So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 289
(252-310)
Butun hayvonotni ijod etmoq bir chivin ijodi qadar qudratiga oson keladigan bir zotdir. Unday bir zotga qarshi مَنْ يُحْيِى الْعِظَامَ deb qudratiga qarshi Uni ojiz ko’rmoq ila qarshi chiqilmas... So’ngra فَسُبْحَانَ الَّذِى بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ ta`biri ila: Hamma narsaning tizgini qo’lida, hamma narsaning kaliti yonida, kecha va kunduzni, qish va yozni bir kitob sahifalari kabi oson aylantirar. Dunyo va oxiratni ikki manzil kabi buni yopadigan, uni ochadigan bir Qodiyri Zuljaloldir". Modomiki bundaydir, butun dalillarning natijasi sifatida وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ Ya`ni: "Qabrdan sizni ihyo etib, hashrga keltirib, kibriyo huzurida hisobingizni ko’rajakdir". Xullas shu oyatlar hashrning qabuliga zehnni muhayyo etdi, qalbni ham hozir etdi. Chunki o’xshashlarini dunyoviy ishlar ila ham ko’rsatdi.
Ham goh bo’ladiki, uxroviy ishlarini shunday bir tarzda zikr etarki, dunyoviy o’xshashlarini his ettirsin, toki aqldan uzoq ko’rmoq va inkorga maydon qolmasin. Masalan: اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ila oxir... va اِذَا السَّمَاءُ انْفَطَرَتْ ila oxir... va اِذَا السَّمَاۤءُ انْشَقَّتْ Xullas, shu suralarda qiyomat va hashrdagi azim inqiloblarni va rububiyat tasarruflarini shunday bir tarzda zikr etarki, inson ularning o’xshashlarini dunyoda, masalan kuzda, bahorda ko’rgani uchun, qalbga dahshat berib aqlga sig’magan u inqiloblarni osoncha qabul etar. Shu uch suraning qisqacha ma`nosiga ishora ham juda uzun bo’lar. Shuning uchun bitta kalimani namuna sifatida ko’rsatamiz. Masalan: اِذَا الصُّحُفُ نُشِرَتْ kalimasi ifoda etarki: Hashrda harkasning butun amallari bir sahifa ichida yozilgan bo’lib nashr etiladi. Shu masala o’z-o’ziga juda ajoyib bo’lganidan aql unga yo’l topolmas. Faqat suraning ishora etgani kabi bahoriy hashrda boshqa nuqtalarning o’xshashi bo’lgani kabi, shu sahifalarning nashri nozirasi juda zohirdir. Chunki har mevador daraxtning, yo gulli bir o’tning ham amallari bor, fe`llari bor, vazifalari bor, Allohning ismlarini qay shaklda ko’rsatib tasbehot etgan bo’lsa ubudiyatlari bor. Xullas, uning butun bu amallari hayot tarixlari ila barobar umum urug’larida, tuxumchalarida yozilib boshqa bir bahorda, boshqa bir zaminda chiqar. Ko’rsatgan shakl va surat lisoni ila g’oyat ochiq bir suratda otalarining va ajdodlarining amallarini zikr etgani kabi; shox, shoda, yaproq, gul va mevalari ila amallari sahifalarini nashr etar. Xullas, ko’zimizning o’ngida bu Hakimona, Hafiyzona, Mudabbirona, Murabbiyona, Latifona shu ishni qilgan udirki, deydi: اِذَا الصُّحُفُ نُشِرَتْ Boshqa nuqtalarni bunga qiyos ayla, quvvating bo’lsa xulosa qil. Senga yordam uchun buni ham aytamiz. Xullas اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ Shu kalom "Takvir" lafzi ila, ya`ni o’ramoq va to’plamoq ma`nosi ila porloq bir tamsilga ishora etgani kabi, o’xshashini ham imo etar.
Birinchisi: Ha, Janobi Haq tarafidan yo’qlik va efir va samo pardalarini ochib, Quyosh kabi dunyoni ishiqlantirgan olmos-misol bir chiroqni rahmat xazinasidan chiqarib dunyoga ko’rsatdi. Dunyo yopilgandan so’ng u olmosni pardalariga o’rab olajak.
Ikkinchi: Yoki ziyo molini nashr etmoq va zaminning boshiga ziyoni zulmat ila navbat ila o’ramoq ila vazifador bir ma`mur bo’lganini va har oqshom u ma`murga molini to’plattirib yashirgani kabi, goh bo’lar bir bulut pardasi ila oldi-berdisini oz qilar, goh bo’lar Oy uning yuziga qarshi parda bo’lar, muomalasini bir daraja tortar, molini va muomalalar daftarlarini to’plagani kabi, albatta u ma`mur bir vaqt u ma`muriyatdan ayrilajakdir. Hatto hech bir vazifadan bo’shalish sababi bo’lmasa, hozircha kichik, faqat kattalashishga yuz tutgan yuzidagi ikki dog’ kattalashmoq ila Quyosh Yerning boshiga Allohning izni ila o’ragan ziyoni Allohning amri ila qaytib olib, quyoshning boshiga o’rab, "Qani, Yerda ishing qolmadi" der. "Jahannamga ket, senga ibodat etib sen kabi musahhar bir ma`murni sadoqatsizlik ila haqoratlaganlarni yoq",- der. اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ farmonini dog’li qora yuzi ila yuzida o’qir.
Аудио мавжуд эмас