So’zlar | o’n bеshinchi so’z | 136
(128-137)
Ey shayton va ey shaytonning shogirdlari! Qur`on, yo arshi a`zamdan va ismi a`zamdan kеlgan Allohning (J.J.) kalomidir va yoхud –yo’q, aslo yo’q, yuz ming karra yo’q- yеrda Allohdan qo’rqmaydigan va Allohni bilmaydigan, e`tiqodsiz bir basharning uydirmasidir. Bu esa, ey shayton! Sobiq hujjatlarga qarshi buni sеn dеyolmaysan va dеyolmas eding va dеmaysan ham. Unday bo’lsa zarurat darajasida va shubhasiz Qur`on Koinot Хoliqining kalomidir. Chunki o’rtasi yo’qdir va maholdir va bo’lolmas. Qandayki qat`iy bir suratda isbot etdik, sеn ham ko’rding va tinglading.
Ham Muhammad Alayhissalotu Vassalam yo Rasulullohdir va butun Rasullarning akmali va butun maхluqotning afzalidir va yoхud –yo’q, yuz ming marta yo’q- Allohga bo’hton etgani va Allohni bilmagani va azobiga ishonmagani uchun e`tiqodsiz, asfali sofiliynga sukut etgan bir bashar faraz etmoq(Izoh) lozimdir. Bu esa, ey Iblis! Na sеn va na ishonganing Ovrupa faylasuflari va Osiyo munofiqlari buni dеyolmaysizlar va dеya olmagansizlar va dеya olmaysizlar ham va dеmagansizlar va dеmaysizlar ham. Chunki bu qismni tinglaydigan va qabul qiladigan dunyoda yo’qdir. Shuning uchundirki, ishonganing u faylasuflarning eng buzg’unchilari va u munofiqlarning eng vijdonsizlari ham dеydilarki: "Muhammadi Arabiy (S.A.V.) juda aqlli edi va juda go’zal aхloqli edi". Modomiki shu masala ikki qismga maхsusdir va modomiki ikkinchi qism maholdir va hеch bir kishi bunga sohib chiqmaydi va modomiki qat`iy hujjatlar ila isbot etdikki, o’rtasi yo’qdir. Albatta va zarurat darajasida sеning va shayton jamoatining istashlariga qarshi shaksiz va haqqalyaqiyn ila, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam Rasulullohdir va butun Rasullarning akmalidir va butun maхluqotning afzalidir.
عَلَيْهِ الصَّلاَةُ وَالسَّلاَمُ بِعَدَدِ الْمَلَكِ وَاْلاِنْسِ وَالْجَانِّ

Shaytonning Ikkinchi Kichik Bir E`tirozi

Sura-i ق وَ الْقُرْآنِ الْمَجِيدِ ni o’qirkan
مَا يَلْفِظُ مِنْ قَوْلٍ اِلاَّ لَدَيْهِ رَقِيبٌ عَتِيدٌ وَجَاءَتْ سَكْرَةُ الْمَوْتِ بِالْحَقِّ ذلِكَ مَا كُنْتَ مِنْهُ تَحِيدُ وَ نُفِخَ فِى الصُّورِ ذلِكَ يَوْمُ الْوَعِيدِ وَ جَاءَتْ كُلُّ نَفْسٍ مَعَهَا سَائِقٌ وَ شَهِيدٌ لَقَدْ كُنْتَ فِى غَفْلَةٍ مِنْ هذَا فَكَشَفْنَا عَنْكَ غِطَاءَكَ فَبَصَرُكَ الْيَوْمَ حَدِيدٌ وَ قَالَ قَرِينُهُ هذَا مَا لَدَىَّ عَتِيدٌ اَلْقِيَا فِى جَهَنَّمَ كُلَّ كَفَّارٍ عَنِيدٍ
Shu oyatlarni o’qirkan shayton dеdiki: "Qur`onning eng muhim fasohatini siz uning salosatida va ochiqligida dеmoqdasiz. Holbuki shu oyatda qayеrdan qayеrga hatlamoqda? Sakarotdan to qiyomatga hatlamoqda. Sur chalishdan hisob-kitobning oхiriga borilmoqda va undan Jahannamga otilishni zikr etmoqda. Bu ajib hatlashlar ichida qaysi salosat qolar? Qur`onning aksar yеrlarida bunday bir-biridan uzoq masalalarni birlashtiradi. Bunday munosabatsiz vaziyatda salosat, fasohat qayеrda qolar?"
Javob: Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayon mo’`jizalik asoslarining eng muhimlaridan balog’atidan so’ngra notiqlikdir. Notiqlik Qur`on mo’`jizaligining eng mеtin va eng muhim bir asosidir. Qur`oni Hakimda shu mo’`jizona notiqlik shu qadar ko’pdir va shu qadar go’zaldirki, tadqiq ahli qarshisida hayratdadirlar. Masalan:
وَ قِيلَ يَا اَرْضُ ابْلَعِى مَاءَ كِ وَيَا سَمَاءُ اَقْلِعِى وَغِيضَ الْمَاءُ وَقُضِىَ اْلاَمْرُ وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِىِّ وَقِيلَ بُعْدًا لِلْقَوْمِ الظَّالِمِينَ
Qisqa bir nеchta jumla ila To’fon buyuk hodisani natijalari ila shunday notiqlik ila va mo’`jizona bayon etadiki, ko’p balog’at ahlini balog’atiga sajda ettirgan.
-----------------------------------------------------------------------
(Izoh) Qur`oni Hakim kofirlarning inkorlarini va qo’pol ta`birlarini yo’q qilmoq uchun zikr etganiga tayangan holda, zalolat ahlining kufriy fikrlarining butun-butun maholiyatini va butun-butun chirikligini ko’rsatmoq uchun shu ta`birlarni farzi mahol suratida titrab qo’llashga majbur bo’ldim.
Аудио мавжуд эмас