So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 281
(252-310)
Xullas, shu huzun hidoyat-ado, nur-afshon Qur`onning bergan huzunidir. Ammo sevinch esa, u ham ikki qismdir: Birisi nafsni havaslarga tashviq etar. U ham teatrchi, kinochi, romanchi madaniyat adabiyotining sha`nidir. Ikkinchi sevinch nafsni sustirib, ruhni, qalbni, aqlni, sirni yuksakliklarga, asl vatanlariga, maqqori abadiylariga, uxroviy ahboblariga yetishmoq uchun latif va odobli ma`sumona bir tashviqdirki, u ham Jannat va abadiy saodatga va ru`yati jamolullohga basharni chorlagan va shavqqa keltirgan Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonning bergan sevinchidir. Xullas
قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ اْلاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلٰۤى اَنْ يَأْتوُا بِمِثْلِ هٰذَا الْقُرْاٰنِ لاَ يَأْتوُنَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيراً
ifoda etgan azim ma`no va buyuk haqiqat kaltafahm bo’lganlarcha va diqqatsizlik ila mubolag’ali bir balog’at uchun mahol bir surat deb o’ylaydilar. Aslo! Mubolag’a emas, mahol bir surat emas, ayni haqiqat bir balog’at va mumkin va mavjud bir suratdadir.
U suratning bir jihati shudirki; ya`ni, Qur`ondan sizib chiqmagan va Qur`onning moli bo’lmagan ins va jinning butun go’zal so’zlari to’plansa, Qur`onni o’xshatolmas demakdir. Ham yetolmaganki, ko’rsatilmaydi. Ikkinchi jihati shudirki: Jin va ins, hatto shaytonlar fikrlarining natijasi va ishlarining yakuniy natijasi bo’lgan madaniyat va falsafa hikmati va ajnabiy adabiyot Qur`onning ahkom va hikmat va balog’atiga qarshi ojiz darakasidadirlar demakdir. Qandayki namunasini ko’rsatdik.
Uchinchi Jilva: Qur`oni Hakim har asrdagi bashar tabaqasining har bir tabaqasiga go’yo to’g’ridan-to’g’riga u tabaqaga xususiy yuzlangandir, xitob etmoqda. Ha, butun bani Odamga butun tabaqalari ila eng yuksak va eng nozik ilm bo’lgan iymonga va eng keng va nuroniy fan bo’lgan ma`rifatullohga va eng ahamiyatli va turli-tuman maorif bo’lgan Islom hukmlariga da`vat etgan, dars bergan Qur`on bo’lsa, har navga, har toifaga muvofiq keladigan bir dars bermog’i kerakdir. Holbuki dars birdir, boshqa-boshqa emas. Unday bo’lsa, ayni darsda tabaqalar bo’lishi lozimdir. Darajaga ko’ra har biri Qur`onning pardalaridan bir pardadan dars hissasini olar. Shu haqiqatning ko’p namunalarini zikr etganmiz. Ularga murojaat etilishi mumkin. Yolg’iz bu yerda bir-ikki juzining, ham yolg’iz bir-ikki tabaqasining tushunish hissasiga ishora etamiz:
Masalan: لَمْ يَلِدْ وَلَمْ يُولَدْ - وَلَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا اَحَدٌ Kasratli tabaqa bo’lgan avom tabaqasining shundan tushunish hissasi: "Janobi Haq padar va valaddan va o’xshashdan va zavjadan munazzahdir". Yanada o’rtaroq bir tabaqa shundan "Iso Alayhissalomning va maloikalarning va tavalludga mazhar narsalarning uluhiyatini inkor etmoqdir". Chunki mahol bir narsani inkor etmoq zohiran foydasiz bo’lganidan balog’atda foydaga sabab bo’ladigan bir lozimi hukm murod bo’lar. Xullas, jismoniyatga maxsus o’g’il va otani rad etmoqdan murod esa, o’g’li va otasi va tengi bo’lganlarning uluhiyatlarini rad va ma`bud bo’lishga loyiq bo’lmaganliklarini ko’rsatmoqdir. Shu sirdandirki, Ixlos Surasi harkasga, ham har vaqt foyda bera olar. Yana bir oz oldin bir tabaqaning tushunish hissasi: "Janobi Haq mavjudotga qarshi tavlid va tavalludni his ettiradigan butun robitalardan munazzahdir. Sherik va yordamchidan va hamjinsdan mubarrodir. Balki mavjudotga qarshi nisbati Xalloqiyatdir. "Amri kun fayakun" ila azaliy irodasi ila, ixtiyori ila ijod etar. Lozimona va majburiyona va g’ayri ixtiyoriy bo’ladigan kabi kamolga zid har bir robitadan munazzahdir". Yanada yuksak bir tabaqaning tushunish hissasi: Janobi Haq azaliydir, abadiydir, avval va oxirdir. Hech bir jihatda na zotida, na sifatida, na ishlarida noziri, tengi, o’xshashi, misli, misoli, o’rnagi yo’qdir. Yolg’iz af`olida, shuunida tashbehni ifoda etgan masal bor: وَ ِللهِ الْمَثَلُ اْلاَعْلٰى Bu tabaqalarga oriflar tabaqasi, ishq ahli tabaqasi, siddiqlar tabaqasi kabi boshqa-boshqa his sohiblarini qiyos eta olasan.
