiyalari, orqasida tayanch nuqtasi samoviy vahiy haqiqatlari, o’ngida hadsiz mustaqim aqllarning dalillar ila tasdiqlari, so’lida salim qalblarning va toza vijdonlarning jiddiy qanoatlari va samimiy injizoblari va taslimlari Qur`onning favqulodda, g’aroyib, metin va hujum etilmas yer yuzining samoviy qal`asi bo’lganini isbot etganlari kabi, olti maqomdan ham uning ayni haq va sodiq bo’lganiga va basharning kalomi bo’lmaganiga, ham xato bo’lmaganiga imzo etgan, boshda bu koinotda doimo go’zallikni izhor, yaxshilikni va to’g’rilikni himoya va soxtakorlarni va tuhmatchilarni imho va yo’q etmoq odatini bir faoliyat dasturi qabul etgan bu koinotning mutasarrifi u Qur`onga olamda eng maqbul, eng yuksak, eng hokimona bir hurmat maqomi va bir muvaffaqiyat martabasini berishi bilan uni tasdiq va imzo etgani kabi, Islomiyatning manbai va Qur`onning tarjimoni bo’lgan zotning (Alayhissalotu Vassalam) harkasdan ziyoda unga e`tiqod va ehtiromi va nozil bo’lish zamonida uyqu kabi bir uyquolud vaziyatda bo’lishi va boshqa kalomlarning unga yetisholmasligi va bir daraja o’xshamasligi va ummiyligi ila barobar ketgan va keladigan haqiqiy olam hodisalarini g’aybiyona Qur`on ila ikkilanmasdan va ishonch ila bayon etishi va ko’p diqqatli ko’zlarning nazari ostida hech bir hiyla, hech bir xato vaziyati ko’rilmagan u tarjimonning butun quvvati ila Qur`onning har bir hukmiga iymon etib tasdiq etishi va hech bir narsa uni yo’ldan chiqarmasligi; Qur`on samoviy, haqqoniyatli va o’z Xoliqi Rahiymining muborak kalomi bo’lganini imzo etar.
Аудио мавжуд эмас