So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 268
(252-310)
Xullas, haqiqatlar silsilasi bo’lgan shu oyatlarning yuzlab javharlaridan yolg’iz ifhom va ilzomga doir bitta bayon javharini ijmolan bayon etdik. Agar iqtidorim bo’lsaydi, bir nechta javharlarini yana ko’rsatsaydim, "Shu oyatlar bir o’zi bir mo’`jizadir" sen ham der eding.
Ammo ifhom va ta`limdagi Qur`on bayonlari shu qadar g’aroyibdir, shu daraja latofatli va salosatlidirki, eng oddiy bir omi eng chuqur bir haqiqatni uning bayonidan osoncha anglar. Ha, Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayon ko’p chuqur haqiqatlarni umumiy nazarni erkalaydigan, ommaning hissini ranjida etmaydigan, avom fikrini rohatsiz etib charchatmaydigan bir suratda oddiy va zohirona aytmoqda, dars bermoqda. Qandayki bir bola bilan gaplashilsa, bolalarcha ta`birlar iste`mol etilar. Xuddi shuning kabi: تَنَزُّلاٰتٌ اِلٰهِيَّةٌ اِلٰى عُقُولِ الْبَشَرِ deyilgan mutakallim uslubida muxotobning darajasiga so’zi ila nozil bo’lib shunday gaplashgan Qur`onning uslublari eng mutabahhir olimlarning fikrlari ila yetisholmagan Ilohiy chuqur haqiqatlar va Rabboniy sirlarni mutashabehot suratida bir qism tashbehlar va tamsillar ila eng ummiy bir omiga anglatar. Masalan: اَلرَّحْمنُ عَلَى الْعَرْشِ اسْتَوَى bir tamsil ila Allohning rububiyatini saltanat misolida va olamning tadbirida rububiyat martabasini bir Sultonning saltanat taxtida turib hukumatni boshqargani kabi bir misolda ko’rsatmoqda. Ha, Qur`on bu koinot Xoliqi Zuljalolining kalomi bo’lib, rububiyatining eng buyuk martabasidan chiqib, umum martabalar ustiga kelib, u martabalarga chiqqanlarni irshod etib, yetmish ming pardalardan o’tib, u pardalarga boqib nurlantirib, fahm va zakovat jihatidan farqli minglab tabaqa muxotoblarga fayzini tarqatib va nurini nashr etib qobiliyat jihatidan boshqa-boshqa asrlar, davrlar ustida yashagan va bu qadar to’kinlik ila ma`nolarini o’rtaga sochgani holda mukammal shabobatidan, yoshligidan zarra qadar zoye etmasdan g’oyat tarovatda, nihoyat latofatda qolib g’oyat yengil bir tarzda, imkonsiz darajada oson bir suratda har omiga anglayishli dars bergani kabi; ayni darsda, ayni so’zlar ila fahmlari farqli va darajalari bir-biridan boshqacha juda ko’p tabaqalarga ham dars berib qanoatlantirgan, to’ydirgan mo’`jiznamo bir kitobning qaysi tarafiga diqqat etilsa, albatta bir i`joz shu`lasi ko’rilishi mumkin.
Al-hosil: Qandayki "Alhamdulillah" kabi Qur`oniy bir lafz o’qilgani zamon tog’ning qulog’i bo’lgan g’orni to’ldirgani kabi, ayni lafz chivinning kichkina quloqchasiga ham tamoman yerlashar. Aynan shuning kabi: Qur`onning ma`nolari tog’ kabi aqllarni to’ydirgani kabi, chivin kabi kichkina sodda aqllarni ham ayni so’zlar ila ta`lim etar, qondirar. Zero Qur`on butun insu jinning butun tabaqalarini iymonga da`vat etar. Ham umumiga iymonning ilmlarini ta`lim etar, isbot etar. Unday bo’lsa, avomning eng ummiysi havasning eng xosiga yelkama-yelka, tizzama-tizza berib, barobar Qur`oniy darsni tinglab istifoda etadilar. Demak Qur`oni Karim shunday bir Samoviy dasturxondirki, minglab har xil tabaqada bo’lgan fikrlar va aqllar va qalblar va arvohlar u dasturxondan ozuqalarini topmoqdalar, ishtahalarini ochgan narsalarni olmoqdalar. Orzulari o’rniga kelar. Hatto juda ko’p eshiklari yopiq qolib istiqbolda keladiganlarga qoldirilgandir. Shu maqomga misol istasang, butun Qur`on boshdan oxiriga qadar bu maqomning misollaridir. Ha, butun mujtahidlar va siddiqlar va Islom faylasuflari va muhaqqiqlar va fiqh ilmi ulamolari va kalomchilar va orif avliyolar va oshiq qutblar va mudaqqiq olimlar va avom musulmonlar kabi Qur`onning talabalari va darsini tinglaganlar barobar bo’lib demoqdalarki: "Darsimizni go’zal ravishda tushunmoqdamiz". Al-hosil, boshqa maqomlar kabi ifhom va ta`lim maqomida ham Qur`onning i`joz yog’dulari porlamoqda.
Аудио мавжуд эмас