So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 283
(252-310)
Xullas, Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayon oyatlarning xotimalarida ko’pincha ba`zi xulosalarni zikr etarki, u xulosalar yo asmoyi husnani yoki ma`nolarini ichiga oladi va yoxud aqlni tafakkurga chorlamoq uchun aqlga havola etar va yoxud Qur`onning maqsadlaridan kulliy bir qoidani ichiga olarki, oyatni ta`kid va quvvatlantirmoq uchun xulosalar qilar. Xullas, u xulosalarda Qur`onning yuksak hikmatidan ba`zi ishoralar va Alloh hidoyatining obi hayotidan ba`zi qatralar, Qur`on i`jozining chaqmoqlaridan ba`zi uchqunlar bordir. Hozir juda ko’p u ishoralardan yolg’iz o’n donasini ijmolan zikr etamiz. Ham juda ko’p misollaridan bittadan misol va har bir misolning juda ko’p haqiqatlaridan yolg’iz har birida bir haqiqatning ijmoliy ma`nosiga ishora etamiz. Bu o’n ishoraning aksarisi aksar oyatlarda to’plangan holda barobar bo’lib haqiqiy bir i`joz naqshini tashkil etarlar. Ham misol sifatida keltirganimiz oyatlarning aksarisi aksar ishoralarga misoldir. Biz yolg’iz har oyatdan bir ishora ko’rsatamiz. Misol keltiradiganimiz oyatlardan eski So’zlarda bahsi o’tganlarning yolg’iz ma`nosiga bir yengil ishora etamiz.
Birinchi Jazolat Maziyati: Qur`oni Hakim i`jozkor bayonlari ila Sone`i Zuljalolning ishlari va asarlarini nazarga qarshi yoyar, namoyon etar. So’ngra u asarlar va ishlarida asmoyi Ilohiyani chiqarar. Yoki hashr va tavhid kabi Qur`onning asl maqsadlarini isbot etar. Birinchi ma`noning misollaridan masalan:
هُوَ الَّذِى خَلَقَ لَكُمْ مَا فِى اْلاَرْضِ جَمِيعًا ثُمَّ اسْتَوٰۤى اِلَى السَّمَاۤءِ فَسَوّٰيهُنَّ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ
Ikkinchi qismning misollaridan masalan:
اَلَمْ نَجْعَلِ اْلاَرْضَ مِهَاداً - وَالْجِباَلَ اَوْتاَداً - وَخَلَقْنَاكُمْ اَزْوَاجاً
ila oxir... اِنَّ يَوْمَ الْفَصْلِ كَانَ مِيقَاتًا ga qadar...
Birinchi oyatda asarlarni namoyon etib bir natijaning, bir muhim istakning muqaddimalari kabi, ilm va qudratga g’oyalar va nizomlari ila shahodat etgan eng azim asarlarni go’zal bir shaklda so’ylar. Aliym ismini chiqarar. Ikkinchi oyatda Birinchi Shu`laning Birinchi Shuasining Uchinchi Nuqtasida bir daraja izoh bo’lgani kabi; Janobi Haqning buyuk ishlarini, azim asarlarini zikr etib natijasida qiyomat kunida bo’lgan hashrni natija sifatida zikr etmoqda.
Ikkinchi Balog’at Nuktasi: Qur`on basharning nazariga Ilohiy san`atlarning to’qimalarini ochar, ko’rsatar. So’ngra xulosada u to’qimalarni ismlar ichida chiqarar va yoxud aqlga havola etar. Birinchining misollaridan masalan:
قُلْ مَنْ يَرْزُقُكُمْ مِنَ السَّمَاۤءِ وَاْلاَرْضِ اَمَّنْ يَمْلِكُ السَّمْعَ وَاْلاَبْصَارَ وَمَنْ يُخْرِجُ الْحَىَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَىِّ وَمَنْ يُدَّبِّرُ اْلاَمْرَ فَسَيَقُولُونَ اللهُفَقُلَ اَفَلاَ تَتَّقُونَ - فَذٰلِكُمُ اللهُ رَبُّكُمُ الْحَقُّ
Xullas boshda der: "Samo va zaminni rizqimizga ikki xazina kabi muhayyo etib u yerdan yomg’irni, bu yerdan ekinlarni chiqargan kimdir? Allohdan boshqa katta samo va zaminni ikki mute xazinador hukmiga biror kishi keltira oladimi? Unday bo’lsa, shukr unga oiddir".
Ikkinchi ifodada derki: "Sizning a`zolaringiz ichida eng qiymatdor ko’z va quloqlaringiz sohibi kimdir? Qaysi tazgoh va do’kondan oldingiz? Bu latif qiymatdor ko’z va quloqni beradigan faqat Rabbingizdir. Sizni ijod etib tarbiya etgan udirki, bularni sizga bergandir. Unday bo’lsa yolg’iz Rab udir, Ma`bud ham u bo’la olar".
Uchinchi ifodada der: "O’lgan yerni tiriltirib, yuz minglab o’lgan toifalarni tiriltirgan kimdir? Haqdan boshqa va butun koinotning Xoliqidan boshqa shu ishni kim qila olar? Albatta u qilar. U ihyo etar. Modomiki Xaqdir, huquqni zoye etmaydi. Sizni bir mahkama-i kubroga yuboradi. Yerni tiriltirgani kabi, sizni ham ihyo etajakdir".
Аудио мавжуд эмас