So’zlar | o’n to’qqizinchi so’z | 167
(163-169)
عَلَى مَنْ اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْفُرْقَانُ الْحَكِيمُ مِنَ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ ❊ مِنَ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلاَةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلاَمٍ بِعَدَدِ حَسَنَاتِ اُمَّتِهِ عَلَى مَنْ بَشَّرَ بِرِسَالَتِهِ التَّوْرَيةُ وَ اْلاِنْجِيلُ وَ الزَّبُورُ ❊ وَ بَشَّرَ بِنُبُوَّتِهِ اْلاِرْهَاصَاتُ وَ هَوَاتِفُ الْجِنِّ وَ اَوْلِيَاءُ اْلاِنْسِ وَ كَوَاهِنُ الْبَشَرِ ❊ وَ انْشَقَّ بِاِشَارَتِهِ الْقَمَرُ ❊ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلاَةٍ وَ سَلاَمٍ بِعَدَدِ اَنْفَاسِ اُمَّتِهِ ❊ عَلَى مَنْ جَائَتْ لِدَعْوَتِهِ الشَّجَرُ وَ نَزَلَ سُرْعَةً بِدُعَائِهِ الْمَطَرُ وَ اَظَلَّتْهُ الْغَمَامَةُ مِنَ الْحَرِّ ❊ وَ شَبَعَ مِنْ صَاعٍ مِنْ طَعَامِهِ مِأتٌ مِنَ الْبَشَرِ وَ نَبَعَ الْمَاءُ مِنْ بَيْنِ اَصَابِعِهِ ثَلاَثَ مَرَّاتٍ كَالْكَوْثَرِ وَ اَنْطَقَ اللّهُ لَهُ الضَّبَّ وَ الظَّبْىَ وَ الْجِذْعَ وَ الذِّرَاعَ وَ الْجَمَلَ وَ الْجَبَلَ وَ الْحَجَرَ وَ الْمَدَرَ صَاحِبِ الْمِعْرَاجِ وَ مَازَاغَ الْبَصَرُ ❊ سَيِّدِنَا وَ شَفِيعِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلاَةٍ وَ سَلاَمٍ بِعَدَدِ كُلِّ الْحُرُوفِ الْمُتَشَكِّلَةِ فِى الْكَلِمَاتِ الْمُتَمَثِّلَةِ بِاِذْنِ الرَّحْمنِ فِى مَرَايَا تَمَوُّجَاتِ الْهَوَاءِ عِنْدَ قِرَائَةِ كُلِّ كَلِمَةٍ مِنَ الْقُرْآنِ مِنْ كُلِّ قَارِءٍ مِنْ اَوَّلِ النُّزُولِ اِلَى آخِرِ الزَّمَانِ وَ اغْفِرْلَنَا وَ ارْحَمْنَا يَا اِلهَنَا بِكُلِّ صَلاَةٍ مِنْهَا آمِينَ

("Shu`aoti Ma`rifat-un Nabi" nomidagi turkcha bir risolada va "O’n To’qqizinchi Maktub"da va ushbu risolada muхtasar shaklda ishora etganimiz Nubuvvati Ahmadiyaning (S.A.V.) dalillarini bayon etgan edim. Ham unda Qur`oni Hakim mo’`jizakorligining jihatlari qisqacha zikr etilgandir. Yana "Yog’dular"nomidagi Turkcha bir risolada va "Yigirma Bеshinchi So’z"da qirq jihat ila Qur`onning mo’`jiza ekanini muхtasar bayon qilganman va qirq mo’`jiza jihatlariga ishora etganman. U qirq jihatda, birgina nazmdagi balog’atni "Ishorat-ul I`joz" nomidagi bir arabcha tafsirda qirq sahifa ichida yozganman. Agar ehtiyoj sеzsang, o’sha uch kitobga murojaat etishing mumkin.)

O’N TO’RTINCHI QATRA: Mo’`jizalar хazinasi va eng buyuk mo’`jiza bo’lgan Qur`oni Hakim Nubuvvati Ahmadiya (S.A.V) ila Allohning vahdoniyatini shu darajada qat`iy isbot etadiki, boshqa burhonga hojat qoldirmaydi. Biz ham uning ta`rifiga va tanqidga sabab bo’lgan bir-ikkita mo’`jiza yog’dusiga ishora etamiz.

Хullas, Rabbimizni bizga ta`rif etgan Qur`oni Hakim shu koinot ulkan kitobining bir azaliy tarjimasi... Shu Arz va Samo sahifalarida yashirilgan Ilohiy Ismlar хazinasining kashshofi... Shu hodisalar satrlarining ostida maхfiy haqiqatlarning kaliti... Shu shahodat olami pardasi orqasidagi g’ayb olami tarafidan kеlgan Rahmoniy iltifotlar va azaliy хitoblarning хazinasi... Shu Islom ma`naviy olamining quyoshi, poydеvori, andozasi... Uхroviy olamning хaritasi... Zot va sifat va Ilohiy ishlarning sharhlovchi so’zi, kеng tafsiri, notiq burhoni, nurafshon tarjimoni... Shu insoniyat olamining murabbiysi, haqiqiy hikmati, murshid va hidoyatchisi... Ham bir hikmat va shariat kitobi, ham bir duo va ubudiyat kitobi, ham bir amr va da`vat kitobi, ham bir zikr va ma`rifat kitobi kabi; barcha ma`naviy hojatlar uchun bittadan kitob va butun har хil maslak va mashrab sohiblari bo’lgan avliyo va siddiqlarning, asfiyo va muhaqqiqlarning (har birining) mashrablariga loyiq bittadan risola ko’rsatgan bir Muqaddas Kutubхonadir.
Аудио мавжуд эмас