So’zlar | Lug’at | 548
(511-605)
makruh-noxush ko’rilgan narsa; *(fiqh) shariatning harom qilmagan, faqat zarurat bo’lmasdan qilinishiga izn bermagan, shubhaga tayangan dalil ila qilinishi joiz bo’lmagan ish; minnat, shiddat
maktuboti Rabboniya-hamma narsani tarbiya etgan Allohning yaratgan va har biri bir maktub kabi ma`nolar ifoda etgan borliqlar
malaki muakkal-muayyan bir ish ila vazifalantirilgan malak
malaki notiq-gapirgan malak
malakiy-malakka mansub, malak ila aloqali; hukumdorga oid
malakut-to’liq bir hokimiyat ila Ilohiy Saltanatning ta`sir va idorasining sirlari; har narsaning o’z martabasida u martabaga munosib ruhi, joni, haqiqati; bir narsaning ich yuzi, ich jihati; hukmdorlik, saltanat; ruhlar olami
malakutiyat-ichki yuz, har narsaning pardasiz bo’lib Allohga (J.J.) yuzlangan bo’lgani va sabab, shart va vositalarning bo’lmagan toza ma`naviy ich yuzi
malakutiyati ashyo-har narsaning o’z martabasida bo’lishi, har narsaning o’ziga munosib ruhi, joni va haqiqati bo’lishi
Malak-siymo-malak yuzli, chiroyli va ma`sum chehrali
malik-mulk va malakut sohibi, podshoh, tasarrufchi, bir qavmning sardori
Maliki Kariym-juda saxiy va ko’p ikromda bo’lgan va hamma narsaning sohibi bo’lgan Alloh (J.J.)
Maliki Qodiyr-kuchli hukmdor, hamma narsaga kuchi yetgan hukmdor
Maliki Rahiym-juda marhamatli va hamma narsaning sohibi bo’lgan Alloh
Maliki Yavmiddin-U hisob kunining sohibidir
Maliki Ziyshon-shon sohibi va hamma narsaning sohibi bo’lgan Alloh
Maliki Zuljalol-cheksiz buyuklik va har narsaning sohibi bo’lgan Alloh
Maliki Zulkamol-cheksiz kamol va hamma narsaning sohibi bo’lgan Alloh (J.J.)
malikiyat-malik va sohib bo’lmoq, sohiblik
Malik-ul Mulk-butun mulkning haqiqiy maliki bo’lgan Alloh (J.J.)
Malik-ul Mulk va Malakut-koinot va ruhoniylarning egasi, sohibi
Malik-ul Mulki Zuljalol-ko’ringan moddiy olamning sohibi va shoni buyuk bo’lgan Janobi Haq
Malik-ul Mulki Zuljaloli Val-jamoli Val-ikrom-ko’ringan moddiy olamning sohibi, shoni buyuk, go’zallik sohibi va ikromi mo’l bo’lgan Janobi Haq
Maloika-i arziya-dunyodagi ishlar ila vazifador malaklar
Maloika-i Ilohiy-Allohning malaklari
Maloika-i Muqarrabin-Allohga (J.J.) juda yaqin buyuk malaklar
maloikatulloh-Allohning malaklari
mal`un-la`natlangan, quvilgan, la`natga loyiq
mamar-o’tiladigan joy, yo’l, o’tish joyi
mamduh-maqtalgan
mamluk-qul, xizmatchi
mamlukiyat-asirlik, xizmatkorlik, qullik
Mamnu`-man etilgan
mamot-o’lim
mamsuh-ma`naviy tuzilishi va shakli buzilib hayvonlashgan
manbai haq-haqning manbai
Manfa`at-ul A`zo Fani-badandagi a`zolarning foydalarini tushuntirgan ilm
Аудио мавжуд эмас