So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 279
(252-310)
Ammo Qur`on hikmati esa, tayanch nuqtasi quvvat o’rniga "haq"ni qabul etar. G’oyada manfaat o’rniga "fazilat va Allohning roziligi"ni qabul etar. Hayotda kurash dasturi o’rniga "yordamlashmoq dasturini" asos tutar. Jamoatlarning robitalarida irqchilik va millatchilik o’rniga "din va sinf va vatan robitasini" qabul etar. G’oyasi "nafsoniy havaslarning nomashru` tajovuzlariga to’siq chekib ruhni yuksaklikka tashviq va yuksak hislarini qondirmoqdir va insonni insoniyat kamolotiga chorlab inson etmoqdir". Haqning sha`ni esa ittifoqdir. Fazilatning sha`ni bir-biriga tayanmoqdir. Yordamlashishning sha`ni bir-birining madadiga yetishmoqdir. Dinning sha`ni uxuvvatdir, injizobdir. Nafsi ammorani jilovlash, ruhni kamolotga qamchilamoq ila erkin qoldirmoqning sha`ni ikki dunyo saodatidir. Xullas, zamonaviy madaniyat Islomdan oldingi haq dinlardan, boxusus Qur`onning irshodlaridan olgan mahosin ila barobar, Qur`onga qarshi bunday haqiqat nazarida mag’lub bo’lgandir.
Uchinchi daraja: Minglab masalalaridan yolg’iz namuna sifatida uch-to’rt masalani ko’rsatamiz. Ha, Qur`onning dasturlari, qonunlari azaldan kelganidan abadga ketadi. Madaniyatning qonunlari kabi keksayib o’limga mahkum emasdir. Doimo yoshdir, quvvatlidir. Masalan: Madaniyatning butun xayriya jamiyatlari ila, butun jabborona shiddatli tartib va qoidalari ila, butun axloqiy tarbiyagohlari ila Qur`oni Hakimning ikki masalasiga qarshi muoraza etolmasdan mag’lub bo’lgandirlar. Masalan:
وَاَقِيمُوا الصَّلٰوةَ وَاٰتُوا الزَّكٰوةَ1- وَاَحَلَّ اللهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبوٰا
Qur`onning bu i`jozkorona g’alabasini bir muqaddima ila bayon etamiz. Shundayki:
"Ishorat-ul I`joz"da isbot etilgani kabi butun bashariyat ixtilollarining ma`dani bir kalima bo’lgani kabi butun yomon axloqlarning manbai ham bir kalimadir.
Birinchi kalima: "Men to’q bo’lsam, boshqasi ochlikdan o’lsa, menga nima".
Ikkinchi kalima: "Sen ishla, men yeyman".
Ha, bashariyat ijtimoiy hayotida havas va avom, ya`ni boylar va faqirlar muvozanalari ila rohat ila yashaydilar. U muvozananing asosi esa: Havas tabaqasida marhamat va shafqat, pastdagisida hurmat va itoatdir. Hozir birinchi kalima havas tabaqasini zulmga, axloqsizlikka, marhamatsizlikka chorlagandir. Ikkinchi kalima avomni kinga, hasadga, muborazaga chorlab, bashariyat rohatini bir necha asrdir ketkazgani kabi; shu asrda g’ayrat, sarmoya ila muboraza natijasi harkascha ma`lum bo’lgan Ovrupa katta hodisalari maydonga keldi. Xullas, madaniyat butun xayriya jamiyatlari ila va axloqiy maktablari ila va shiddatli tartib va qoidalari ila basharning u ikki tabaqasini musolaha etolmagani kabi, bashar ijtimoiy hayotining ikki mudhish yarasini davolay ololmagandir. Qur`on birinchi kalimani asosidan "zakotning shart bo’lishi" ila sug’urib tashlar, davolar. Ikkinchi kalimaning asosini "sudxo’rlikning harom bo’lishi" ila sug’urib tashlab davolar. Ha, Qur`on oyatlari olam eshigida turib sudxo’rlikka mumkin emasdir der. "Urush eshigini yopmoq uchun bank eshigini yoping" deb insonlarga farmon etar. Shogirdlariga "Kirmanglar" deb amr etar.
Ikkinchi Asos: Madaniyat ko’p xotinlikni qabul etmaydi. Qur`onning u hukmini o’ziga hikmatga zid va inson manfaatiga zid deb qabul etar. Ha, agar uylanishdagi hikmat yolg’iz jinsiy munosabat bo’lsa, ko’payish bilaks bo’lishi kerak. Holbuki, hatto butun hayvonotning shahodati ila va uylangan nabototning tasdig’i ila sobitdirki; uylanishning hikmati va g’oyasi nasl yetishtirmoqdir. Jinsiy munosabat lazzati esa u vazifani qildirmoq uchun rahmat tarafidan berilgan bir kichik haqdir. Modomiki hikmatan, haqiqatan uylanish nasl uchundir, navning baqosi uchundir. Albatta, bir yilda yolg’iz bir marta tavalludga qobiliyatli va oyning yolg’iz yarmida homilador bo’lish mumkin bo’lgan va ellik yoshda umidsizlikka tushgan bir xotin aksar vaqtda to yuz yilga qadar urug’lanishga qobiliyatli bir erkakka yetarli kelmaganidan, madaniyat juda ko’p fohishaxonalarni qabul etishga majburdir.
Uchinchi Asos: Muhokamasiz madaniyat, Qur`on xotinga uchdan bir bergani uchun oyatni tanqid etar. Holbuki ijtimoiy hayotda aksar hukmlar aksariyat e`tibori ila bo’lganidan, aksariyat e`tibori ila bir xotin o’zini himoya etadigan birisini topar. Erkak esa unga yuk bo’ladigan va nafaqasini unga qoldiradigan birisi ila birgalikda yashashga majbur bo’lar. Xullas, bu suratda bir xotin padaridan yarmini olsa, eri nuqsoniyatini ta`min etar.
Аудио мавжуд эмас