So’zlar | Lug’at | 583
(511-605)
taassubi mazhab-mazhab yoki guruh taassubi
taassurot-qayg’ular, g’amlar
taassuf-afsuslanmoq, nadomat qilmoq
taayyun-maydonga chiqmoq, ma`lum bo’lmoq, o’rtaga chiqmoq
Taayyunoti e`tiboriya-Alloh nazdida va ilmi doirasida bir narsaning bor bo’lib hanuz shaklan o’rtaga chiqmagan bo’lishi
tabaddul-o’zgarmoq, boshqalashmoq, bir-birining o’rniga o’tmoq
tabaqa-i avom-xalqdan ilmu irfoni kam bo’lganlarning tabaqasi
Tabaqa-i havas-yashash jihatidan boy yoki ilm jihatidan ustun bo’lgan ijtimoiy sinf
tabaqot-tabaqalar, qavatlar, guruhlar, darajalar
tabaqoti bashar-bashar tabaqalari
tabarri-aloqasiz bo’lmoq, yuz o’girmoq, uzoq turmoq; toza bo’lmoq
tabdil-o’zgartirmoq
Tabiat Ilmlari-fizika, ximiya, botanika fanlari kabi
Tabiati arz-yerning yaratilishi
Tabiati insoniy-insonning fitrati, tabiati
tabiiyun-tabiatchilar, naturalistlar, "hamma narsani tabiat qiladi" deb, Allohdan ma`nan uzoqlashganlar
tablig’-bildirmoq, yetkazmoq
taboudi ajib-ajib bir uzoqlashmoq, g’arib bir zidlashmoq
Tadalli-tavozu` ko’rsatmoq, nozlanmoq, pastga tushmoq, egilmoq
tadanniyot-pastga tushish
tadanniy-past tushmoq, yanada yomon darajaga tushmoq
tadorik-qo’lga kiritmoq, hozirlamoq
tadofu`-bir-birini daf etmoq, mudofaa etmoq
tadoxul-ichma-ich bo’lmoq, bir-biri ichiga kirmoq, yig’ilib qolmoq, qorishmoq
tado`iy-bir narsani xotirga keltirmoq, bir narsaning boshqa narsani xotiraga keltirishi, yiqilib xarob bo’lmoq, bir-birini bir ish uchun da`vat etmoq
tado`iyi afkor-bir firkning (tushunchaning) boshqa fikrni (tushunchani) xotirga keltirishi
tadrijan-oz-ozdan, kam-kam
tadrijiy-asta-asta oldinga borish ila aloqali, daraja-daraja oldinga ketish ila aloqali
tafarruot-bir narsaning butun nozikliklari, tafsilotlari
tafviz-birisiga qoldirmoq, ishini Allohga (J.J.) havola etmoq
tafovut-farqlilik, farqli farqli bo’lmoq, ayriliq
tafovutli-bir-biridan farqli
tafrit-normal holdan past bo’lmoq; ifrotning aksi
tafsil-ochiqlamoq, sharh va bayon qilmoq, izoh etmoq
tafsilan-batafsil
tafsir ahli-mufassirlar, Qur`onni tafsir etganlar, Qur`onning kalima va jumlalarini, ma`no va haqiqatlarini izoh va isbot etganlar
tafsiri sharif-yuksak va qiymatli tafsir
tafsiri Qur`on-Qur`on tafsiri
taftishchi-tadqiq va tahqiq ila kamchilik va yaxshi tomonlarni ko’rib tushungan va kerakli joylarga bildirgan
tahabbub-sevgi ko’rsatmoq, bir kishini do’st qabul qilmoq
Аудио мавжуд эмас