So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 291
(252-310)
Bir chivinga bir mevadan bir mevaga, bir kichik qushga bir daraxtdan bir daraxtga uchmoq qanotini bergan, Zuhrodan Mushtariyga, Mushtariydan Zuholga uchadigan qanotlarni u beradi. Ham maloikalar zamin yashovchilari kabi juz`iy bo’lishga maxsus emaslar, muayyan bir makon ularni qayd etmaydi. Bir vaqtda to’rt yoki yanada ziyoda yulduzlarda bo’lganiga ishora مَثْنٰى وَثُلٰثَ وَرُبَاعَ kalimalari ila izoh berar. Xullas, shu juz`iy hodisa bo’lgan "Maloikalarni qanotlar ila jihozlantirmoq" ta`biri ila g’oyat kulliy va umumiy bir qudrat azamatining dastgohiga ishora etib;
اِنَّ اللهَ عَلٰى كُلِّ شَئٍْ قَدِيرٌ xotimasi ila tahqiq etib tasbit etar.
O’ninchi Balog’at Nuktasi: Goh bo’ladi, oyat insonning isyonkorona amallarini zikr etar, shiddatli bir tahdid ila man etar. So’ngra tahdid shiddati ya`sga va umidsizlikka otmasligi uchun rahmatiga ishora etgan bir qism ismlar ila xotima berar, tasalli etar. Masalan:
قُلْ لَوْ كَانَ مَعَهُ اٰلِهَةٌ كَمَا يَقُولُونَ اِذًا لاَبْتَغَوْا اِلٰى ذِى الْعَرْشِ سَبِيلاً - سُبْحَانَهُ وَتَعَالٰى عَمَّا يَقُولُونَ عُلُوّاً كَبِيرًا - تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَاْلاَرْضُ وَمَنْفِيهِنَّ وَاِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ وَلٰكِنْ لاَتَفْقَهُونَ تَسْبِيحَهُمْ اِنَّهُ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًا
Xullas, shu oyat derki: Ayt: Agar deganingiz kabi mulkida sheriki bo’lsaydi, albatta rububiyat arshiga qo’l uzotib mudohala asari ko’rinadigan bir darajada bir intizomsizlik bo’lar edi. Holbuki yetti tabaqa samovotdan to mikroskopik jonzotlarga qadar har bir maxluq kulliy bo’lsin juz`iy bo’lsin, kichik bo’lsin katta bo’lsin mazhar bo’lgan butun ismlarining jilva va naqshlari tillari ila u asmoyi husnaning Musammo-i Zuljalolini tasbeh etib, sherik va nozirdan tanzih etmoqdalar. Ha, qandayki samo quyoshlar, yulduzlar deyilgan nur-afshon kalimalari ila, hikmat va intizomi ila uni taqdis etadi, vahdatiga shahodat etadi va havo tabaqasi ham bulutlarning va chaqmoq va momaqaldiroq va qatralarning kalimalari ila uni tasbeh va taqdis va vahdoniyatiga shahodat etadi. Xuddi shuning kabi, zamin hayvonot va nabotot va mavjudot deyilgan hayotdor kalimalari ila Xoliqi Zuljalolini tasbeh va tavhid etmoq ila barobar, har bir daraxtni yaproq va gul va mevalarning kalimalari ila yana tasbeh etib birligiga shahodat etadi. Xuddi shuning kabi eng kichik maxluq, eng juz`iy bir san`atli asar kichikligi va juz`iy bo’lishi ila barobar toshigan naqshlar va kayfiyatlar ishorasi ila juda ko’p Allohning kulliy ismlarni ko’rsatmoq ila Musammo-i Zuljalolni tasbeh etib vahdoniyatiga shahodat etar. Xullas, butun koinot birdan, bir lison ila, birgalikda Xoliqi Zuljalolini tasbeh etib vahdoniyatiga shahodat etib o’zlariga ko’ra vazifador bo’lganlari ubudiyat vazifasini mukammal itoat ila o’rniga keltirganliklari holda, shu koinotning xulosasi va natijasi va nozdor bir xalifasi va nozanin bir mevasi bo’lgan inson butun bularning aksiga, ziddiga bo’lib qilgan kufr va shirklarining naqadar chirkin tushib qay daraja jazoga loyiq bo’lganini ifoda etib butun-butun umidsizlikka tushirmaslik uchun ham shuning kabi nihoyatsiz bir jinoyatga, hadsiz chirkin bir isyonga Qaxxori Zuljalol qanday yo’l qo’yib, koinotni boshlariga xarob etmaganining hikmatini ko’rsatmoq uchun اِنَّهُ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًا der. U xotima ila muhlat berishning hikmatini ko’rsatib, bir umid eshigi ochiq qoldirar.
Xullas, shu o’n i`joz ishoralaridan tushunki, oyatlarning xotimalaridagi xulosalarda ko’p hidoyat qatralari ila barobar ko’p i`joz yog’dulari bordirki, balig’larning eng buyuk dohiylari shu badi` uslublarga qarshi mukammal hayrat va tahsinlaridan barmoqlarini tishlagan, lablarini tishlagan,
مَا هذَا كَلاَمُ الْبَشَرِ degan. اِنْ هُوَ اِلاَّ وَحْىٌ يُوحٰى ga haqqalyaqiyn bo’lib iymon etganlar. Demak ba`zi oyatlarda butun mazkur ishoralar ila barobar bahsimizga kirmagan ko’p boshqa maziyatlarni ham ichiga olarki, u maziyatlarning ijmo`ida shunday bir i`joz naqshi ko’rinarki, ko’r ham ko’ra olar.
Ikkinchi Shu`laning Uchinchi Nuri shudirki: Qur`on boshqa kalomlar ila qiyos qilina olmas. Chunki kalomning tabaqalari yuksaklik va quvvat va jamol go’zalligi jihatidan to’rt manbai bor. Biri mutakallim, biri muxotob, biri maqsad, biri maqomdir. Adiblarning xato bo’lib yolg’iz maqom ko’rsatganlari kabi emasdir. Unday bo’lsa so’zda "Kim aytgan? Kimga aytgan? Nima uchun aytgan? Qay maqomda aytgan?" bo’lsa boq. Yolg’iz so’zga qarab turma. Modomiki kalom quvvatini, husnini bu to’rt manbadan olar. Qur`onning manbalariga diqqat etilsa, Qur`onning balog’at darajasi, yuksakligi va go’zalligi tushunilar. Ha, modomiki kalom mutakallimga boqar. Agar u kalom amr va ta`qiq bo’lsa, mutakallimning darajasiga ko’ra iroda va qudratni ham ichiga olar. U vaqt so’z muqovamatsuz bo’lar, moddiy elektr kabi ta`sir etar, kalomning yuksaklik va quvvati u nisbatda tazohur etar.
Аудио мавжуд эмас