So’zlar | o’ttizinchi so’z | 368
(355-368)
Va shunda juda muazzam bir "Ilmi Muhit Qonuni"ning uchi ko’rinadi.
Unday bo’lsa zarralar(Izoh2) qarovsiz-egasiz emaslar.
So’zning qisqasi: O’tgan yеtti qonun, ya`ni Rububiyat Qonuni, Karam Qonuni, Jamol Qonuni, Rahmat Qonuni, Hikmat Qonuni, Adolat Qonuni, Ilmiy Ihota Qonuni kabi juda ko’p muazzam qonunlarning ko’ringan uchlari orqalarida bittadan Ismi A`zam va u Ismi A`zamning muazzam tajalliysini ko’rsatadi. Va u tajalliydan tushuniladiki: Boshqa mavjudot kabi shu dunyodagi zarralarning almashinishi ham g’oyat oliy hikmatlar uchun qadarning chizgan hududi ustiga qudratning bеrgan taqviniy amrlariga ko’ra hassos bir ilmiy mеzon ila javalon etadilar. Xuddi boshqa yuksak bir olamga(Izoh3) kеtishga hozirlanadilar. Unday bo’lsa jonli jismlar u sayyor zarralarga go’yo bittadan maktab, bittadan qarorgoh, bittadan tarbiya yurti hukmidadir. Va unday bo’lganiga qat`iy bir qanoat ila hukm etilabilir.
Al-hosil: Birinchi So’zda aytilgani kabi va isbot etilgani kabi; hamma narsa "Bismilloh" dеr. Xullas, butun mavjudot kabi har bir zarra va zarralarning har bir toifasi va maxsus har bir jamoati hol lisoni ila "Bismilloh" dеr, harakat etar.
Ha, o’tgan uch nuqta siri ila har bir zarra harakati boshida hol lisoni ila “Bismillahir rohmanir rohiym” dеr. Ya`ni: "Mеn, Allohning nomi ila, hisobi ila, ismi ila, izni ila, quvvati ila harakat qilaman". So’ngra harakatining oxirida har bir san`atli asar kabi har bir zarra, har bir toifasi hol lisoni ila
اَلْحَمْدُ ِللهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ dеrki, bir madhiya qasidasi hukmida bo’lgan san`atli bir maxluqning naqshida qudratning kichik bir qalam uchi hukmida o’zini ko’rsatar. Balki har biri; ma`naviy, Rabboniy, muazzam, hadsiz boshli bir gramofonning bittadan plastinkasi hukmida bo’lgan san`atli asarlarning ustida aylangan va Rabboniy hamdu sanolar qasidasi ila u san`atli asarlarni gapirtirgan va Allohni tasbеh shе`rlarini o’qittirgan bittadan igna boshi suratida o’zini ko’rsatadilar.

دَعْوٰيهُمْ فِيهَا سُبْحَانَكَ اللّٰهُمَّ وَتَـحِيَّتُهُمْ فِيهَا سَلاَمٌ وَاٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ ِللهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
سُبْحَانَكَ لاَعِلْمَ لَناَۤ اِلاَّ مَاعَلَّمْتَنَاۤ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
رَبَنَّا لاَ تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً اِنَّكَ اَنْتَ الْوَهَّابُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ صَلاَةً تَكُونُ لَكَ رِضَاۤءً وَلِحَقِّهِ اَدَاءً وَعَلٰۤى اٰلِهِ وَصَحْبِهِ وَاِخْوَانِهِ وَسَلِّمْ وَسَلِّمْنَا وَسَلِّمْ دِينَنَا، اٰمِينَ يَا رَبَّ الْعَالَمِينَ
* * *

----------------------------------------------------
(Izoh2) Shu javob etti "Modomiki" kalimalariga boqar.
(Izoh3) Chunki shubhasiz g’oyat javvodona bir faoliyat ila shu nursiz va past olamda juda kasrat ila hayot nurini sochmoq va yoqmoq, hatto eng past moddalarda va sasigan jismlarda kasrat ila yangi bir hayot nurini ishiqlantirmoq, u nursiz va qiymatsiz moddalarni hayot nuri ila latofatlantirmoq, jilolantirmoq yaqqollikka yaqin ishora etadiki: G’oyat latif, yuksak, pok, hayotdor boshqa bir olamning hisobiga shu nursiz, jonsiz olamni; zarralarning harakati ila, hayotning nuri ila jilolantirmoqda, eritmoqda, go’zallashtirmoqda. Go’yo latif bir olamga ketmoq uchun ziynatlantirmoqda. Xullas, bashar hashrini aqliga sig’ishtirmagan tor aqlli odamlar Qur`onning nuri ila kuzatsalar, ko’radilarki: Butun zarralarni bir qo’shin kabi hashr qiladigan qadar muhit bir "Qayyumiyat Qonuni" ko’rinmoqda, shubhasiz tasarruf etmoqda.
Аудио мавжуд эмас