So’zlar | Lug’at | 579
(511-605)
siddiqiyn-dinga to’g’rilik ustida samimiy bog’liq bo’lganlar, siddiq bo’lganlar, Hz.Abu Bakr (R.A.) kabi bo’lganlar va uning izini ta`qib etganlar, Alloh yo’lining sadoqatda eng oldin bo’lganlari
siddiqiyat-to’g’rilik
Sidra-daraxtga tashbeh ila o’xshatilgan, yettinchi qavat osmondagi bir maqom ismi
Sidrat-ul Muntaho-yaratganlarining ilmining va amalining o’zida nihoyat topib, ichida bo’lganimiz modda olami bo’lgan kavn olamini chegaralagan bir ishora; yettinchi qavat osmonda bo’lgani rivoyat etilgan va Payg’ambarimizning (S.A.V.) yetishgan eng so’nggi maqom
sidq-to’g’rilik
sidqi jononiy-qalblarning sodiq bo’lishi, sadoqatli qalblar
Sifati iroda-Janobi Haqning amr va irodasini bildirgan, ko’rsatgan hol va kayfiyat
Sifati kalom-gapirish sifati
sifati muqaddasa-muqaddas sifatlar
Sifati Qudsiya-Allohning muqaddas, toza va yuksak sifatlari; ojizlik, kamchilik va nuqsonliklardan uzoq, yaratilganlarning vasflaridan uzoq va ularga o’xshamagan muqaddas sifat
sijoat-qushlarning chug’urlashlari
sikka-i i`joz-mo’`jizalik muhri
sikka-i shar`iy-shariatning muhri, tamg’asi
silla-ta`zir, shapaloq
silsila-bir-biriga bog’langan, zanjir, zanjir kabi bir-biriga birlashgan bo’lgan; avlod; ketma ket kelgan narsalarning hosil bo’lgan qatori
siri azim-buyuk sir, koinotdagi Ilohiy nizomning siri
siri hasan-go’zallikning siri
siri hikmat-foyda va g’oyaning siri
Siri nizomi olam-olam nizomining siri
siri tavhid-Alloh birligining siri
siri tanosulot-ko’paymoq siri
Siri taovun-yordamlashmoq siri
siri tasonud-tayanish siri
siri tashri`y-shar`iy qonunlarning siri
siri xilqat-yaratilish siri
sirkat-o’g’rilik
siroj-Quyosh, qandil
Siroji Haqiqat-haqiqat oydinligi
Sirot Ko’prigi-Jannatga keta olish uchun harkasning ustidan o’tishga majbur bo’lgan va Jahannam ustida qurilgan ko’prik
Siroti mustaqim-eng to’g’ri yo’l, Islomiyat yo’li, Haq yo’li, Alloh rozi bo’ladigan eng to’g’ri yo’l; Payg’ambarlarning, avliyo va solihlarning, siddiqiynlarning ketgan yo’llari
Sirran tanavvarot-yashirin va sir pardasi ostida porlamoq, oydinlatmoq
siyar-Payg’ambarimizning (S.A.V.) hayoti, axloqi va yashash tarzi bo’lgan, uning g’oyasi va insoniyatni irshod etgan maslagidan bahs etgan kitob
siyla-i rahm-xesh-aqrabolarni ziyorat etmoq, ular bilan bordi-keldi qilmoq
siyoq-so’z kelishi, ifoda tarzi; uslub, tarz; ruhning chiqishi
siyosati hozira-hozirgi dunyoviy siyosat
Siyosati madaniy-madaniy siyosat
Аудио мавжуд эмас