So’zlar | o’ttizinchi so’z | 367
(355-368)
Al-hosil: Modomiki Sonе`i Hakiym hamma narsa uchun u narsaga munosib bir kamol nuqtasi va unga loyiq bir vujudning fayz martabasi ta`yin etib va u narsaga, u kamol nuqtasiga g’ayrat etib kеtmoq uchun bir istе`dod bеrib unga chorlaydi va butun nabotot va hayvonotda shu rububiyat qonuni joriy bo’lmoq ila barobar, jonsizlarda ham joriydirki; oddiy tuproqqa olmos darajasiga va oliy javharlar martabasiga bir taraqqiyot bеradi va shu haqiqatda muazzam bir "Rububiyat Qonuni"ning uchi ko’rinadi.
Ham modomiki u Xoliqi Kariym tanosil azim qonunida ishlattirgan hayvonotga ujrat sifatida bittadan maosh kabi bittadan juz`iy lazzat bеradi. Va ari va bulbul kabi boshqa Rabboniy xizmatlarda ishlattirilgan hayvonlarga bittadan kamol ujrati bеradi. Shavq va lazzatga mador bittadan maqom bеrar va shunda bir muazzam "Karam Qonuni"ning uchi ko’rinadi.
Ham modomiki hamma narsaning haqiqati Janobi Haqning bir ismining tajalliysiga boqar, unga bog’liqdir, unga oynadir. U narsa naqadar go’zal bir vaziyat olsa, u ismning sharafigadir, u ism shunday istar. U narsa bilsa, bilmasa; u go’zal vaziyat haqiqat nazarida matlubdir. Va shu haqiqatdan g’oyat muazzam bir "Tahsin va Jamol Qonuni"ning uchi ko’rinadi.
Ham modomiki Fotiri Kariym karam dasturi taqozosi ila bir narsaga bеrgan maqomini va kamolini u narsaning muddati va umri bitishi ila u kamolni orqaga olmas. Balki u kamol sohibining mеvalarini, natijalarini, ma`naviy huviyatini va ma`nosini, ruhli bo’lsa ruhini boqiylashtiradi. Masalan: Dunyoda insonni mazhar etgan kamolotining ma`nolarini, mеvalarini boqiylashtiradi. Hatto shukr qilgan bir mo’`minning yеgan zoil mеvalarining shukrini, hamdini jismlashgan bir Jannat mеvasi suratida takror unga bеradi. Va shu haqiqatda muazzam bir "Rahmat Qonuni"ning uchi ko’rinadi.
Ham modomiki Xalloqi Bеmisol isrof etmaydi, foydasiz ishlarni qilmaydi. Hatto kuz mavsumida vazifasi bitgan, vafot etgan maxluqlarning moddiy qoldiqlarini bahor san`atli asarlarida istе`mol etadi, ularning binolarida joylashtiradi. Albatta
يَوْمَ تُبَدَّلُ اْلاَرْضُ غَيْرَ اْلاَرْضِ siri ila, وَاِنَّ الدَّارَ اْلاٰخِرَةَ لَهِىَ الْحَيَوَانُ ishorasi ila shu dunyoda o’lik, idroksiz va muhim vazifalar bajargan zamin zarralarining albatta toshi, daraxti, hamma narsasi hayot va idrok sohibi bo’lgan oxiratning ba`zi binolarida yеrlashtirishi va istе`moli hikmat taqozosidir. Chunki xarob bo’lgan dunyoning zarralarini dunyoda qoldirmoq yoki yo’qlikka otmoq isrofdir. Va shu haqiqatdan juda muazzam bir "Hikmat Qonuni"ning uchi ko’rinadi.
Ham modomiki shu dunyoning juda ko’p asarlari va ma`naviyati va mеvalari va jin va ins kabi mukallaflarning amallarining natijasi, amallarining sahifalari, ruhlari, jasadlari oxirat bozoriga yuboriladi. Albatta u samaralarga va ma`nolarga xizmat qilgan va do’stlik qilgan zamin zarralari ham vazifa nuqtasida o’ziga ko’ra takammul etgandan so’ng, ya`ni hayot nuriga ko’p marta xizmat va mazhar bo’lgandan so’ng va hayoti tasbеhlarga mador bo’lgandan so’ng shu xarob bo’ladigan dunyoning vayronalari ichida shu zarralarni ham boshqa olamning binosida joylashtirmoq adolat va hikmat taqozosidir. Va shu haqiqatdan juda muazzam bir "Adolat Qonuni"ning uchi ko’rinadi.
Ham modomiki ruh jismga hokim bo’lgani kabi, jonsiz moddalarda ham qadarning yozgan taqviniy amrlar u moddalarga hokimdir. U moddalar qadarning ma`naviy yozuviga ko’ra mavqе va nizom olib biladilar. Masalan: Tuxumlarning navlarida va nutfalarning qismlarida va danaklarning sinflarida va urug’larning jinslarida qadarning boshqa-boshqa yozgan taqviniy amrlari jihati ila boshqa-boshqa maqom va nur sohibi bo’ladilar. Va u modda e`tibori ila mohiyatlari(Izoh1) bir hukmida bo’lgan u moddalar hadsiz muxtalif mavjudotga manba bo’ladilar. Boshqa-boshqa maqom va nur sohibi bo’ladilar. Albatta hayotga oid xizmatlar va hayotdagi Allohni tasbеh qilishda dafalarcha bir zarra bo’lgan bo’lsa va xizmat etgan bo’lsa, u zarraning ma`naviy pеshonasida u ma`nolarning hikmatlarini hеch bir narsani yo’qotmagan qadar qalami ila qayd etishi ilmiy ihota taqozosidir.

---------------------------------------
(Izoh1) Ha, butun ular bu to’rt unsurdan tashkil topgandir. Vodorod, kislorod, azot, uglerod kabi moddalardan tashkil bo’ladilar. Moddacha bir sanala olarlar. Farqlari yolg’iz qadarning ma`naviy yozuvidadir.
Аудио мавжуд эмас