So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 292
(252-310)
Masalan:
يَاۤ اَرْضُ ابْلَعِى مَاۤءَكِ وَيَاسَمَاۤءُ اَقْلِعِى ya`ni "Yo arz! Vazifang tugadi, suvingni yut. Yo samo! Hojat qolmadi, yomg’irni to’xtat". Masalan:
فَقَالَ لَهَا وَلِْلاَرْضِ ائْتِيَا طَوْعًا اَوْ كَرْهًا قَالَتَاۤ اَتَيْنَا طَاۤئِعِينَ
ya`ni "Yo arz! Yo samo! Istar-istamas keling, hikmat va qudratimga rom bo’ling. Yo’qlikdan chiqib, vujudda san`atim tomoshagohiga keling." dedi. Ular ham: "Biz kamoli itoat ila kelmoqdamiz. Bizga ko’rsatganing har vazifani sening quvvating ila bajaramiz". Xullas, quvvat va irodani ichiga olgan haqiqiy va nufuzli shu amrlarning quvvat va yuksakligiga boq. So’ngra insonlarning
اُسْكُنِى يَاۤ اَرْضُ وَانْشَقِّى يَاسَمَاۤءُ وَقوُمِى اَيَّتُهَا الْقِيَامَةُ
kabi amr shaklida jonsizlarga bo’lmag’urlarchasiga gaplashishi hech u ikki amr ila qiyos qilinishi mumkinmi? Ha, istakdan nash`at etgan orzular va u orzulardan nash`at etgan fuzuliyona amrlar qayerda? Amirlik haqiqati ila vasflangan bir amirning ish boshida amrning haqiqati qayerda? Ha, amri nufuzli buyuk bir amirning mute va katta bir qo’shniga "Qadam tashla" amri qayerda? Va shunday bir amr oddiy bir askardan eshitilsa; ikki amr suratan bir ekan, ma`nan bir askar ila bir qo’shin qo’mondoni qadar farqi bor. Masalan:
اِنَّمَاۤ اَمْرُهُ اِذَاۤ اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ
Ham masalan:
وَاِذْ قُلْنَا لِلْمَلٰۤئِكَةِ اسْجُدُوا ِلاٰدَمَ
Shu ikki oyatda ikki amrning quvvat va yuksakligiga boq, so’ngra basharning amrlar navidagi kalomiga boq. Ajabo tilla qo’ng’izning Quyoshga nisbati kabi bo’lmaydilarmi? Ha, haqiqiy bir malikning ish boshidagi bir tasviri va haqiqiy bir san`atkorning ishlagan vaqti san`atiga doir bergan bayonlarini va haqiqiy bir mo’`minning ehson boshida ekan bayon etgan ehsonlari, ya`ni qavl ila fe`lni birlashtirmoq, o’z fe`lini ham ko’zga, ham quloqqa tasvir etmoq uchun shunday desa: "Boqing! Mana buni qildim, bunday qilmoqdaman. Mana buni buning uchun qildim. Bu bunday bo’ladi, buning uchun mana buni bunday qilayotirman". Masalan:
اَفَلَمْ يَنْظُرُوۤا اِلَى السَّمَاۤءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَزَيَّنَّاهَا وَمَالَهَا مِنْ فُرُوجٍ - وَاْلاَرْضَ مَدَدْناَهَا وَاَلْقَيْناَ فِيهَا رَوَاسِىَ وَاَنْبَتْنَا فِيهَا مِنْ كُلِّ زَوْجٍ بَهِيجٍ - تَبْصِرَةً وَذِكْرٰى لِكُلِّ عَبْدٍ مُنِيبٍ - وَنَزَّلْناَ مِنَ السَّمَاۤءِ مَاۤءً مُبَارَكًا فَاَنْبَتْنَا بِهِ جَنَّاتٍ وَحَبَّ الْحَصِيدِ - وَالنَّخْلَ بَاسِقَاتٍ لَهَا طَلْعٌ نَضِيدٌ - رِزْقًا لِلْعِبَادِ وَاَحْيَيْناَ بِهِ بَلْدَةً مَيْتًا كَذٰلِكَ الْخُرُوجُ
Qur`onning samosida shu Suraning burjida porlagan yulduz-misol Jannat mevalari kabi shu tasvirlarni, shu ishlarni ichidagi balog’at intizomi ila ko’p tabaqa hashrning dalillarini zikr etib natijasi bo’lgan hashrni كَذٰلِكَ الْخُرُوجُ ta`biri ila isbot etib suraning boshida hashrni inkor etganlarni ilzom etmoq qayerda? Insonlarning fuzuliyona ular bilan tegilishi oz bo’lgan ishdan bahslari qayerda? Taqlid suratida gul rasmlari haqiqiy, hayotdor gullarga nisbati darajasida bo’lolmas. Shu اَفَلَمْ يَنْظُرُوا dan to كَذٰلِكَ الْخُرُوجُ ga qadar go’zalcha ma`nosini aytmoq juda uzun ketar. Yolg’iz bir ishora etib o’tamiz. Shundayki:
Suraning boshida kofirlar hashrni inkor etganlaridan Qur`on ularni hashrning qabuliga majbur etmoq uchun shunday muqaddima qilar. Der: " Ajabo, ustingizdagi samoga qaramaysizmi, biz ne kayfiyatda, naqadar muntazam, muhtasham bir suratda bino etganmiz. Ham ko’rmayotirsizmiki; qanday yulduzlar ila, Oy va Quyosh ila bezaganmiz, hech bir kamchilik va nuqsoniyat qoldirmaganmiz. Ham ko’rmayotirsizmiki, zaminni sizga qay kayfiyatda yoyganmiz, naqadar hikmat ila to’shaganmiz. U yerda tog’larni yerlashtirganmiz, dengizning istilosidan muhofaza etganmiz.
Аудио мавжуд эмас