So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 288
(252-310)
Ham, o’tlar daraxtlar sizning rizqingizni o’ylab marhamatan sizga mevalarni, donlarni yetishtirmoqdan juda ko’p uzoq bo’lganidan, oyat ko’rsatadiki, ular bir Hakiymi Rahiymning parda orqasidan uzatgan iplar va arqonlardirki, ne`matlarini ularga toqqan, jonzotlarga uzatmoqda. Xullas, shu bayonlardan Rahiym, Razzoq, Mun`im, Kariym kabi ko’p ismlarning matlalari ko’rinmoqda. Ham masalan:
اَلَمْ تَرَ اَنَّ اللهَ يُزْجِى سَحَابًا ثُمَّ يُؤَلِّفُ بَيْنَهُ ثُمَّ يَجْعَلُهُ رُكاَمًا فَتَرَى الْوَدْقَ يَخْرُجُ مِنْ خِلاَلِهِ وَيُنَزِّلُ مِنَ السَّمَاۤءِ مِنْ جِبَالٍ فِيهَا مِنْ بَرَدٍ فَيُصِيبُ بِهِ مَنْ يَشَاۤءُ وَيَصْرِفُهُ عَنْ مَنْ يَشَاۤءُ يَكَادُ سَنَا بَرْقِهِ يَذْهَبُ بِاْلاَبْصَارِ - يُقَلِّبُ اللهُ الَّيْلَ وَالنَّهَارَ اِنَّ فِى ذٰلِكَ لَعِبْرَةً ِلاُولِى اْلاَبْصَارِ - وَاللهُ خَلَقَ كُلَّ دَاۤبَّةٍ مِنْ مَاۤءٍ فَمِنْهُمْ مَنْ يَمْشِى عَلٰى بَطْنِهِ وَمِنْهُمْ مَنْ يَمْشِى عَلٰى رِجْلَيْنِ وَمِنْهُمْ مَنْ يَمْشِى عَلٰۤى اَرْبَعٍ يَخْلُقُ اللهُ مَا يَشَاۤءُ اِنَّ اللهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Xullas, shu oyat rububiyat mo’`jizalarining eng muhimlaridan va rahmat xazinasining eng ajib pardasi bo’lgan bulutlarning tashkilotida yomg’ir yog’dirishdagi ajib tasarruflarni bayon etarkan, go’yo bulutning parchalari havo tabaqasida tarqalib saqlangan vaqt, istirohatga ketgan askarlar kabi bir sur ovozi ila to’plangani kabi Allohning amri ila to’planar, bulut tashkil etar. So’ngra kichik-kichik toifalar bir qo’shin tashkil etar kabi, u parcha-parcha bulutlarni birlashtirib, -qiyomatda sayyor tog’lar kattaligi va shaklida va namlik va oqlik jihatida qor va do’l kayfiyatida bo’lgan- u bulut parchalaridan obi hayotni butun jonzotlarga yubormoqda. Faqat u yuborishda bir iroda, bir qasd ko’rinmoqda. Hojatga ko’ra kelmoqda, demak yuborilmoqda. Osmon porloq, sof, hech bir narsa yo’q ekan bir mahshari ajoyib kabi tog’voriy parchalar o’z-o’ziga to’planmaydi, balki jonzotlarni tanigan birisidirki, yubormoqda. Xullas, shu ma`naviy masofada Qodiyr, Aliym, Mutasarrif, Mudabbir, Murabbiy, Mug’is, Muhyi kabi ismlarning matlalari ko’rinmoqda.
Sakkizinchi Jazolat Maziyati: Qur`on goh bo’ladiki, Janobi Haqning oxiratda g’aroyib ishlarini qalbga qabul ettirmoq uchun tayyorgarlik hukmida va zehnni tasdiqqa muhayyo etmoq uchun bir hozirlamoq suratida dunyodagi ajoyib ishlarini zikr etar va yoxud istiqbolni va uxroviy bo’lgan Allohning ajoyib ishlarini shunday bir suratda zikr etarki, ko’rganimiz ko’p o’xshashlari ila ularga qanoatimiz kelar. Masalan:
اَوَلَمْ يَرَ اْلاِنْسَانُ اَنَّاخَلَقْناَهُ مِنْ نُطْفَةٍ فَاِذَا هُوَخَصِيمٌ مُبِينٌ
to suraning oxiriga qadar... Xullas, shu bahsda hashr masalasida Qur`oni Hakim hashrni isbot uchun yetti-sakkiz suratda muxtalif bir tarzda isbot etar. Avvalo ilk yaratilishni nazarga berar. Derki: "Nutfadan alaqqa, alaqdan mudg’aga, mudg’adan to inson yaratilishiga qadar bo’lgan vujudga kelishingizni ko’rmoqdasiz. Qanday bo’ladiki, o’limdan keyingi tirilishni inkor etmoqdasiz. U uning misli, balki yanada osonidir". Ham Janobi Haq insonga qarshi etgan buyuk ehsonlarni
اَلَّذِى جَعَلَ لَكُمْ مِنَ الشَّجَرِ اْلاَخْضَرِ نَارًا kalimasi ila ishora etib der: "Sizga bunday ne`mat etgan zot sizni qarovsiz-egasiz qoldirmaski, qabrga kirib turmasdan yotsangiz". Ham ramzan der: "O’lgan daraxtlarning tirilib yashillanishini ko’rmoqdasiz. O’tin kabi suyaklarning hayot topishini qiyos etolmasdan aqldan uzoq ko’rmoqdasiz. Ham samovot va yerni yaratgan, samovot va yerning mevasi bo’lgan insonning hayot va mamotidan ojiz qolarmi? Katta daraxtni idora etgan, u daraxtning mevasiga ahamiyat bermasdan boshqasiga mol etarmi? Butun daraxtning natijasini tark etmoq ila, butun jihozlari ila hikmat ila shimilgan yaratilish shajarasini foydasiz va behuda qiladi deb o’ylaysizmi?" Der: "Hashrda sizni ihyo etadigan zot shunday bir zotdirki, butun koinot unga amrbardor askar hukmidadir. Amri kun fayakunga qarshi to’liq bir itoat ila bosh egar. Bir bahorni xalq etmoq bir gul qadar unga oson kelar.
Аудио мавжуд эмас