So’zlar | uchinchi so’z | 14
(13-14)
Xullas, ey nafsi sarkash!
Bilki, u ikki yo’lchining biri Qonuni Ilohiyga itoatkor, ikkinchisi osiy va havo-i nafsiga tobe insondir. U yo’l esa, hayot yo’lidirki, Ruhlar Olamidan kelib, qabrdan o’tadi, oxirat sari ketadi. U jomadon va qurol ibodat va taqvodir. Ibodatning garchi zohiran bir og’irligi bo’lsada, lekin ma`nosida shunday bir rohat va yengillik borki, ta`riflab bo’lmas. Chunki Obid, ya`ni ibodatgo’y namozida deydiki, اَشْهَدُ اَنْ لاَ اِلهَ اِلاَّ اللّهُ Ya`ni: "Undan boshqa Xoliq va Razzoq yo’q. Zarar va manfaat Uning qo’lidadir. U Hakiymdir. Hikmatsiz ish qilmas. Ham Rahiymdir. Ehsonu marhamati ko’pdir",- deya e`tiqod qilgani tufayli har narsada bir rahmat xazinasining eshigini topadi. Duo ila u eshikni qoqadi. Ham har narsani o’z Rabbining amriga tobe deb biladi. Rabbiga iltijo etadi.. Tavakkul ila unga suyanib, har qanday musibat qarshisida undan panoh so’raydi. Iymoni unga tom bir xotirjamlik beradi.
Ha, har bir haqiqiy hasanot kabi, jasoratning manbai ham iymondir, ibodatdir. Har bir gunoh kabi, qo’rqoqlikning manbai ham zalolatdir.
Ha, yer kurrasi bomba bo’lib portlasa ham, munavvarul qalb bo’lgan bir obidni qo’rqitmog’i amri-maholdir. Aksincha, u lazzatli bir hayrat ila Qudrati Samadoniyaning bir g’aroyibotini tomosha qiladi.
Lekin munavvarul aql deya tanilgan qalbsiz bir fosiq faylasuf esa, ko’kda bir kuyruqli yulduzni ko’rsa, yerda titrab, "Ajabo, bu bebosh yulduz sayyoramizga urilsa bormi?" deydi. Vahimaga tushadi. (Bir vaqtlar bunday bir yulduzdan Amriqo titradi. Ko’pchilik kechalari uylarini tark etdi.)
Ha inson nihoyatsiz narsalarga muhtoj bo’lgani holda, sarmoyasi yo’q hukmida... Nihoyatsiz musibatlarga duchor bo’lgani holda, iqtidori ham yo’q hukmida bo’lgan bir narsadir... Qo’li qayergacha yetsa, sarmoya va iqtidorining doirasi ham shu qadardir. Lekin orzu umidlari, alamlari va balolarining doirasi, ko’zi va xayoli yetgan va yetisha olgan joyga qadar kengdir. Bunchalar ojiz va zaif, faqir va muhtoj bo’lgan ruhi bashar uchun ibodat, tavakkul, tavhid, taslim naqadar ulkan bir foyda, bir saodat, bir ne`mat ekanini ko’r bo’lmagan har kim ko’rib, idrok etadi. Ma`lumdirki, zararsiz yo’l zararli yo’ldan hatto o’ntadan bir ehtimol bilan bo’lsada, ustun qo’yiladi. Holbuki, masalamiz bo’lgan ibodat yo’li zararsiz bo’lishi bilan birga, o’ndan to’qqiz ehtimol ila u yo’lda bir abadiy saodat xazinasi bor. Fisq va safohat yo’li esa, hatto fosiqning e`tirofi bilan ham manfaatsiz bo’lgani holda, o’ndan to’qqiz ehtimol ila abadiy zarar ko’rish tahlikasi bor ekanligi, barchaning qat`iy e`tiqodi darajasida, hadsiz Mutaxassis va Mushohada Ahlining shahodati ila sobitdir. Va Ahli Zavq va Ahli Kashfning bergan xabarlari ila muhaqqaqdir.
AL-HOSIL: Oxirat saodati kabi dunyo saodati ham ibodatda va Allohga askar bo’lmoqdadir. Shunday ekan, biz doimo اَلْحَمْدُ لِلّهِ عَلَى الطَّاعَةِ وَالتَّوْفِيقِ demog’imiz va musulmon bo’lganimizga shukr etmog’imiz lozim.
Аудио мавжуд эмас