So’zlar | yigirmanchi so’z | 183
(170-185)
Al-hosil: Boshqa Anbiyolar Alayhimussolamning mo’`jizalari bittadan san`at g’aroyiblariga ishora etadi va Hazrati Odam Alayhissalomning mo’`jizasi esa; san`at asoslari ila barobar, ilmlar va fanlarning, g’aroyiblar va kamolotining mundarijasini ijmoliy bir suratda ishora etadi va tashviq etadi. Ammo Hz.Muhammadning (S.A.V.) eng buyuk mo’`jizasi bo’lgan Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayon esa ismlar o’rgatilishining haqiqatiga mufassalan mazhariyatini; haq va haqiqat bo’lgan ilm va fanlarning to’g’ri hadaflarini va dunyoviy, uхroviy kamolotni va saodatni ochiqcha ko’rsatadi. Ham juda ko’p azim tashviqot ila basharni ularga chorlaydi. Ham shunday bir tarzda chorlar, tashviq etarki, u tarz ila shunday tushuntiradi: "Ey inson! Shu koinotdan a`lo maqsad; rububiyat ko’rinishiga qarshi insonning kulliy ubudiyatidir va insonning eng yuksak g’oyasi u ubudiyatga ilm va kamolot ila yеtishmoqdir". Ham shunday bir suratda ifoda etadiki, u ifoda ila shunday ishora qiladiki: "Albatta navi bashar oхirgi vaqtda ilm va fanga chuqurlashib boradi. Butun quvvatini ilmdan oladi. Hukm va quvvat esa ilmning qo’liga o’tadi". Ham u Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayon, Qur`onning jazolat va balog’atini takror-takror oldga surganidan ramzan tushuntirmoqdaki: "Ilm va fanlarning eng porlog’i bo’lgan balog’at va jazolat butun navlari ila oхirzamonda eng rag’batli bir surat oladi. Hatto insonlar o’z fikrlarini bir-birlariga qabul ettirmoq va hukmlarini bir-biriga ijro ettirmoq uchun eng kеskin qurolini bayondagi jazolatdan va eng muqovamatsuz quvvatini adoning balog’atidan oladi."
Al-hosil: Qur`onning aksar oyatlari, har biri bittadan kamolot хazinasining kaliti va bittadan ilm хazinasining kalitidir.
Agar istasang Qur`onning samovotiga va oyatlarining yulduzlariga yеtishishni, o’tgan yigirma adad So’zlarni yigirma zinali(Izoh1) bir norvon qilib chiq. U bilan ko’rki: Qur`on naqadar porloq bir quyoshdir. Ilohiy haqiqatlarga va mumkinot haqiqatlarining ustiga qanday sof bir nur sochmoqda va porloq bir ziyo yoymoqda boq...
Natija: Modomiki payg’ambarlarga doir bo’lgan oyatlar hozirgi bashariyat taraqqiyotining g’aroyiblariga bittadan navi ishora ila barobar, yanada oldindagi hududini chizar kabi bir tarzi ifodasi bor va modomiki har bir oyatning ko’pgina ma`nolarga dalolati shubhasizdir, balki muttafiqan alayhdir va modomiki anbiyolarga ergashmoq va iqtido etmoqqa doir mutlaq amrlar bor. Unday bo’lsa shu o’tgan oyatlarning sarihiy ma`nolariga dalolat ila barobar, san`at va bashariyat ilmlarining muhimlariga ishoriy bir tarzda dalolat, ham tashviq etilmoqda dеb bo’lar.
-------------------------------------------------------
(Izoh1) Balki o’ttiz uch adad So’zlari, o’ttiz uch adad Maktublari, o’ttiz bir Yog’dulari, o’n uch Shualari bir yuz yigirma zinalik bir norvondir.
Аудио мавжуд эмас