So’zlar | to’rtinchi so’z | 16
(15-16)
Ul yigirma to’rt oltin - yigirma to’rt soat — har kungi umrdir.
Ul go’zal go’sha — jannatdir.
Ul bekat esa — qabrdir.
Ul sayohat — qabrga, qiyomatga, abadiyatga ketiladigan inson safaridir. Amalga ko’ra, taqvo quvvatiga ko’ra ul uzun yo’lni farqli darajalarda bosib o’tadilar. Bir qism taqvo ahli ming yillik yo’lni yashin kabi bir kunda kesib o’tadi. Bir qismi esa ellik ming yillik bir masofani bir kunda bosib o’tadi. Qur`oni Azimushshon bu haqiqatga ikki oyati ila ishora qiladi.
Ul chipta esa — namozdir. Besh vaqt namoz uchun, tahorati ila, yolg’iz bir soatgina vaqt kifoya qiladi.
Ajabo, yigirma uch soatini bu qisqagina dunyoviy hayotga sarflagan va ul uzun abadiy hayotga bir soatini ham sarflamagan inson naqadar zarar qiladi, naqadar nafsiga zulm etadi, naqadar aqliga xilof ish tutadi! Zero, ming odam ishtirok etgan bir lotoreya qimoriga, garchi yutish ehtimoli mingdan birga teng bo’lsa ham, yarim molini tikishni aqli qabul qilsa-yu, ammo yigirma to’rtdan bir molini yuzdan to’qson to’qqiz ehtimol ila yutishi tayin bo’lgan bir abadiy xazinaga bermaslik naqadar aqlga va hikmatga xilof harakat ekanini, naqadar aqldan uzoq bo’lishini, o’zini oqil hisoblagan har odam anglamasmi?
Holbuki namozda ruhning, qalbning va aqlning buyuk bir rohati bor. Badanga ham u qadar og’ir ish emas.
Ham namoz o’qiganning muboh bo’lgan boshqa dunyoviy amallari go’zal bir niyat ila ibodat hukmini oladi. Bu shaklda butun umr sarmoyasini oxiratga mulk qila oladi, foniy umrini bir jihatda boqiylashtiradi.

Аудио мавжуд эмас