Ikkinchi misol: Masalan, مَا كَانَ مُحَمَّدٌ اَبَاۤ اَحَدٍ مِنْ رِجَالِكُمْ Birinchi tabaqaning shundan tushunish hissasi shudirki: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xizmatkori yoki "Valadim" xitobiga mazhar bo’lgan Zayd izzatli zavjasini o’ziga teng topmagani uchun taloq etgan. Allohning amri ila Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam olgan. Oyat der: "Payg’ambar sizga bolam desa, risolat jihati ila aytar. Shaxsiyat e`tibori ila otangiz emaski, olgan xotinlari unga munosib tushmasin". Ikkinchi tabaqaning tushunish hissasi shudirki: Bir buyuk amir raiyatiga padarona shafqat ila boqar. Agar u amir zohir va botin bir Podshohi Ruhoniy bo’lsa, u payt marhamati padarning yuz marta shafqatidan oldin ketganidan u raiyatning kishilari uning haqiqiy avlodi kabi unga padar nazari ila boqarlar. Padar nazari juft nazariga inqilob etolmaganidan, qiz nazari ham zavja nazariga osoncha almashmaganidan, xalqning fikrida Payg’ambar (S.A.V.) mo’`minlarning qizlarini olishi shu sirga uyg’un kelmaganidan Qur`on der: "Payg’ambar (S.A.V.) Allohning marhamati nazari ila sizga shafqat etar, padarona muomala qilar. Risolat nomiga siz uning avlodi kabisiz. Faqat insoniyat shaxsiyati e`tibori ila otangiz emasdirki, sizdan xotin olishi munosib tushmasin". Uchinchi qism shunday tushunarki: Payg’ambarga (SA.V.) bog’lanib uning kamolotiga tayanib uning padarona shafqatiga e`timod etib kamchilik va gunohlar qilmasligingiz kerak demakdir. Ha, ko’plar borki, kattalariga va murshidlariga e`timod etib tanballik etar. Hatto ba`zan "Namozimiz qilingan" der. (Bir qism Alaviylar kabi) To’rtinchi Nuqta: Bir qism shu oyatdan shunday g’aybiy bir ishora fahm etarki: Payg’ambarning (S.A.V.) erkak bolalari balog’atga yetmasdan, erkaklar bo’lib, nasli bir hikmatga binoan qolmaydi. Yolg’iz "erkaklar" ta`birining ifodasi ila, xotinlarning padari bo’lganiga ishora etganidan, xotinlar bo’lib nasli davom etadi. Falillahilhamd, Hazrati Fotimaning muborak nasli Hasan va Husan kabi ikki nuroniy silsilaning badri munavvari Shamsi Nubuvvatning ma`naviy va moddiy naslini davom ettirmoqdalar.
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلَيْهِ وَعَلٰۤى اٰلِهِ
(Birinchi Shu`la uch Shua ila xotima topdi.)
Аудио мавжуд эмас