So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 269
(252-310)
IKKINCHI SHUA: Qur`onning g’aroyib jome`iyatidir. Shu shuaning besh yog’dusi bor.
Birinchi Yog’du: Lafzidagi jome`iyatidir. Albatta avvalgi so’zlarda, ham bu so’zda zikr qilingan oyatlardan shu jome`iyat yaqqol ko’rinmoqda. Ha
لِكُلِّ اٰيَةٍ ظَهْرٌ وَبَطْنٌ وَحَدٌّ وَمُطَّلَعٌ - وَلِكُلٍّ شُجُونٌ وَغُصُونٌ وَفُنُونٌ
bo’lgan hadisning ishora etgani kabi; Qur`on lafzlari shunday bir tarzda qo’yilganki, har bir kalomning, hatto har bir kalimaning, hatto har bir harfning, hatto ba`zan bir sukutning ko’p jihatlari mavjuddir. Har bir muxotobiga boshqa-boshqa bir eshikdan hissasini berar.
Masalan: وَالْجِبَالَ اَوْتاَداً ya`ni: "Tog’larni zaminingizga qoziq va tirgak qildim" bir kalomdir. Bir omining shu kalomdan hissasi: Zohiran yerga urilgan qoziqlar kabi ko’ringan tog’larni ko’rar, ulardagi manfaat va ne`matlarini o’ylar, Xoliqiga shukr etar.
Bir shoirning bu kalomdan hissasi: Zamin bir poydevor va ko’k qubbasi ustida qo’yilgan yashil va elektr chiroqlari ila bezalgan bir muhtasham chodir, ufuqni bir doira suratida va samoning etaklari boshida ko’ringan tog’larni u chodirning qoziqlari misolida faraz qilar. Sone`i Zuljaloliga hayratkorona parastish etar.
Chodirda yashovchi bir adibning bu kalomdan nasibasi: Zaminning yuzini bir cho’l va sahro, tog’larning silsilalarini juda ko’p va juda farqli badaviy chodirlari kabi go’yo tuproq tabaqasi yuksak tirgaklar ustida otilgan, u tirgaklarning o’tkir uchlari u tuproq pardasini yuqoriga ko’targan, bir-biriga boqadigan juda ko’p farqli maxluqotning maskani sifatida tasavvur etar. U buyuk azamatli maxluqlarni bunday yer yuzida chodirlar kabi osonlik bilan qurgan va qo’ygan Fotiri Zuljaloliga qarshi hayrat sajdasi etar.
Jo’g’rofiyachi bir adibning u kalomdan hissasi: Yer kurrasi havo yoki efir okeanida suzgan bir kema va tog’larni u kemaning ustida tasbit va muvozana uchun urilgan qoziqlar va tirgaklar shaklida tafakkur etar. U katta yer kurrasini muntazam bir kema kabi qilib, bizlarni ichiga qo’yib, olamning atrofida kezdirgan Qodiyri Zulkamolga qarshi سُبْحَانَكَ مَا اَعْظَمَ شَانَكَ der.
Madaniyat va ijtimoiy hay`atning mutaxassis bir hakimining bu kalomdan hissasi: Zaminni bir xona va u xonaning tirgagi hayvonlar hayoti va hayvonlar hayotining tirgagi hayot shartlari bo’lgan suv, havo va tuproqdir. Suv va havo va tuproqning tirgagi va qozig’i tog’lardir. Zero tog’lar suvning xazinasi, havoning tarog’i (zararli gazlarni cho’ktirib, havoni tozalar) va tuproqning homiysi (botqoqlikdan va dengizning istilosidan muhofaza etar) va boshqa inson hayotiga kerakli narsalarning xazinasi sifatida tushunar. Shu katta tog’larni shu surat ila hayotimiz xonasi bo’lgan zaminga tirgak qilgan va maishatimizga xazinador tayin etgan Sone`i Zuljaloli Val Ikromga kamoli ta`zim ila hamdu sano etar.
Fizika ilmi bir faylasufining shu kalomdan hissasi shudirki: Yer kurrasining qornida ba`zi o’zgarishlar va to’planishlar natijasi bo’lib hosil bo’lgan zilzila va silkinishlarni tog’larning chiqishi ila sukunat topganini va mador va o’qidagi barqarorligiga va zilzilaning chalqanishi ila aylanish doirasidan chiqmasligiga sabab tog’larning chiqishi bo’lganini va zaminning hiddati va g’azabi tog’larning tuynuklaridan nafas olmoq ila sukunat etganini fahm etar, tamoman iymonga kelar. اَلْحِكْمَةُ لِلّهِ der.
Аудио мавжуд эмас