So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 308
(252-310)
Javob: Imkon doirasida va koinotning sarguzashtiga oid inqiloblarda va omonati kubroni va arz xalifaligini bo’yniga olgan navi basharning jazo va abadiy saodatiga mador bo’lgan vazifasiga doir eng ahamiyatli, eng buyuk, eng dahshatli masalalaridan eng azamatlilarini dars bermoq va hadsiz shubhalarni yo’q etmoq va g’oyat shiddatli inkorlarni va qaysarliklarni sindirmoq jihatida albatta u dahshatli inqiloblarni tasdiq ettirmoq va u inqiloblarning azamatida buyuk va basharga eng lozim va eng zaruriy masalalarni taslim ettirmoq uchun Qur`on, minglab marta emas, balki millionlab marta boqtirsa yana isrof emaski, millionlab karra takror ila u bahslar Qur`onda o’qilar, zerikish bermas, ehtiyoj tugamas. Masalan:
اِنَّ الَّذِينَ اٰمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَهُمْ جَنَّاتٌ تَجْرِى مِنْ تَحْتِهَا اْلاَنْهَارُ ذٰلِكَ الْفَوْزُ الْكَبِيرُ
oyatining ko’rsatgan abadiy saodat xushxabari haqiqati «Bechora basharga har daqiqa o’zini ko’rsatgan o’lim haqiqatining; ham insonni, ham dunyosini, ham butun ahbobini abadiy i`domdan qutqarib abadiy bir saltanatni qozontiradi» deganidan milliardlab marta takror etilsa va koinot qadar ahamiyat berilsa yana isrof bo’lmas, qiymatdan tushmas. Xullas, bu xil hadsiz qiymatli masalalarni dars bergan va koinotni bir xona kabi o’zgartirgan va shaklini buzgan dahshatli inqiloblarni ta`sis etishda qanoat berishga va ishontirishga va isbotga harakat qilgan Qur`oni Mu`jiz-ul Bayon, albatta sarihan va zimnan va ishoratan minglab marta u masalalarga diqqat nazarini jalb etishi isrof emas, balki non, dori, havo va ziyo kabi bittadan zaruriy ehtiyojlar hukmida ehsonini yangilantirar. Ham masalan:
وَالَّذِينَ كَفَرُوا لَهُمْ نَارُ جَهَنَّمَ va
اِنَّ الظَّالِمِينَ لَهُمْ عَذَابٌ اَلِيمٌ kabi tahdid oyatlarini Qur`on g’oyat shiddat ila va hiddat ila va g’oyat quvvat va takror ila zikr etishining hikmati esa; Risola-i Nurda qat`iy isbot etilgani kabi –basharning kufri koinotning va aksar maxluqlarning huquqlariga shunday bir tajovuzdirki, samovotni va zaminni g’azablantiradi va unsurlarni hiddatga keltirib to’fonlar ila u zolimlarni jazolaydi. Va
اِذَاۤ اُلْقُوا فِيهَا سَمِعُوا لَهَا شَهِيقًا وَهِىَ تَفُورُ - تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ
oyatining sarohati ila u zolim munkirlarga Jahannam shunday g’azablanadiki, hiddatidan parchalanmoq darajasiga keladi. Xullas, shunday umumiy bir jinoyatga va hadsiz bir tajovuzga qarshi basharning kichiklik va ahamiyatsizligi nuqtasida emas, balki zolimona jinoyatining azamatiga va kofirona tajovuzining dahshatiga qarshi Koinot Sultoni o’z raiyatining huquqining ahamiyatini va u munkirlarning kufr va zulmidagi nihoyatsiz xunukligini ko’rsatmoq hikmati ila farmonida g’oyat hiddat va shiddat ila u jinoyatni va jazosini ming marta emas, balki millionlab va milliardlab takror etsa, yana isrof va nuqson emaski, ming yildan beri yuzlab million insonlar har kun zerikmasdan mukammal ishtiyoq ila va ehtiyoj ila o’qiydilar.
Darhaqiqat har kun, har zamon, harkas uchun bir olam ketar, yangi bir olamning eshigi o’ziga ochilishidan, o’tkinchi har bir olamini nurlantirmoq uchun ehtiyoj va ishtiyoq ila «La ilaha illalloh» jumlasini ming marta takror ila u almashgan pardalarning har birisiga bir «La ilaha illalloh»ni bir chiroq qilgani kabi, shuningdek: U ko’pgina, o’tkinchi pardalarni va u yangilangan sayyor koinotlarni qorong’ulantirmaslik va hayot oynasida aks etgan suratlarini xunuklashtirmaslik va foydasiga shohid bo’lishi mumkin bo’lgan u musofir vaziyatlarni o’ziga qarshi aylantirmaslik uchun u jinoyatlarning jazolarini va Podshohi Azaliyning shiddatli va qaysarliklarni sindirgan tahdidlarini Qur`onni o’qimoq ila taqdir etmoq va nafsining tug’yonidan qutulmoqqa harakat qilmoq hikmati ila Qur`on g’oyat ma`nodor takror etadi va bu daraja quvvat va shiddat va takror ila Qur`on tahdidlarini haqiqatsiz deb o’ylamoqdan shayton ham qochadi. Ularni tinglamagan munkirlarga Jahannam azobi ayni adolatdir deya ko’rsatadi.
Аудио мавжуд эмас