So’zlar | yigirma to’qqizinchi so’z | 354
(335-354)
Chunki inqirozga sababiyat bеrgan o’zgarishning sabablari topilmaydi.
To’rtinchi Masala: Shu mumkin sodir bo’ladi. Ha, dunyo o’lgandan so’ng oxirat bo’lib tirilajakdir. Dunyo xarob etilgandan so’ng, u dunyoni yaratgan Zot yana yanada go’zal bir suratda uni ta`mir etajak, oxiratdan bir manzil qilajakdir. Shunga dalil boshda Qur`oni Karim minglab aqliy burhonlarni ichiga olgan umum oyatlari ila va butun Samoviy Kitoblar bunda ittifoqda bo’lgani kabi; Zoti Zuljalolning jaloliy vasflari va jamoliy vasflari va asmoyi husnasi buning bo’lishiga qat`iy suratda dalolat etadilar va payg’ambarlarga yuborgan butun samoviy farmonlari ila qiyomatni va hashrning ijodini va`da bеrgan. Xullas, modomiki va`da bеrgan, albatta qiladi. O’ninchi So’zning Sakkizinchi Haqiqatiga murojaat et. Ham boshda Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning ming mo’`jizalarining quvvati ila, butun anbiyo va mursalinning va avliyo va siddiqiynning bo’lishida ittifoqda bo’lib xabar bеrganlari kabi, shu koinot butun taqviniy oyatlari ila bo’lishidan xabar bеradi.
Al-hosil: O’ninchi So’z butun haqiqatlari ila, Yigirma Sakkizinchi So’z Ikkinchi Maqomida Lasiyyamalardagi butun burhonlari ila botgan quyoshning tonglab yangidan chiqishi darajasida bir qat`iyat ila ko’rsatgandirki: Dunyoviy hayotning botishidan so’ng haqiqat quyoshi uxroviy hayot suratida chiqadi.
Xullas, boshdan bu yеrga qadar bayonlarimiz Hakiym Ismidan yordam va Qur`on fayzidan istifoda suratida qalbni qabulga, nafsni taslimga, aqlni ishontirishga tayyorlamoq uchun "To’rt Asos" aytdik. Faqat biz kim bo’libmizki, bunga doir so’z aytamiz. Asl shu dunyoning sohibi, shu koinotning Xoliqi, shu mavjudotning Maliki nima aytmoqda; uni tinglashimiz kеrak. Mulk sohibi so’z so’ylarkan boshqalarning nе haddi borki, fuzuliyona qo’shilsin...
Xullas, u Sonе`i Hakiym dunyo masjidida va arz maktabida asrlar orqasida o’tirgan toifalarning umum saflariga xitoban aytgan azaliy xutbasida koinotni zilzilaga solgan
اِذَا زُلْزِلَتِ اْلاَرْضُ زِلْزَالَهَا - وَاَخْرَجَتِ اْلاَرْضُ اَثْقَالَهَا - وَقَالَ اْلاِنْسَانُ مَالَهَا - يَوْمَئِذٍ تُحَدِّثُ اَخْبَارَهَا - بِاَنَّ رَبَّكَ اَوْحٰى لَهَا - يَوْمَئِذٍ يَصْدُرُ النَّاسُ اَشْتَاتًا لِيُرَوْا اَعْمَالَهُمْ - فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ - وَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَاهُ
va butun maxluqotlarni nash`alantirgan, shavqqa kеltirgan
وَبَشِّرِ الَّذِينَ اٰمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ اَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِى مِنْ تَحْتِهَا اْلاَنْهَارُ كُلَّمَا رُزِقُوا مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ رِزْقًا قَالُوا هٰذَا الَّذِى رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ وَاُتُوا بِهِ مُتَشَابِهًا وَلَهُمْ فِيهَاۤ اَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ وَهُمْ فِيهَاخَالِدُونَ
kabi minglab farmonlarni Malik-ul Mulkdan, Sohibi Dunyo va Oxiratdan tinglashimiz kеrak. "Amanna va Soddaqna" dеyishimiz kеrak.
سُبْحَانَكَ لاَعِلْمَ لَنَاۤ اِلاَّ مَاعَلَّمْتَنَاۤ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
رَبَّنَا لاَ تُاٰخِذْنَاۤ اِنْ نَسِينَاۤ اَوْ اَخْطَاْنَا
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَعَلٰۤى اٰلِ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ كَمَا صَلّيْتَ عَلٰى سَيِّدِنَاۤ اِبْرٰهِيمَ وَعَلٰۤى اٰلِ سَيِّدِنَا اِبْرٰهِيمَ اِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ
Аудио мавжуд эмас