So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 309
(252-310)
Ham masalan: Asoyi Muso kabi ko’p hikmatlari va foydalari bo’lgan Muso (A.S.) qissasining va boshqa Anbiyolarning (A.S.) qissalarining ko’p takrorlarida risolati Ahmadiyaning (S.A.V.) haqqoniyatiga butun anbiyolarning nubuvvatlarini bir hujjat ko’rsatib ularning umumini inkor etolmagan bu zotning risolatini haqiqat nuqtasida inkor etolmasligi hikmati ila va harkas har vaqt butun Qur`onni o’qishga qodir va muvaffaq bo’lolmaganidan har bir uzun va o’rtacha uzunlikdagi surani bittadan kichik Qur`on hukmiga keltirmoq uchun ahamiyatli iymon shartlari kabi u qissalarni takror etishi isrof emas, balki balog’at taqozosidir va hodisa-i Muhammadiya (S.A.V.) butun bani Odamning eng buyuk hodisasi va koinotning eng azamatli masalasi bo’lganini dars bermoqdir. Ha, Qur`onda Zoti Ahmadiyaga eng buyuk maqom bermoq va to’rt iymon shartlarini ichiga olmoq ila «La ilaha illalloh» rukniga teng tutilgan «Muhammadar rasululloh» risolati Muhammadiyani (S.A.V.) koinotning eng katta haqiqati va Zoti Ahmadiya (S.A.V.) butun maxluqotning eng ashrafi va haqiqati Murammadiya (S.A.V.) ta`bir etilgan kulliy ma`naviy shaxsiyati va muqaddas maqomi ikki jahonning eng porloq bir quyoshi bo’lganiga va bu g’aroyib maqomga layoqatiga doir ko’plab hujjatlari va belgilari qat`iy bir suratda Risola-i Nurda isbot etilgan. Mingtadan bittasi shudirki: اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ dasturi ila butun ummatining butun zamonlarda ishlagan hasanotning bir misli uning hasanot daftariga kirishi va butun koinotning haqiqatlarini keltirgan nur ila nurlantirishi, nafaqat jin va ins va malaklar va jonzotlarni, balki koinotni va samovotni va zaminni minnatdor aylashi va iste`dod lisoni ila nabototning duolari va fitriy ehtiyoj lisoni ila hayvonotning duolari ko’zimiz o’ngida fe`lan qabul bo’lishining shahodati ila millionlab, balki milliardlab fitriy va rad etilmas duolari maqbul bo’lgan solih ummati har kun u zotga (S.A.V.) salotu salom ila rahmat duolari va ma`naviy yutuqlarini eng avvalo u zotga (S.A.V.) bag’ishlashlari va butun ummatcha o’qiladigan Qur`onning uch yuz ming harfining har birisida o’n savobdan to yuz, to ming hasana va meva berishidan yolg’iz Qur`on qiroati jihati ila amallar daftariga hadsiz nurlar kirishi e`tibori ila u zotning (S.A.V.) ma`naviy shaxsiyati bo’lgan haqiqati Muhammadiya (S.A.V.) istiqbolda bir Jannatdagi Tubo daraxti hukmida bo’lishini Allam-ul G’uyub bilgan va ko’rgan va u maqomga ko’ra Qur`onida u azim ahamiyatni bergan va farmonida unga tobelikni va sunnati saniyasiga ergashish ila shafoatiga mazhariyatni eng ahamiyatli bir insoniyat masalasi etib ko’rsatgan va u hashamatli Tubo daraxtining bir chekirdagi bo’lgan bashariyat shaxsiyatini va boshlanishidaki insoniyat vaziyatini ora-sira nazarga olishidir.
Xullas, Qur`onning takror etilgan hahiqatlari bu qiymatda bo’lganidan, takrorotida quvvatli va keng ma`naviy bir mo’`jiza mavjudligiga salim fitrat shahodat etar. Magar ham moddiyunlik vabosi ila qalbga va vijdon xastaligiga mubtalo bo’lmasa…
قَدْ يُنْكِرُ الْمَرْءُ ضَوْءَ الشَّمْسِ مِنْ رَمَدٍ وَيُنْكِرُ الْفَمُ طَعْمَ الْمَاۤءِ مِنْ سَقَمٍ
qoidasiga dohil bo’lar.
Аудио мавжуд эмас