So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 306
(252-310)
Ham masalan: Rahmon Surasida takror etilgan فَبِاَىِّ اٰلاَۤءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ oyati ila
Mursalot Surasida وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّبِينَ oyati jin va navi basharga koinotni g’azablantirgan va zamin va samovotni hiddatga keltirgan va olam yaratilishining natijalarini buzgan va Alloh saltanatining hashamatiga qarshi inkor va mensimaslik ila qarshilagan kufr va kufronlarini va zulmlarini va butun maxluqotning huquqlariga tajovuzlarini asrlarga va zaminga va samovotga tahdidkorona hayqirgan bu ikki oyat bunday minglab haqiqatlarga aloqador va minglab masala quvvatida bo’lgan umumiy bir darsda minglab marotaba takrorlansa yana lozimdir va jalolli bir ijoz va jamolli bir i`jozning balog’atidir.
Ham masalan: Qur`onning haqiqiy va to’liq bir navi munojoti va Qur`ondan chiqqan bir navi xulosasi bo’lgan Javshan-ul Kabir nomli Payg’ambar (S.A.V.) munojotida yuz marta
سُبْحَانَكَ يَا لاَ إِلٰهَ إِلاَّ اَنْتَ اْلاَمَانُ اْلاَمَانُ خَلِّصْنَا، وَاَجِرْنَا، وَنَجِّنَا مِنَ النَّارِ
jumlasining takrorida tavhid kabi koinot bo’yicha eng katta haqiqat va maxluqotning rububiyatga qarshi tasbeh va hamd va taqdis kabi uch muazzam vazifasidan eng ahamiyatli bir vazifasi va abadiy azobdan qutulmoq kabi inson navining eng dahshatli masalasi va ubudiyat va bashar ojizligining eng kerakli natijasi bo’lishi jihati ila minglab marotaba takror etilsa yana ozdir.
Xullas, Qur`on takrorlari bu kabi asoslarga qaraydi. Hatto ba`zan bir sahifada maqom taqozosi va tushuntirish ehtiyoji va bayon balog’ati jihati ila yigirma marta ochiq va yashirin tarzda tavhid haqiqatlarini ifoda etadi. Zeriktirish emas, balki quvvat va shavq beradi. Risola-i Nurda Qur`on takrorlari naqadar o’rnida va munosib va balog’at jihatidan maqbul bo’lgani hujjatlar ila bayon etilgan.
Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonning Makka suralari ila Madina suralari balog’at nuqtasida va i`joz jihatida va sharh va xulosa jihatida bir-biridan boshqacha bo’lganining siri va hikmati shudirki: Makkada birinchi safda muxotob va qarshi chiqqanlar quraysh mushriklari va ummiylari bo’lganidan balog’at jihatidan quvvatli oliy bir uslub va i`jozli, ishontiruvchi, qanoat beruvchi bir ijmol va tasbit uchun takror lozim kelganidan aksariyat ila Makka suralari iymon shartlarini va tavhidning martabalarini g’oyat quvvatli va yuksak va i`jozli bir ijoz ila takror etib ifodalab boshi va oxiri Allohni va oxiratni nafaqat bir sahifada, bir oyatda, bir jumlada, bir kalimada; balki ba`zan bir harfda taqdim va ta`hir va ta`rif va tankir va hazf va zikr kabi shakllarda shunday quvvatli isbot etadiki, balog’at ilmining imomlari ham hayrat ila qarshilaganlar. Risola-i Nur va xususan Qur`onning qirq i`joz jihatini ijmolan isbotlagan Yigirma Beshinchi So’z ilovalari ila barobar va Qur`onning nazmidagi i`joz jihatini g’aroyib bir tarzda isbotlagan Arabiy Risola-i Nurdan «Ishorat-ul I`joz» tafsirining o’zlari ko’rsatdilarki, Makkada nozil bo’lgan sura va oyatlarda eng oliy bir balog’at uslubi va eng yuksak bir ijoz i`jozi bordir. Ammo Madina sura va oyatlarida birinchi safta muxotob va qarshi chiqqanlari bo’lsa Allohni tasdiq etgan Yahudiy va Nasroniy kabi ahli kitob bo’lganidan balog’at va irshod taqozosi va maqomning ehtiyoji va holning zaruratidan sodda va aniq va izohli bir uslub ila ahli kitobga qarshi dinning yuksak usulini va iymonning ruknlarini emas, balki ixtilof sababi bo’lgan shariatda va ahkomda va tafsilotlarning va kulliy qonunlarning manbalari va sabablari bo’lgan juz`iyotning bayoni lozim kelganidan, u Madinalik sura va oyatlarda aksariyat ila tafsil va izoh va sodda uslub ila bayonlar ichida Qur`onga maxsus mislsiz bir bayon tarzi ila birdan u juz`iy tafsilot hodisasi ichida yuksak, quvvatli bir xulosa, bir xotima, bir hujjat va u juz`iy diniy hodisani kulliylashtirgan va imtisolini iymoni billoh ila ta`minlagan bir tavhidiy va iymoniy va uxroviy jumlani zikr etadi. U maqomni nurlantiradi, yuksaklashtiradi.
Аудио мавжуд эмас