So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 286
(252-310)
Beshinchi Jazolat Maziyati: Qur`on ba`zan o’zgarishga ma`ruz va muxtalif kayfiyatga mador moddiy juz`iyotni zikr etar. Ularni o’zgarmas asos haqiqatlar suratiga aylantirmoq uchun o’zgarmas, nuroniy, kulliy ismlar ila ijmol etar, bog’lar. Va yoxud tafakkurga va ibratga tashviq etadigan bir xulosa ila xotima berar. Birinchi ma`noning misollaridan masalan:
وَعَلَّمَ اٰدَمَ اْلاَسْمَاۤءَ كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى الْمَلٰۤئِكَةِ فَقَالَ اَنْبِؤُنِى بِاَسْمَاۤءِ هٰۤؤُلاَءِ اِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ - قَالوُا سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَاۤ اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَاۤ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
Xullas, shu oyat avvalo: "Hazrati Odamning xalifalik masalasida maloikalardan ustunligiga mador uning ilmi bo’lgani" bo’lgan juz`iy bir hodisani zikr etar. So’ngra u hodisada maloikalarning Hazrati Odamga qarshi ilm nuqtasida mag’lubiyatlari hodisasini zikr etar. So’ngra bu ikki hodisani ikki kulliy ism ila xulosa etar. Ya`ni, اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ ya`ni "Aliym va Hakim sen bo’lganing uchun Odamni ta`lim etding, bizga g’olib bo’ldi. Hakim bo’lganing uchun bizga iste`dodimizga ko’ra bermoqdasan. Uning iste`dodiga ko’ra ustunlik bermoqdasan".
Ikkinchi ma`noning misollaridan masalan:
وَاِنَّ لَكُمْ فِى اْلاَنْعَامِ لَعِبْرَةً نُسْقِيكُمْ مِمَّا فِى بُطُونِهِ مِنْ بَيْنِ فَرْثٍ وَدَمٍ لَبَنًا
خَالِصًا سَاۤئِغًا لِلشَّارِبِينَ
ila oxir..
فِيهِ شِفَاءٌ لِلنَّاسِ اِنَّ فِى ذٰلِكَ َلاٰيَةً لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ Xullas, shu oyatlar Janobi Haqning qo’y, echki, sigir, tuya kabi maxluqlarini insonlarga xolis, sof, laziz bir sut chashmasi; uzum va xurmo kabi san`atli asarlarni ham insonlarga latif, laziz, shirin bittadan ne`mat tuvaklari va qozonlari; va ari kabi kichik qudrati mo’`jizasini shifoli va shirin go’zal bir sharbatchi qilganini oyat shunday ko’rsatgandan so’ng tafakkurga, ibratga, boshqa narsalarga ham qiyos etishga tashviq uchun
اِنَّ فِى ذٰلِكَ َلاٰيَةً لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ der, xotima berar.
Oltinchi Balog’at Nuktasi: Goh bo’ladiki, oyat keng bir kasratga rububiyat hukmlarini yoyar, so’ngra birlik jihati hukmida bir vahdat robitasi ila birlashtirar va yoxud kulliy bir qoida ichida yerlashtirar. Masalan:
وَسِعَ كُرْسِيُّهُ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضَ وَلاَ يَؤُدُهُ حِفْظُهُمَا وَهُوَ الْعَلِىُّ الْعَظِيمُ
Xullas, Oyat-ul Kursida o’n jumla ila o’n tavhid tabaqasini boshqa-boshqa ranglarda isbot etmoq ila barobar مَنْ ذاَ الَّذِى يَشْفَعُ عِنْدَهُ اِلاَّ بِاِذْنِهِ jumlasi ila g’oyat keskin bir shiddat ila shirkni va boshqaning mudohalasini kesar, otar. Ham shu oyat ismi a`zamning mazhari bo’lganidan, Ilohiy haqiqatlarga oid ma`nolari a`zamiy darajadadirki, a`zamiyat darajasida bir rububiyat tasarrufini ko’rsatmoqda. Ham umum samovot va yerga birdan yuzlangan uluhiyat tadbirini eng a`zamiy bir darajada umumni qamragan bir hofiziyatni zikr etgandan so’ng bir vahdat robitasi va birlik jihati u a`zamiy tajalliylarning manbalarini وَهُوَ الْعَلِىُّ الْعَظِيمُ ila xulosa etar.
Ham masalan:

اَللهُ الَّذِى خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضَ وَاَنْزَلَ مِنَ السَّمَاۤءِ مَاۤءً فَاَخْرَجَ بِهِ مِنَ الثَّمَرَاتِ رِزْقًا لَكُمْ وَسَخَّرَ لَكُمُ الْفُلْكَ لِتَجْرِىَ فِى الْبَحْرِ بِاَمْرِهِ وَسَخَّرَ لَكُمُ اْلاَنْهَارَ - وَسَخَّرَ لَكُمُ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ دَاۤئِبَيْنِ وَسَخَّرَ لَكُمُ الَّيْلَ وَالنَّهَارَ
وَاٰتيٰكُمْ مِنْ كُلِّ مَاسَاَلْتُمُوهُ وَاِنْ تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللهِ لاَ تُحْصُوهَا
Аудио мавжуд эмас