So’zlar | beshinchi so’z | 18
(17-18)
Xullas, ey tanbal nafsim!
Ul beqaror jang maydoni — bu sertashvish dunyo hayotidir.
Ul qismlarga taqsimlangan lashkar — insonlar jamiyatidir.
Va ul qism esa — bu asrning Jamoati Islomiyasidir.
Ul ikki nafar esa: biri, dindagi farzlarini bilgan va bajargan, kaboirni tark qilgan va gunohlarni ishlamaslik uchun nafs va shaytonga qarshi jihod qilayotgan taqvodor musulmondir. Boshqasi, Razzoqi Haqiqiyni tuhmatga qo’yish darajasida maishat dardiga sho’ng’ib, farzlarni tark etgan va maishat yo’lida duch kelgan gunohlarni ishlagan ziyonkor fosiqdir.
Va ul ta`lim va ta`limot — avvalida namoz bo’lib, ibodatdan iboratdir.
Va ul jang esa — nafsu havo, insu jin shaytonlariga qarshi jihod etib, gunohlardan va razil axloqlardan, qalb va ruhini abadiy halokatdan qutqarmoqdir.
Va ul ikki vazifa: biri, hayotni berib, to’ydirmoqdir. Ikkinchisi, hayotni berganga va to’ydirganga ibodat etib yolvormoqdir. Unga tavakkul etib, omonlik topmoqdir. Ham eng porloq bir Zoti Samad San`atining Mo’`jizasi va Rabboniy Hikmatning bir g’aroyiboti bo’lmish hayotni kim bergan-yaratgan bo’lsa, rizq ila u hayotni to’ydirgan va davom ettirgan ham Udir. Undan boshqasi emas!
Dalil istaysanmi? Eng zaif, eng ongsiz hayvon hammadan yaxshi oziqlanadi (Meva qurtlari va baliqlar kabi). Eng ojiz, eng nozik maxluq eng yaxshi rizqni yeydi (Chaqaloqlar va hayvon bolalari kabi).
Ha, halol rizqning vositasi iqtidor va ixtiyor emasligini, balki ojizlik va zaiflik ekanini anglamoq uchun baliqlar ila tulkilarni, chaqaloqlar ila yirtqichlarni, daraxtlar ila hayvonlarni solishtirib ko’rmoq kifoyadir. Demak, maishat dardida namozini tark etgan kishi ta`limni va jangovor o’rnini tark etib, bozorda tilanchilik qilgan ul askarga o’xshaydi. Lekin Janobi Razzoqi Kariymning rahmat oshxonasidan o’z nasibasini namozini o’qigandan so’ng izlamog’i, boshqalarga zahmat bo’lmaslik uchun o’zi harakat qilmog’i yaxshidir, mardlikdir va bu ham bir ibodatdir.
Inson ibodat uchun yaratilganini fitrati va ma`naviy jihozlari bo’lmish tuyg’ulari ko’rsatib turadi. Zero, dunyoviy hayotiga lozim bo’lgan amal va iqtidor jihatida eng oddiy bir chumchuqqa ham yetisha olmaydi. Ammo ma`naviy va oxirat hayoti uchun lozim bo’lgan ilm va faqirlik bilan tazarru va ibodat jihatida hayvonotning sultoni va qo’mondoni hukmidadir.
Demak, ey nafsim! Agar dunyoviy hayotni g’oya-i maqsad qilsang va doim uning uchun ishlasang, eng oddiy bir chumchuq hukmida bo’lursan. Agar oxirat hayotini g’oya-i maqsad qilsang va bu hayotni esa unga vosita va ekinzor qilsang va unga ko’ra harakat qilsang, u vaqt hayvonotning buyuk bir qo’mondoni hukmida va bu dunyoda Janobi Haqning nozli va niyozdor bir quli, mukarram va muhtaram bir mehmoni bo’lursan.
Mana senga ikki yo’l! Istaganingni tanlashing mumkin. Hidoyat va tavfiqni esa Arhamur Rohimiyndan ista...

Аудио мавжуд эмас