So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 284
(252-310)
To’rtinchi ifodada der: "Bu azim koinotni bir saroy kabi, bir shahar kabi mukammal intizom ila idora etib tadbirini ko’rgan Allohdan boshqa kim bo’la olar? Modomiki Allohdan boshqa bo’lolmas, katta koinotni butun jismlari ila g’oyat oson idora etgan qudrat shu daraja nuqsonsiz, nihoyatsizdirki, hech bir sherik va ishtirokka va muovanat va yordamga ehtiyoji bo’lolmas. Katta koinotni idora etgan kichik maxluqlarni boshqa qo’llarga qoldirmas. Demak, istar-istamas "Alloh" deysiz." Xullas, birinchi va to’rtinchi ifoda "Alloh" der, ikkinchi ifoda "Rab" der, uchinchi ifoda "Al-Haq" der. فَذٰلِكُمُ اللهُ رَبُّكُمُ الْحَقُّ naqadar mo’`jizona tushganini angla. Xullas, Janobi Haqning azim tasarruflarini, qudratining muhim to’qimalarini zikr etar. So’ngra esa u azim asarlarning, to’qimalarning dastgohi فَذٰلِكُمُ اللهُ رَبُّكُمُ الْحَقُّ der. Ya`ni "Haq" "Rab" "Alloh" ismlarini zikr etmoq ila u azim tasarruflarning manbaini ko’rsatar.
Ikkinchining misollaridan:
اِنَّ فِى خَلْقِ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضِ وَاخْتِلاَفِ الَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَالْفُلْكِ الَّتِى تَجْرِى فِى الْبَحْرِ بِمَا يَنْفَعُ النَّاسَ وَمَاۤ اَنْزَلَ اللهُ مِنَ السَّمَاۤءِ مِنْ مَاۤءٍ فَاَحْياَ بِهِ اْلاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ فِيهَا مِنْ كُلِّ دَابَّةٍ وَتَصْرِيفِ الرِّيَاحِ وَالسَّحَابِ الْمُسَخَّرِ بَيْنَ السَّمَاۤءِ وَاْلاَرْضِ َلاٰياَتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ
Xullas, Janobi Haqning mukammal qudratini va rububiyatining azamatini ko’rsatgan va vahdoniyatiga shahodat etgan samovot va yerning yaratilishidagi uluhiyat saltanatining tajalliysi; va kecha-kunduzning ixtilofidagi rububiyat tajalliysi; va inson ijtimoiy hayotiga eng katta bir vosita bo’lgan kemani dengizda itoat ettirmoq ila rahmat tajalliysi; va samodan obi hayotni o’lgan zaminga yuborib zaminni yuz ming toifalari ila tiriltirib ajoyib bir mahshar suratiga keltirishdagi qudrat azamatining tajalliysi; va zaminda hadsiz muxtalif hayvonlarni oddiy bir tuproqdan yaratishdagi rahmat va qudrat tajalliysi; va shamollarni o’simliklar va hayvonlarning nafas olish va changlanishlariga xizmat kabi azim vazifalar ila vazifalantirib tadbir va nafas olishga uyg’un vaziyatga keltirmoq uchun harakatlantirish va idorasidagi rahmat va hikmat tajalliysi; va zamin va osmon o’rtasida rahmat vositasi bo’lgan bulutlarni ajoyib bir mahshar kabi muallaqda to’plab tarqatmoq, bir qo’shin kabi istirohat ettirib vazifa boshiga da`vat etmoq kabi tashiridagi rububiyat tajalliysi kabi san`at to’qimalarini sanab o’tgandan so’ng aqlni ularning haqiqatlariga va tafsiliga chorlab tafakkur ettirmoq uchun َلاٰياَتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ der. U bilan aqllarni uyg’otmoq uchun aqlga havola etar.
Uchinchi Jazolat Maziyati: Ba`zan Qur`on Janobi Haqning fe`llarini tafsil etar. So’ngra bir xotima ila ijmol etar. Tafsili ila qanoat berar, ijmol ila hifz ettirar, bog’lar. Masalan:
وَكَذٰلِكَ يَجْتَبِيكَ رَبُّكَ وَيُعَلِّمُكَ مِنْ تَأْوِيلِ اْلاَحَادِيثِ وَيُتِمُّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكَ وَعَلٰۤى اٰلِ يَعْقُوبَ كَمَاۤ اَتَمَّهَا عَلٰۤى اَبَوَيْكَ مِنْ قَبْلُ اِبْرَاهِيمَ وَاِسْحٰقَ اِنَّ رَبَّكَ عَلِيمٌ حَكِيمٌ
Xullas, Hazrati Yusuf va ajdodiga berilgan ne`matlarni shu oyat ila ishora etar. Derki: Sizni butun insonlar ichida payg’ambarlik maqomi ila sarfiroz, butun payg’ambarlar silsilasini silsilangizga bog’lab, silsilangizni navi bashar ichida butun silsilaning sardori; xonadoningizni Ilohiy ilmlar va Rabboniy hikmatlarga bir ta`lim va hidoyat hujrasi suratida keltirib u ilm va hikmat ila dunyoning saodatkorona saltanatini, oxiratning abadiy saodati ila sizda birlashtirmoq, seni ilm va hikmat ila Misrga ham aziz bir rais, ham oliy bir nabiy, ham hakim bir murshid etmoq bo’lgan Allohning ne`matini zikr va sanab chiqib; ilm va hikmat ila uni, ota-bobolarini tanlanganlardan qilganini zikr etmoqda.
Аудио мавжуд эмас