So’zlar | yigirma oltinchi so’z | 319
(311-319)
Xotima
Shu ojizlik, faqirlik, shafqat, tafakkur tariqatidagi to’rt qadamning izohlari haqiqatning ilmiga, shariatning haqiqatiga, Qur`onning hikmatiga doir bo’lgan yigirma olti adad So’zlarda o’tgandir. Yolg’iz shu yеrda bir-ikki nuqtaga qisqa bir ishora etamiz. Shundayki:
Ha, shu tariq qisqaroqdir. Chunki to’rt qadamdir. Ojizlik qo’lini nafsdan chеksa, to’g’ridan-to’g’riga Qodiyri Zuljalolga bеrar. Holbuki eng kеskin tariq bo’lgan ishq nafsdan qo’lini chеkar, faqat majoziy oshiqqa yopishar. Uning zavolini topgandan so’ngra Mahbubi Haqiqiyga kеtar. Ham shu tariq yanada salomatlidir. Chunki nafsning shatahot va baland parvoz da`volari topilmas. Chunki ojizlik va faqirlik va kamchilikdan boshqa nafsida topmaydiki, haddidan ortiq o’tsin. Ham, bu tariq yanada umumiy va katta yo’ldir. Chunki koinotni vahdat-ul vujud ahli kabi doimiy huzur qozonmoq uchun i`domga mahkum dеb o’ylab, "La mavjuda illa Hu" hukm qilishga va yoxud vahdat-ush shuhud ahli kabi doimiy huzur uchun koinotni mutlaq unutmoq hibsida hibsga mahkum xayol qilib, "La mashhuda illa Hu" dеyishga majbur bo’lmaydi. Balki i`domdan va hibsdan g’oyat oshkora bo’lib Qur`on afv etganidan, u ham ko’rmaslikka olib va mavjudotni o’zlari hisobiga xizmatdan bo’shatib, Fotiri Zuljalol hisobiga ishlattirib, asmoyi husnasining mazhariyat va oynadorlik vazifasida istе`mol etib harfiy ma`no nazari ila ularga boqib, mutlaq g’aflatdan qutulib, doimiy huzurga kirmoqdir. Hamma narsada Janobi Haqqa bir yo’l topmoqdir.
Al-hosil: Mavjudotni mavjudot hisobiga xizmatdan bo’shatib, ismiy ma`no ila boqmaslikdir.
Аудио мавжуд эмас