So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 310
(252-310)
Bu O’ninchi Masalaga bir xotima sifatida ikki izoh

Birinchisi: Bundan(*-bu risolaning ta`lifidan) o’n ikki yil oldin eshitdimki, eng dahshatli va qaysar bir zindiq Qur`onga qarshi sui qasdini tarjimasi ila qilishni boshlagan va deganki: «Qur`on tarjima etilsin, toki qanday mol bo’lgani bilinsin». Ya`ni, keraksiz takrorlarni har kim ko’rsin va tarjimasi uning o’rniga o’qilsin deya dahshatli bir reja tuzgan. Faqat Risola-i Nurning chiritilmas hujjatlari qat`iy isbot etganki: Qur`onning haqiqiy tarjimasi qabul emas va o’z tili bo’lgan Arabiy til o’rnida Qur`onning maziyatlarini va nuktalarini boshqa til muhofaza etolmas va har bir harfi o’n adatdan mingga qadar savob bergan Qur`on kalimalarining mo’`jizona va jome`yatli ta`birlarining o’rnini basharning oddiy va juz`iy tarjimalari tutolmas, uning o’rniga masjidlarda o’qilmas deya Risola-i Nur har tarafda yoyilishi ila u dahshatli rejani yo’qqa chiqardi. Faqat u zindiqdan dars olgan munofiqlar yana shayton hisobiga Qur`on Quyoshini puflamoq ila so’ndirishga ahmoq bolalar kabi ahmoqona va devonachasiga harakatlari sababi ila menga g’oyat og’ir va siquvchi va siqintili bir holatda bu O’ninchi Masala yozdirildi deya taxmin qilaman. Boshqalar ila ko’risholmaganim uchun haqiqiy holatni bilmayman.
Xotimadan Ikkinchi Izoh: Dengizli qamoqxonasidan ozodlikka chiqishimizdan so’ng mashhur Shahar Mehmonxonasining yuksak qavatida o’tirgan edim. Qarshimda go’zal bog’larda kasratli qovoq daraxtlari bittadan zikr halqasi tarzida g’oyat latif, shirin bir suratda ham o’zlari, ham shoxlari, ham yaproqlari havoning tegilishi ila jazbadorona va jozibakorona harakat ila raqslari qardoshlarimning yo’qliqlaridan va yolg’iz qolganimdan huzunli va g’amli qalbimni rohatsiz etdi. Birdan kuz va qish mavsumi xotirga keldi va meni bir g’aflat bosdi. Men u mukammal sevinch ila jilvalangan u nozanin qovoqlarga va jonzotlarga shu qadar achindimki, ko’zlarim yosh ila to’ldi. Koinotning bezalgan pardasi ostidagi yo’qliklarni, firoqlarni xotirlash va his etish ila koinot to’la firoqlarning, zavollarning huzunlari boshimda to’plandi. Birdan haqiqati Muhammadiyaning (S.A.V.) keltirgan nuri yordamga yetishdi. U hadsiz huzunlarni va g’amlarni sururlarga aylantirdi. Hatto u nurning harkas va har iymon ahli kabi mening haqqimda million fayzidan yolg’iz u vaqtda, u vaziyatga ta`sir etgan yordam va tasallisi uchun Zoti Muhammadiyaga (S.A.V.) qarshi abadiyan minnatdor bo’ldim. Shundayki:
Ul g’aflat nazari ul muborak nozaninlarni vazifasiz, natijasiz, bir mavsumda ko’rinib, harakatlari sevinch emas, balki go’yo yo’qlikdan va firoqdan titrab hechlikka tushganliklarini ko’rsatmoq ila harkas kabi mendagi baqo ishqi va go’zallikka muhabbat va jinsiy va hayotiy shafqatga mador bo’lgan asablarimga shu daraja tegdiki, bunday dunyoni bir ma`naviy jahannamga va aqlni bir azob quroliga aylantirgan paytda, Muhammad Alayhissalotu Vassalamning basharga hadya keltirgan nuri pardani ochdi; i`dom, yo’qlik, hechlik, vazifasizlik, bo’shlik, firoq o’rinlariga u qovoqlarning har birining yaproqlari adadicha hikmatlari va ma`nolari va Risola-i Nurda isbot etilgani kabi, uch qismga ayrilgan natijalari va vazifalari bor deya ko’rsatdi.
Birinchi qism: Sone`i Zuljalolning ismlariga boqar. Masalan: qandayki bir usta g’aroyib bir uskuna yaratsa, har kishi u zotga «Mashaalloh, Barakalloh» deb olqishlar. Xuddi shuning kabi: U uskuna ham undan kutilgan natijalarni aynan ko’rsatishi ila lisoni holi ila ustasini tabriklar, olqishlar. Har jonzot va hamma narsa bunday bir uskunadir, ustasini tabriklar ila olqishlar.
Ikkinchi qism hikmatlari esa: Jonzotlarning va idroklilarning nazarlariga boqar. Ularga shirin bir mutolaagoh, bittadan ma`rifat kitobi bo’lar. Ma`nolarini idroklilarning zehnlarida va suratlarini quvva-i hofizalarida va misoliy lavhalarda va g’ayb olamining daftarlarida vujud doirasida qoldirib, so’ng shahodat olamini tark etar, g’ayb olamiga chekinar. Demak yuzaki bir vujudni tashlar, ma`naviy va g’aybiy va ilmiy ko’p vujudlarni qozonar. Ha, modomiki Alloh bor va ilmi ihota etar. Albatta yo’qlik, i`dom, hechlik, mavh, fano; haqiqat nuqtasida iymon ahlining dunyosida yo’qdir va kofirlarning dunyolari yo’qlik ila, firoq ila, hechlik ila, foniylik ila to’ladir. Xullas, bu haqiqatni ko’pchilikning tilida kezgan bu kelgan zarbulmasal dars berib, der: «Kim uchun Alloh bor, unga hamma narsa bor va Kim uchun bo’lmasa, hamma narsa unga yo’qdir, hechdir».
Al-hosil: Qandayki iymon o’lim vaqti insonni abadiy i`domdan qutqarar, xuddi shuning kabi harkasning xususiy dunyosini ham i`domdan va hechlik qorong’uliklaridan qutqarar. Va kufr esa, xususan mutlaq kufr bo’lsa, ham u insonni, ham xususiy dunyosini o’lim ila i`dom etib ma`naviy jahannam zulmatlariga otar. Hayotining lazzatlarini achchiq zaharlarga aylantirar. Dunyo hayotini oxiratiga almashtirganlarning quloqlari jaranglasin. Kelsinlar, bunga yo bir chora topsinlar yoki iymonga kelsinlar. Bu dahshatli zararlardan qutulsinlar!

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

Duongizga juda muhtoj va
sizga juda mushtoq qardoshingiz
Said Nursiy
Аудио мавжуд эмас