So’zlar | yigirma beshinchi so’z | 266
(252-310)
اَمْ هُمُ الْخَالِقُونَ Va yoxud: Fir`avnlashmish moddiyun kabi "O’z-o’zlariga bo’lmoqdalar. O’z-o’zilarni ozuqlantirmoqdalar. O’zlariga lozim bo’lgan hamma narsani yaratmoqdalar" fikr qilmoqdalarmiki, iymondan, ubudiyatdan chekinadilar. Demak o’zlarini bittadan Xoliq deb o’ylaydilar. Holbuki bitta narsaning Xoliqi har bir narsaning Xoliqi bo’lmoq lozim kelar. Demak kibr va g’ururlari ularni nihoyat darajada ahmoqlashtirganki, bir chivinga, bir mikrobga qarshi mag’lub mutlaq bir ojizni bir Qodiyri Mutlaq deb o’ylaydilar. Modomiki bu daraja aqldan, insoniyatdan sukut etganlar. Hayvondan, balki jonsizlardan yanada pastdirlar. Unday bo’lsa, bularning inkorlaridan xafa bo’lma. Bularni ham bir navi zararli hayvon va chirkin moddalar qatoriga qo’sh. Qarama, ahamiyat berma.
اَمْ خَلَقُوا السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضَ بَلْ لاَيوُقِنُونَ Va yoxud: Xoliqni inkor etgan fikrsiz, ahmoq muattila kabi Allohni inkor etadilarmiki, Qur`onni tinglamaydilar. Unday bo’lsa, samovot va yerning vujudlarini inkor etsinlar va yoxud "Biz ijod etdik" desinlar. Butun-butun aqlning tarozisidan chiqib, devonalikning xazayoniga kirsinlar. Chunki samoda yulduzlari qadar, zaminda chechaklari qadar tavhid burhonlari ko’rinmoqda, o’qilmoqda. Demak yaqiynga va haqqa niyatlari yo’qdir. Bo’lmasa "Bir harf kotibsiz bo’lmas" bilganlari holda, qanday bir harfida bir kitob yozilgan shu koinot kitobini kotibsiz deb o’ylaydilar.
اَمْ عِنْدَهُمْ خَزَائِنُ رَبِّكَ Va yoxud: Janobi Haqning ixtiyorini inkor etgan bir qism zalolatdagi faylasuflar kabi va Brahmandlar kabi payg’ambarlik asosini inkor etmoqdalarmi? Senga iymon keltirmayotilar. Unday bo’lsa, butun mavjudotda ko’ringan va ixtiyor va irodani ko’rsatgan butun hikmat asarlarini va g’oyalarni va intizomlarni va foydalarni va rahmat va inoyat asarlarini va butun anbiyolarning butun mo’`jizalarini inkor etsinlar yoki "Maxluqotga berilgan ehsonlarning xazinalari yonimizda va qo’limizdadir" desinlar. Xitob qila oluvchi bo’lmaganliklarini ko’rsatsinlar. Sen ham ularning inkoridan xafa bo’lma. Allohning aqlsiz hayvonlari ko’pdir ayt.
اَمْ هُمُ الْمُصَيْطِرُونَ Va yoxud: Aqlni hokim qilgan mutahakkim Mo’`tazila kabi o’zlarini Xoliqning ishlariga nazoratchi va taftishchi deb o’ylab Xoliqi Zuljalolni mas`ul tutmoq istaydilarmi? Qat`iyan umidsiz bo’lma. Unday xudbinlarning inkorlaridan bir narsa chiqmas. Sen ham ularga e`tibor berma..
اَمْ لَهُمْ سُلَّمٌ يَسْتَمِعُونَ فِيهِ فَلْيَأْتِ مُسْتَمِعُهُمْ بِسُلْطَانٍ مُبِينٍ Va yoxud: Jin va shaytonga ergashib kohinlar, spiritizmachilar kabi g’ayb olamiga boshqa bir yo’l topilgan deb o’ylaydilarmi? Unday bo’lsa, shaytonlariga yopilgan samovotga u bilan chiqiladigan bir norvonlari bor deb o’ylayotirlarmiki, sening samoviy xabarlaringni yolg’onga chiqarmoqdalar. Bunday yolg’onchilarning inkorlari hech hukmidadir.
اَمْ لَهُ الْبَنَاتُ وَلَكُمُ الْبَنُونَ Va yoxud: O’n aql va navlarning rabbi nomi ila sheriklarni e`tiqod etgan mushrik falsafa kabi va yulduzlarga va maloikalarga bir navi uluhiyat nisbat etgan Sobiiyun kabi Janobi Haqqa valad nisbat etgan mulhid va zalolatdagilar kabi Zoti Ahad va Samadning vujubi vujudiga, vahdatiga, samadiyatiga, mutlaq ehtiyojsizligiga zid bo’lgan valadni nisbat va maloikalarning ubudiyatiga va ismatiga va jinsiyatiga zid bo’lgan ayol jinsiga nisbat etadilarmi?
Аудио мавжуд эмас